1
SamDUKF. “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2
SamDUKF. “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI
“
TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY
USULLARNI
JORIY ETISH MUAMMOLARI
”
mavzusidagi respublika miqyosidagi
ilmiy-amaliy konferensiyasi
MATERIALLAR
TOʻPLAMI
Kattaqo’rgo’n sh. 1
8-19 aprel, 2024 yil
SamDUKF.
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish muammolari
”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
899
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
XIZMAT KO‘RSATISH KOR
XONALARI RAQOBATBARDOSHLIK
SALOHIYATI
Ibragimova Nilufar
Samarqand Davlat universiteti
Kattaqo‘rg‘on filiali
assistent
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xizmatlar sohasida raqobat, raqobatdoshlik, unga
taʼsir
etuvchi omillar
o‘rganilgan.
Ushbu tushunchalarni kompleks tahlil etish, ularning mohiyatini
klassik maktab vakillari va noklassiklar nuqtai nazaridan o‘rganishga alohida eʼtibor berilgan.
`
Kalit
so‘zlar:
raqobat, raqobatdoshlik, raqobat kurashi,
raqobatdoshlikka taʼsir etuvchi
omillar, raqobatli ustunlik, eksport salohiyati, diversifikatsiya.
Xizmatlar faoliyatini rivojlantirish orqali mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish,
hamda aholining mehnat bandligini taminlash mumkin
bo‘ladi. Masalan
2022 yilda AQShda
xizmatlar sohasida mehnatga layoqatli aholining 72,0% , Italiya va Shvetsariyada 60,5% ,
Rossiyada 50,0% band bo‘lgan.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida hukumat tomonidan ududlarda xizmat
ko‘rsatish
va servis sohasini, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sohalarini rivojlantirish
siyosati amalga oshirilayotgan bugungi kunda respublikamizda mazkur sohalarni shakllanishi
va rivojlanishi muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish, ushbu
yo‘nalishda
servis
xizmatlarini kengaytirish, hududlarda xizmat
ko‘rsatish
va servis sohasini rivojlantirishning
masalalarini muhim muammolardan biri hisobladi.
Hozirda muayyan mamlakatni rivojlangan mamlakatlar
qatoriga qo‘shish
uchun xizmat
ko‘rsatish
va servis sohasining mamlakatda yaratilayotgan YAIM dagi ulushi 65 foizdan
yuqori
bo‘lishi asosiy mezon bo‘lib qolmoqda. AQSH iqtisodiyotida yaratilgan YAIM
tarkibida xizmat ko‘rsatish
sohasi ulushi
78, Yaponiyada 62 foizni tashkil etadi9. Shu sababli ham ushbu sohani
jadal rivojlantirishga alohida
eʼtibor
berilib kelinmoqda.
Iqtisodi
yotdagi mavjud raqobat muhiti taraqqiyotning yordamchi “harakatga keltiruvchi
kuch” sifatida modernizatsiyalash va texnik yangilanish jarayonlarini jadallashtiradi. Raqobat
sharoitida xizmat ko'rsatish subyektlari o‘rtasida unumliroq texnologiya, ish joyi,
yaxshi
bozorni qo‘lga kiritish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun kurash olib
boriladi[16]. Maʼlumki, bozorda faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari foyda olish
maqsadida maʼlum resurslarni (moddiy, mehnat, moliyaviy, nomoddiy) qayta ishlash
orqali
tayyor mahsulot yoki xizmatlar ko‘rinishidagi yakuniy mahsulotlarni yaratib, ularni
isteʼmolchilarga taklif etadilar. O‘z
-
o‘zidan maʼlumki, biror
-bir turdagi xizmat ko'rsatuvchi
korxonalar
soni ortib borar ekan, ular o‘rtasida
mijozlar uchun kurash
vujudga keladi, yaʼni
raqobat muhiti shakllanadi. Shuning uchun, mazkur tadqiqot doirasida xizmat ko'rsatish
sohasida
“raqobatdoshlik” tushunchasining ilmiy tasnifini ochib berishni lozim deb
hisoblaymiz. Ushbu muammoga bag‘ishlangan izlanishlarni o‘rgani
sh davomida
tadqiqotchilarning ko‘pchiligi o‘z oldiiga qo‘ygan maqsadlaridan kelib chiqib,
raqobatdoshlikning maʼlum bir tasnifiy belgilarini tadqiq etganlar. Biz ham tarmoqda raqobat
vaziyatini aniqroq tavsiflash, uning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish
hamda raqobatdosh
vositalarni asoslash maqsadida, uning to‘liq tasnifiy tizimini ishlab chiqishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Har qanday korxona faoliyat yuritayotgan mahsulotlar bozorida raqobatning mavjudligi,
uni muayyan raqobatdoshlikni taʼminla
shini talab qiladi, aks holda uning rivojlanishi tugul,
bozorda jon saqlab qolishi ham mushkul bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham, iqtisodiy
faoliyatning biror-
bir sohasida, uning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda,
SamDUKF.
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish muammolari
”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
900
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
raqobatdoshlik mohiyatini ani
qlash zarurati muhim ahamiyat kasb etadi. “Raqobat”
tushunchasini taʼriflashga quyidagi yondashuvlar alohida diqqatga sazovordir.
1. Raqobat bu bozordagi qandaydir harakatdir. Bunday yondashuv asosida eng yaxshi
natijalarga erishish uchun musobaqalashish
g‘oyasi yotadi.
2. Raqobat bahoni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy mezonlardan biridir.
Bunday yondashuv raqobatni bozorning ajralmas xususiyatlaridan biri sifatida qarashga
asoslanadi. A.Smit tomonidan raqobatga bozordagi subyektlar o‘rtasida mahsulotl
arni sotish
va sotib olishda qulay sharoitlar uchun halol kurash sifatida qaralgan bo‘lsa, D. Rikardo
tomonidan raqobat asosida bozorda bahoni tartibga solish g‘oyasi rivojlantirilib, tabiiy
baholarning markazlashmagan boshqaruv tamoyili bilan hamohanglikda bozordagi uzoq
muddatli muvozanatni, pirovard natijada iqtisodiyotning rivojlanishini taʼminlashi ilmiy
asoslab berilgan[4]. Xulosa qilib aytsak, korxonaning muayyan bozori segmentida
raqobatlashish imkoniyati uning mahsuloti raqobatdoshligiga va korxona faoliyatini amalga
oshirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlariga bog‘liqdir
Raqobat mahsulot sifatini oshirishga, xarajatlarni pasaytirishga hamda mehnat
unumdorligini oshirishga undovchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Taklif talabdan oshgan
vaziyatda raqobat
–
korxonalar emas, balki ularning ko'rsatadigan xizmatlari o‘rtasida
vujudga keladi. Shuningdek korxona raqobatdoshligi to‘g‘risida yuritilgan mulohazalar
asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: raqobatdoshlik tushunchasi mazkur bozorda
mavjud bo‘lgan o‘xshash obyektlarga nisbatan muayyan ehtiyojni qondirish darajasi bilan
tavsiflanadigan obyekt xususiyatini; mazkur bozordagi o‘xshash obyektlarga nisbatan
raqobatga dosh berish qobiliyatini; o‘z mahsulotlari bilan kishilar ehtiyojini qondirish daraj
asi
va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi bo‘yicha korxona rivojlanishining boshqalardan
farqini ifodalaydi.
Raqobat salohiyati
–
korxonaning moddiy va nomoddiy resurslardan foydalangan holda
raqobat ustunliklarini shakllantirib, bozorda samarali raqobat kurashini olib borishini
taʼminlay oladigan ichki va tashqi raqobat imkoniyatlarini ifodalar ekan. Shunga asosan
korxonaning eksport salohiyatini raqobat salohiyatidan foydalanish darajasi sifatida eʼtirof
etish mumkin. Bundan kelib chiqadiki mahsulot ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish
korxonasi va ularning mahsulotlari raqobat salohiyati asosida shakllanib, tashqi bozorda
raqobat ustunliklari hisobiga ularning joriy darajasi eng ko‘pi bilan salohiyat darajasigacha
borib yetadi. Agarda muayyan raqo
bat muhitida salohiyatdan to‘liq foydalangan holda
korxona yoki uning mahsulotlari raqobatdoshligi talab darajasida bo‘lmasa, eng avvalo
raqobat salohiyatini oshirish va uni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq chora
-tadbirlar ishlab
chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar
tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga
chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy ji
hatdan o‘zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona
va
xizmat ko’rsatish tarmoqlarining jadal rivojlanishini taʼminlash, faoliyat ko‘rsatayotgan
quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqali sifatli
va raqobatbardosh xizmat ko’rsatishni
taʼminlash hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Bu
borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va yaqin kelajak uchun
istiqbolli rejalar belgilab olingan.
Xizmatlar sohasining rivojlanishi aholining hududiy va ijtimoiy, yangi iqtisodiy
hududlarni
o‘zlashtirishni, ishlab chiqarish
samaradorligini
oshirishni va moddiy neʼmatlarni
isteʼmol qilishni taʼminlaydi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ulushi yildan yilga jadal oshib
bormoqda va aholi bandligni ta’minlashda ham asosiy o'rini egalamoqda
bu jarayon sohadagi
korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobat
muhitni rivojlanishiga zamin yaratadi.
SamDUKF.
“Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish muammolari
”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 18-19 aprel, 2024 y.
901
6-
Shoʻba: Amaliy va iqtisodiy masalalarni yechishda raqamli texnologiyalarning o‘rni.
2023 yilning yanvar-
sentabr oylari yakunlariga ko‘ra,
xizmatlar sohasining yalpi
qo‘shilgan qiymati hajmi 314 044,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning yanvar
-
sentyabriga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi. Shu jumladan, savdo xizmatlari 9,1 % ga, yashash va
ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 10,6 % ga, tashish va sa
qlash xizmatlari 5,9 % ga, axborot va
aloqa xizmatlari 24,9 % ga, boshqa xizmatlar 4,6 % ga o‘sdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib aytadigan bo‘lsak, xizmatlar sohasi
korxonalari
tamonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va raqobatbardoshligi mamlakatimiz
iqtisodiyotining buguni va ertasi uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Xizmatlar
bozorining muayyan segmentida, raqobatchilar ishtiroki qisqarishida sotuvlar hajmini
kengaytirish o‘zgaruvchan konʼyunkturaga moslashuvga misol bo‘la oladi. Bunda moddiy
resurslar sarfining qisqarishi ikki yo‘nalish bo‘yicha boshqaruv tizimini qayta qurish bilan
erishiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hech bir korxona ishlab chiqarish faoliyatini
diversifikatsiyalashsiz barqaror o‘sish surʼatlariga ega bo‘la olma
ydi. Yana shuni ham
eʼtiborga olish lozimki, diversifikatsiya strategiyasi doimiy ravishda o‘zgartirib,
takomillashtirib borilishi zarur. Iqtisodiyotning to‘la rivojlanishiga korxona raqobatdoshligini
baholashning uslublarini aniqlash eng muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Korxona
raqobatdoshligini baholash ko‘rsatkichlarini bilish va amaliyotda qo‘llay olish, jahon
miqyosidagi bozorlarda samarali raqobat olib borishga imkoniyat yaratadi. Milliy
kompaniyalar mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raq
obatbardoshligini taʼminlashda
quyidagilarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir:
-
raqobatdosh va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xalqaro
standartlarni joriy etish;
- xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish, metrologiya
va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko‘lamini yanada kengaytirish;
- xalqaro standart talablariga mos ravishda sifat ustidan nazoratni joriy etish;
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, milliy
tovar ishlab chiqaruvchilar uchun jahon
bozorlariga chiqish va o‘z mahsulotlarini eksport qilish mamlakat uchun ham, alohida milliy
kompaniyalar uchun ham manfaatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ”O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF
-4947-
sonli farmoni. /// Xalq so‘zi, 2017 yil 8 fevral.
2.Q.J.Mirzayev,
G‘.S.Mustafoyev,
B .K.Janzakov. Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti
[Matn]: Darsl
ik “STEP
-
SEL” MCHJ. Nashriyoti, 2023
.
3.Antipov, A. Yu. Innovatsionnaya deyatelnost kak faktor konkurentosposobnosti firm
ы
. //
Marketing i marketingov
ы
e issledovaniya. - 2009. -
№3
- S. 212 - 221.
902
MUNDARIJA
So‘z boshi
……………………………………………………………………………………………………..
5
1-sho
ʻ
ba:
Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar
Aissa Boudjella,
Heejung Lee, Inyoung Hwangbo, Younghun Jung.
Exploring linguistic features for
readability assessment in korean language texts using natural language processing…………………………
6
Aissa Boudjella,
Heejung Lee, Inyoung Hwangbo, Younghun Jung.
Exploring Linguistic Features and
Readability Measures: An Analysis of English Text Samples In Natural language processing………
...
……
11
A.Zakirov.
Artificial intelligence in cognitive language teaching/learning. Pros and cons………………….
18
D.Amangeldieva.
Problems of language acquisition in bilingual society……………………………………
21
A.Burkanova.
Production of speech with aphasia problems
………………………………………………...
23
T.Dzhyrgalbaev.
The problem of machine translation in unrelated language (english and kyrgyz language)
24
N. Madalieva.
The role of the english language in kyrgyz society…………………………………
…………
25
A. Sultanova.
Dyslexia and language: modern
challenges………………………………………
…………….
28
A.Sagalieva.
Transcortical aphasia and its consequences in language learning……………….……
………
...
30
A.Raimkulov.
Asperger’s syndrome: its influence on the communication process…………………………
32
N.Sattorova.
Importance of using games in teaching english to primary class children
……………………
34
N.Sattorova, Z.Ziyodullayev.
Methods of teaching foreign language………………………….…………..
37
I.Mirzayev, N.Ruzieva
Professor Vladimir Gregorevich gak sintaktik tarkibi
qisqargan gaplar haqida……
38
М.Абдуллаева, М.Очилов.
Применение речевых технологий в обучении узбекскому языку……….
41
B.Abdullayeva, Z.Sabirova
. Ulug'bek hamdamning
“
tosh
”
hikoyasida davr ruhiyati xususida
……………
44
B.To‘rayeva.
Tarixiy romanlar
badiiy zamonining o‘ziga xos kategoriyalari………………..….….……….
46
M.Ergasheva, Z.Murtozayeva.
Teaching grammar………………………………………….….…………
50
M.Normuminov, S.Ziyodullayeva
.
Flipped classrooms for active foreign language learning……………..
51
S.Narzillayeva, B.To‘rayeva.
Xolid Husayniyning “tog'lar ham sado beradi” romanida badiiy obraz
poetikasi……………………………………………………………………………………………….………
54
N.Muminova .
“Haqiqat” konseptining kognitiv jihatlari o‘zbek va ingliz paremiyalarida………….....
.......
57
M.Normuminov.
Fostering independent learning and time management: implementing google classroom
in higher education institutions in Uzbekistan..................................................................................................
63
G. Raxmonova, H.Haydarova, Sh. Nasridinova.
Grammatical features of adjective
……………………..
65
M. Alibekova.
Bridging language gaps through virtual conversations in efl education …………………….
70
D.To‘xtasinova, K.Mamadqulova.
Gomerning “iliada” va "odisseya" asarlarida mifologik syujetlar…….
77
E.Ziyotova, F.SattarovaM.Asatullayeva S.Karimova .
The significance of only-plural words in
language………………………………………………………………………………………………………
81
D.Eshonqulova.
Ingliz tilini o’qitishda sotsiolingvistik kompetensiyaning ahamiyati………………….…..
82
N. Ruzieva.
Fransuz va rus tillarida gaplarni leksiko-
grammatik tashkil etish muammolari………………..
84
G.Cho'yanova, F.Sattarova P.Baxronova.
Countable and uncountable nouns with different meaning…...
85
N.Ikromov, M.Muzaffarova.
Paradigm of vowel phonemes and their assessment……………………….
90
N.Ikromov, R.Narzullayeva
.
Source, subject, objectives and tasks of learning phonetics and phonology...
91
J.Safarova, N.Eshmurodova, Sh. G’aniyeva,
F.Sattarova.
Differences between written & oral styles…
93
912
L.Sh.Kuldashev, B.Y.Sharifov, O.Q.Ro
‘
ziqulov.
Banklarni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish mexanizimlari…………………………………………………………………………….
855
Jimbo Claver.
The Role of Digital Technology for Growth and Sustainability of SMEs …………………
858
E.Shukurov, D.Abdurazzakova.
Dasturlash tillarini o’rgatuvchi mobil ilova yaratish
tamoyillari...............
858
A.Y.Nafasov.
Ta’lim jarayonida virtual reallik va uning ilovalaridan foydalanish.......................................
860
Sh.Xudoyberdiyev.
Ijtimoiy tarmoq veb-
sahifalarning o‘quv muhitida tutgan o‘rni...................................
863
B.M.Fayziyev, O. Q.Sag‘dullayev, B.B.Baxtiyorov
.
Ikki zonali g‘ovak muhitda “eskirish” hodisasini
hisobga olgan holda modda ko‘chishi modeli......................................................................
..........................
866
B. M.Fayziyev, O.Q.Sag‘dullayev, N.V.Turopova
.
G
‘
ovak muhitda
“
yuklanish
”
hodisasini hisobga
olgan holda modda ko
‘
chishining matematik modeli
………………………………………………………..
871
Sh.K.Daliyev, Sh.O.Qurbonboyeva.
Yer osti gidrodinamik jarayonlarini modellashtirish .........................
875
A.Y.Nafasov, B.M. O‘raqov, N.U.Normurodova.
Biologiya fanini o‘rgatishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish.........................................................................................................................
876
Ш.К.Далиев, Ш.О.Курбонбоева, Р.Насруллоева
.
Математическое моделирование для
исследования изменений концентрации солей и уровня грунтовых поземных вод…………………….
880
E.Shukurov, G.Bektemirova.
Dasturlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha kreativlik potentsialini
rivojlantirish usullari........................................................................................................................................
885
С.Х.Ражабов, Р.Насруллоева.
Математическое моделирование гидродинамического
сопротивления в колебательном потоке вязкоупругой жидкости………………………………………
887
O.N.Xaitov, D.R.Xamidov.
Dunyo bo’yicha kapital bozorining segmenti sifatida
qimmatli qog’ozlar
bozorining aksiyalar bozori savdolari
ko’rsatkichlari......................................................................................
893
F.Sirojiddinov.
Paxtani vertikal usulda mayda iflosliklardan tozalash jarayonida tozalash samaradorligini
oshirishga ta’sir etuvchi omillar
tahlili
……………………………………………………………………..
896
N.Ibragimova.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshlik salohiyati………………………………
899
MUNDARIJA
................................................................................................................................................
902
|