• XULOSA…………………………………………………………………....... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI……………………….. KIRISH
  • Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism




    Download 65.99 Kb.
    bet1/8
    Sana24.12.2022
    Hajmi65.99 Kb.
    #36958
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked
    bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati




    TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNING XUSUSIYATLARINI O'RGANISH


    MUNDARIJA:
    KIRISH………………………………………………………………………..
    Asosiy qism

    1. Ta'lim jarayoni kasbiy yo’nalganligini ta'minlash

    2. Kasbga yo’naltirish ishlarining tiplari hamda tashkiliy shakllari

    3. Mehnat ta'limi mazmunini kasb - hunarga yo’naltirish ishlari bilan uzviyligi

    4. Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablar

    5. Kasbga yo’naltirishda mehnat resurslarini hududiy xususiyatlarinianiqlash hamda ta'lim jaray oniga tadbiq qilish XULOSA………………………………………………………………….......

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYHATI………………………..
    KIRISH
    Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirsh didaktik tamoyillarga pedagogik texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilmog‘i lozim. Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim jarayonining rahbari, ayni vaqtda, ushbu jarayonning ham sub’yekti, ham ob’yekti bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar turadilar. Shunday ekan, ushbu sub’yektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot, ularning bir- birlariga nisbatan ko‘rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bera olishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan qo‘yiluvchi talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, o‘quvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
    Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
    Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir.
    Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
    O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.

    Download 65.99 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 65.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim jarayonida o'quvchilarning xususiyatlarini o'rganish mundarija: kirish asosiy qism

    Download 65.99 Kb.