• Fakultet yetakchisi: J.Rizayev
  • Muddatli harbiy xizmatni o‘tab o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalish yetakchisi
  • Ta’lim-ishlab chiqarish klasterida yoshlarning o‘rni’’ Respublika ilmiy texnikaviy anjumanida Termiz muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtiroki to‘g‘risida bayonnoma




    Download 5.26 Mb.
    Sana07.03.2023
    Hajmi5.26 Mb.
    #44543
    Bog'liq
    GTL anjuman (1)444444
    Ustoz haqida she\'rlar, Oraliq nazorat savollari 200, PHPDA STANDART FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH, “LISON-UT-TAYR” Dostonidagi hikoyalar, Alisher Navoiy, MUSTAQIL ISH DAFTAR 2 OLIY, Lesson 31 (3), Lesson 32 (2), 02 amaliy javobi Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish, ЯN biletlari Bsic. aerodyn., Scada elektron boshqaruv tizimi-fayllar.org, Andijon viloyat Shahrixon 20-mak TABIIY, 13-мактаб ФИЗИКА фани учун, Doc1

    Ta’lim-ishlab chiqarish klasterida yoshlarning o‘rni’’ Respublika ilmiy texnikaviy anjumanida Termiz muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtiroki to‘g‘risida
    BAYONNOMA

    27-29.10.2022

    G‘uzor shahar

    Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Uzbekistan GTL” zavodi ma’muriy binosida “Ta’lim-ishlab chiqarish klasterida yoshlarning o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani o‘tkazildi.


    Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7 iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-sonli qarori hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

    Unda Respublikaning 15 tadan ortiq Oliy ta’lim va ilmiy tekshirish institutlaridan 100 dan ortiq yosh olimlar, mutaxassislar hamda Termiz muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdi.
    Anjumanni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, mazkur sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri tatbiq qilish bugungi kungi eng asosiy vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
    Oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayonlariga ishlab chiqarish korxonalarining 20 nafar malakali va tajribali mutaxassislari jalb qilinib, 1318 nafar talaba hamda 48 nafar professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot va stajirovka o‘tishi tashkil etildi, 27 nafar iqtidorli talabalari uchun ishlab chiqarish korxonalari stipendiyalari joriy etildi.
    Tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilar uchun “Uzbekistan GTL”, ‘‘Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi’’ korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari hamda zamonoviy kimyoviy laboratoriyasi moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirish uchun ekskursiya tashkil etildi.

    Bundan tashqari, Anjuman dasturidan o‘rin olgan yalpi yig‘ilish va 4 ta shu’ba yig‘ilishida “Geologiya-qidiruv ishlari va neft-gaz konlarini ishlatishdagi innovatsiyalar”, “Neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha innovatsion tadqiqotlar”, “Neft va gaz kompleksida barqaror rivojlanish (ESG) tizimini takomillashtirish” va “Neft va gaz sohasida raqamlashtirish tizimini takomillashtirish” mavzulari bo‘yicha yosh olimlar va ekspertlar o‘zaro tajriba almashishdi.

    Anjumanda ishtirok etgan Termiz muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchi va talaba yoshlari bu yig‘ilishdan xullosalar chiqarishdi va kelgusida neft va gaz sohasini rivojiga hissa qo‘shadigan innovatsiyalarni qilishlikni o‘zlarini oldiga maqsad qilib olishdi.


    Fakultet yetakchisi:




    J.Rizayev

    Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
    dekan o‘rinbosar:




    A.Tursunov

    Muddatli harbiy xizmatni o‘tab o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalish yetakchisi:




    A.Sapayev

    Institut yoshlar ittfoqi
    boshlang‘ich tashkilot
    yetakchisi birinchi o‘rinbosari:




    I.Omonov

    Institut yoshlar ittfoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi:




    U.Bekmurodov




    Download 5.26 Mb.




    Download 5.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim-ishlab chiqarish klasterida yoshlarning o‘rni’’ Respublika ilmiy texnikaviy anjumanida Termiz muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtiroki to‘g‘risida bayonnoma

    Download 5.26 Mb.