Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2024
Hajmi0,88 Mb.
#263540
Bog'liq
F.A’zamova




SamDUKF. “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



SamDUKF. “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING 
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI

TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY 
USULLARNI 
JORIY ETISH MUAMMOLARI

mavzusidagi respublika miqyosidagi
ilmiy-amaliy konferensiyasi 
MATERIALLAR 
TOʻPLAMI
Kattaqo’rgo’n sh. 1
8-19 aprel, 2024 yil 


SamDUKF. 
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish muammolari

mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
833
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
OʻZBEKISTONDA KAMBAGʻALLIK MUAMMOSI VA UNI BAR
TARAF
ETISHNING OʻZIGA XOS USULLARI
Samarqand davlat universiteti
Kattaqo‘rg‘on filiali Iqtisodiyot yo‘nalishi
talabasi A’zamova Feruza
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada kambag‘allik tushunchasi,kambag‘allik muammosi va
uni mamlakatda bartaraf etishning o‘ziga
xos xususiyatlari yoritilgan.
Аннотация: 
В данной статье раскрыто понятие бедности, проблема бедности и
особенности ее ликвидации в стране.
Annotation:
This article describes the concept of poverty, the problem of poverty and
the specific features of its elimination in the country.
Kalit 
so‘zlar:
Kambag‘allik 
tushunchasi,kambag‘allik 
muammosi,iqtisodiy
islohotlar,kambag‘allikni kamaytirish konsepsiyasi ,tadbirkorlikni rivojlantirish.
Ключевые слова: 
концепция бедности, проблема бедности, экономические
реформы, концепция сокращения бедности, развитие предпринимательства.
Keywords:
The concept of poverty,economic reforms, concept of poverty reduction
entrepreneurship development.
Bugungi kunda kambag‘allik muammosi umumbashariy hodisa sifatida dunyodagi
barcha davlatlarda uchraydi Mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutdan kelib chiqib
kambag‘allik har xil bo‘lib, nisbiy mazmunga ega bo‘ladi.Qashshoqlashish,
kambag‘allashish
muammosining oldini olish, aholi bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorlikka oid
intilishlarini rag‘bat
-
lantirish iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishning muhim kaliti hiso
-
blanadiki, pirovardida, aholi farovonligi yaxshilana boradi. Shu o‘rinda ta'kidlash
kerakki,
aholi daromadlaridagi tengsizlik bozor tizimining 
belgisi bo‘lar 
ekan, bu tizimda
kambag‘allarning bo‘lishi ob'ektiv hodisa
-
dir. Shu sababli kambag‘allikni tugatib bo‘lmaydi,
lekin uning miqyosi qisqa-
rishi mumkin. Boisi, kambag‘allik millatning sog‘ligi, mehnatga
layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi. Shuningdek, uning oqibati natijasida davlat
byudjetining pasayishi va siyosiy jarayonlarning keskinlashishiga 
sabab bo‘ladi.
Kambag‘allik tushunchasiga yagona ta’rif mavjud emas. Ba’zilar insonning birlamchi
ehtiyojlarini qondirish imkoniyati yo‘qligini kambag‘all
ik deb tushunsa, boshqalar tanlov
erkinligining yetarlicha emasligini yoki kishining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi
ishtirokiga putur yetkazuvchi ijtimoiy, ta’lim va sog‘liqni
-
saqlash sohasidagi to‘siqlarning
doimiy doirasini tushunishadi.
Kambag‘al
likka turli davlatlarda har xil izohlar, ayricha fikrlar bildiriladi. Umuman,
jahon tajribasida biror shaxs yoki ijtimoiy guruhning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan
minimal ehtiyojlar, mehnatga layoqatlilik hamda avlodini davom ettirishga imkoniyati yetarli
bo‘lmagan kabi iqtisodiy holatlarni tavsiflovchi tushunchaga kambag‘allik deyiladi.
Buni aniqlashda bir nechta chegara bo‘lib, aholining munosib turmush kechirishi
uchun ma’lum bir me’yor belgilanadi. Agar kishining daromad (yoki xarajat)lari belgila
ngan
me’yordan past bo‘lsa, u kambag‘al hisoblanadi.
Mamlakatimiz uchun ,xususan absolyut kambag‘allik konsepsiyasi asosida
kambag‘allar soni umumiy aholining 13
-15% ni tashkil etishi taxmin qilinadi.Lekin aholi


SamDUKF. 
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish muammolari
” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
834 
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
o‘zini –
o‘zi baholashdan bilish mumkinki ,faktlar aniq va shaffof emas ,ya’ni ayrim aholi 
toifalari moddiy ta’minlanganlik jihatdan o‘zlarini kambag‘al hisoblasa ,ayrimlari ayni 
shunday moddiy taminlanganlik jihatdan o‘zlarini kambag‘al hisoblamaydilar.Shuning uchun 
mamlakatimizdagi kambag‘allik holati ko‘p qirralik holat va uning tarqalish masshtabi 
turlicha taxlil qilingan . Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allikning yuqori darajasi 
Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
kuzatilmoqda.Hisob-
kitoblar natijasida kambag‘al deya ta’riflanayotgan aholining kunlik 
daromadi 10-
13 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. Biroq ayni paytgacha aholining 
minimal iste’mol xarajatlari qanchaligi e’lon qilinmayapti. Dunyo miqyosida esa aholi 
turmush dar
ajasi minimumi muhim ahamiyatga egaligi ma’lum va bu doimiy e’tibordagi 
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Kambag‘allik chegarasi kunlik eng kam miqdordagi oziq
-ovqat va zaruriy 
mahsulotlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yoki olingan daromadlar hamda oilaning 
ma'lum bir guruhdagi tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali 
belgilanadi. Masalan, Davlat statistika qo‘mitasining kambag‘allikni o‘lchash uslubiyotiga 
binoan, O‘zbekistonda kunlik 2100 kkal.dan kam iste’mol (xarajat) qilgan kishilar kambag‘al 
deyiladi. 
«2019 yil yakunida O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 1723 AQSh 
dollarini tashkil etishi, Jahon banki klassifikatsiyasi bo‘yicha respublikani o‘rtadan past 
daromadli mamlakatlar guruhiga kirishiga asos 
bo‘ldi», deya yozadi Nurbek Yo‘ldoshev.
Moliya vazirligining 2020 yil aprel-
may oylari bo‘yicha e’lon qilingan hisobotida ish 
haqi olib ishlayotgan va jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘layotgan fuqarolarning qariyb 
1 million 772 ming nafari (42,6 foiz
) 1 million so‘mgacha, 1 million 66 ming nafari 1 million 
so‘mdan 2 million so‘mgacha oylik olishi keltirilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda 
kambag‘al oilaning shaxsiy kompyuter bilan ta’minlanganligi respublikadagi o‘rtacha oiladan 
12 barobarga, shaxsiy avtomobil bilan 11 barobarga, konditsioner bilan 8 barobarga, 
changyutkich bilan 4 barobarga, kir yuvish mashinalari bilan 4 barobarga, muzlatkich bilan 2 
barobarga, televizor va uyali aloqa vositalari bilan 1,5 barobarga kamligi kuzatiladi. 
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?
O‘ylab qaralsa, respublikada kambag‘allik darajasi rasman e’tirof etilib, unga qarshi 
kurashish choralari ko‘rilayotgan bir paytda pandemiya boshlandi. 2020 yil 
martida Iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Mutaxassislar fikricha, 
mazkur vazirlikning tuzilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga, kambag‘al 
aholi moddiy ta’minotida ham amaliy ko‘mak berishga bo‘lgan muhim qadamdir.
Koronavirus pandemiyasi dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston aholisi uchun ham katta 
yo‘qotishlar olib keldi. Yashash uchun eng muhim resurs moddiy ta’minlanganlik darajasi 
tushib ketdi. Ishsizlar, bemorlar, moddiy yordamga muhtojlar safi karrasiga ortdi. Odamlar 
g‘oyat og‘ir vaziyatda qolishdi.
Mazkur holatda O‘zbekiston hukumati ehtiyoji o‘ta yuqori fuqarolarni aniqlab, ularni 
moddiy qo‘llab
-quvvatlovchi dastur 

«temir daftar» tizimini joriy etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika miqyosida mazkur ro‘yxatga kirgan 594,3 ming oila 
va ularning 2,5 million nafar a’zosi (shundan 648 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila 
a’zolari) kiritilib, joriy yil 1 mart holatiga 641,3 ming nafarining (99 foiz) bandligi 
ta’minlandi. 
Kambag‘allar son
i 5 million nafar atrofida deya aytilayotgan bir davrda bu kabi 
harakatlar qamrovini kengaytirish va jadallashtirish muhim ahamiyatga ega.Shundoq ham 
tashqi qarzlar va budjet defitsiti ortib borayotgan bugungi davrda kambag‘al va qoloq aholi 
sonining ortib borishi mamlakatni parokanda qilish ehtimoli katta. Shu sabab hukumat 
darajasida har bir fuqaroga ayniqsa, moddiy yordamga juda muhtojlarga, albatta, maksimal 


SamDUKF. 
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish muammolari
” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
835 
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
darajada ko‘mak berish ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, ularni ish bilan 
ta’minlash yoki tadbirkorlika o‘rgatish kabi tashabbuslar shular jumlasidan. Ammo iqtisod 
o‘smasa, ish haqi ham, aholi turmush darajasi ham pasayib boraveradi.
Vazirlikka ko‘ra, ishsiz a’zolari bor bo‘lgan hamda «temir daftar», «ayollar daftari» va 
«yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini 
kengaytirish uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab:dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi 
o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 10 sotixdan 1 gektargacha yer
ajratilishi;ajratilgan yer maydonlari sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish 
va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanishi;
Berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘
-
ko‘chat xarid qilish va 
boshqalar) subsid
iya ajratilishi belgilangan.Moddiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan 
fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun kerakli mehnat qurollari xaridiga 
subsidiyalar ajratilishi, ishsizlar bandligini ta’minlash, turli grant, nafaqa va boshqa 
to‘lo
vlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsad qilingan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasb
-
hunarga o‘qitish, 39,6 ming nafar ishsizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, 50 ming 
kishini tashkillashtir
ilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o‘qitish reja 
qilingan.Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni uy-
joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib 
borilayotgan ishlar ko‘lami ham kengaytirilmoqda.
Bu sa’y
-
harakatlar o‘zini qay darajada oqlashi va kelgusida
kambag‘allikni qisqartirish 
borasida qanday natijalarga erishilishini vaqt ko‘rsatadi.
Xulosa
: qilib aytadigan bo‘lsak, turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni 
qisqartirishga, ishsizlik darajasini pasaytirishga, mehnat bozoriga qo‘shimcha faol dastur
larni 
joriy etishga, aholini qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha manzilli ijtimoiy dasturlarni ishlab 
chiqishga, davlatning maqsadli dasturlari loyihasini takomillashtirishga yordam beradi. 
Shundan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, kambag‘allikni qisqartiri
sh tadqiqotida 
ekonometrik modellarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida omillarning ko‘pligi: 
aholining qarishi va migratsiya o‘zgarishlarining bugungi sharoitida yoshlar, ayollar, keksa 
ishchilar, shuningdek, past malakali ishchilar va ularga mos kuzatuvlar soni: yillik statistik 
ma’lumotlar, miqdor ko‘rsatkichlardan tashqari sifat ko‘rsatkichlarining mavjudligi: ishlab 
chiqilgan dastur hamda farmonlarning ta’sirini keltirish mumkin. Bu esa o‘z navbatida 
kambag‘allikni qisqartirish tadqiqotida
ekonometrik modellarni qo‘llashning o‘ziga xos 
xususiyatlarga egaligini tasdiqlaydi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi (2020 yilning 
24 yanvar).
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga murojaatnomasi (2020 yil 29 
dekabr).
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va 
kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora
-tadbirlari 
to‘g‘risida» 2020 yil 26 martdagi PF
-5975-son Farmoni. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni 
tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-
hunarga o‘qitishga 
qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi 
11.08.2020 yil PQ-4804-sonli Qarori
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini 
takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida» 
2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son Qarori. 


SamDUKF. 
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni 
joriy etish muammolari

mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
836
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq
organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora
-
tadbirlar to‘g‘risida»
2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmoni.
7. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В
СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ.
In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119
-123).
8. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУҚАРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРҚ
ФАЛСАФАСИ ТАЛҚИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3). 9.
Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фуқаролик
институтларининг ўрни. 
Scientific progress, 1(6), 957-96


911 
L.Mirzayeva. 
Geografiya fanini o‘qitishda axborot
-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib 
innovatsion ta’limni tashkil etish………………………………………………………………………….
781 
O.Turdimurodov, S.G‘aybullayev, A.Ismatova

Masalalar yechish nazariyasi amaliyotga tadbiq 
etishning muhim yo‘l…………………………………………………………………………………………
783 
O.Turdimurodov, S.Sultonova, B.Ilhomova. 
Yirtqich-qurbon sistemasi dinamikasining modelini xos 
qiymatlarining bifurkatsiyasining tadqiqi
……………………………………………………………………
786 
J.Isomiddinov, Sh.Akramova, P.Abdiqayumova, M.Shukurova. 
Geometrik va algebraik mavzularni 
o‘qitishda “6*6*6” metodining roli…………………………………………………………………………..
789 
M.Shukurova, Sh.Akramova, P.Abdiqayimova, T.Turobov. 
Hosilani tushuntirishda metodik usul
……
791 
P.Abdiqayumova, Sh.Akramova, M.Shukurova, Z.Mamatkarimov. 
Dekart koordinatalar sistemasida 
nuqtani tasvirlashni o‘rgatish metodikasi…………………………………………………………………..
793 
G.Quzmanova, S.Mamaraimova. 
Maktab matematika kursida vektorlar va vektorlar ustida chiziqli 
amallar.vektorlarning chiziqli bog’lanishliligi………………………………………………………………
795 
G.Quzmanova, J.Sharipova. 
Umumta’lim maktablarida matnli masalalarni arifmetik usulda yechish 
bosqichlari
………………………………………………………………………………………………
799 
G.Quzmanova, D.
Ko’paysinova

Matnli masalalarni geometrik metod yordamida yeshishning asosiy 
uslublari
…………………………………………………………………………………………………….
802 
O.Turdimurodov, S.Usanova, I.
Jo‘rayeva

Geometriya darslarida ko‘py
oqlarning mazmuni
………….
805 
J.Yaxshiboyev, J.Javharov. 
Metilxloridni oraliq sintez qilish va uning keyingi katalitik pirolizi orqali 
tabiy gazdan etilen va propilen ishlab chiqarish
……………………………………………………………..
810 
S.Xudoyberdiyev, O.Tuychiyev, F.Hamdullayev. 
Isbotlanadigan misollarni matematik induksiya va 
uning dasturi orqali yechish
………………………………………………………………………………
814 
F.Tirkashev, I.Tuyliyev, M.Ashirova, N.Umarov. 
Milliy dastur talablaridan kelib chiqib boshlang’ich 
ta’limda tenglamalarni o’rganishga yangicha yondashuv………………………………………………….
817 
S.Rustamova, A.Iskandarov. 
Lavr o'simligi tarkibidagi kimyoviy moddalarning odam organizmidagi turli 
kasalliklarga aks ta’siri………………………………………………………………………………….
821 
6-Sho

ba: Amaliy va iqtisodiy 
masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
J.A.Shodmonov, U.Y.Asadova, I.Z.Saburbayeva. 
Kiberxavfsizlik tizimida sun

iy intellektning tutgan 
o

rni
………………………………………………………………………………………………………….
825 
J.A.Shodmonov, S.A.Fayzullayev, Z.A.Rahmatov. 
Ki
chik biznesdа rаqаmli texnologiyаning o‘rni vа 
muаmmolаr....................................................................................................................
...............................
827 
J.A.Shodmonov, Sh.B.G‘affarov. 
Elektromagnit xodisalarning amaliy muammolarini hal qilishga 
qaratilgan yechim va usullar.........................................................................................................................
829 
F.A

zamova. 
Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosi va uni bartaraf etishning oʻziga xos usullari............
833 
B.Zuparov. 
Axborot ta’lim sharoitida 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolar............
836 
B.Zuparov. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot tahliliy - metodik yondashuv.............................
839 
Sanakulova I, Ibragimova N.Z. 
Tijorat bank biznesini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish….
843 
Kenneth Myers. 
The integration of artificial intelligence in efl education: challenges and opportunities at 
samarkand international university of technology………………………………………………………..
845 
M.X.Karimova, F.A.Nuraliyeva. 
Mashina o‘qitish (Machine Learning) texnologiyasining am
aliy 
masalalarda qo‘llanilishi…………………………………………………………………………………..
846 
N.Asadullayeva. 
Cabri 3D Dasturi yordamida masalalar yechishda talabalar fazoviy tafakkurini 
rivojlantirish vositasi sifatida
………………………………………………………………………………
848 
U. M.Saidov, Sh.I.Burxonov. 
Ionlashgan eritmalar va suspenziyalarni filtrlashda matematik model ishlab 
chiqish
……………………………………………………………………………………………………….
852 

Download 0,88 Mb.




Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari

Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish