• Quick Time Movie
  • Digital Video
  • Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/12
    Sana11.10.2022
    Hajmi1.89 Mb.
    #27036
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7-mavzu
    1-Ma\'ruza, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9
    Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari 
    CD AVI (Audio Video Interleave – audio va video almashinuvi) – videoni saqlash va 
    Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan format, tasvir va ovozning 
    bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi video yozilishida avval kadr, so’ngra shu 
    kadrga mos ovoz navbatma-navbat yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz 
    oqimga ega bo’lib, sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham 
    videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, agar ovoz 
    ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan 
    “qochadi”. Bu formatdagi videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya) 
    qo’llaniladi: Microsoft Video (8- va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft RLE (8-bitli 
    ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan 
    Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan, lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning 
    uchun juday qulay imkoniyatlar ham mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft 
    companiyasi AVI formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced 
    Streaming Format – mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced Authoring Format) 
    formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI formati ham qo’llanishda davom etib, 
    AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda. 
    Quick Time Movie (.qt, .mov) – Adobe firmasi tomonidan Quick Time texnologiyalari 
    asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng tarqalgan formatlardan biri. Turli 
    videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham, 
    shuningdek, uzining xususiy kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va 
    audio) ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi. Videoma’lumotlar 
    turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga, audioma’lumotlar – turlicha formatga ega 
    bo’lishi mumkin va hk.
    MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) – Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar 
    guruhi (MPEG – Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va namoyish etish uchun 
    ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli 
    videolarni yozish uchun faol qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan.
    Digital Video (.DV) – Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun yaratilgan format. 
    Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab chiqilgan siqish diapazoni, kodlash 
    standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi 
    5:1 koeffitsiyentli.
    Videoma’lumotlarni siqish 
    Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari: 
    - oddiy, real vaqt rejimida
    - simmetrik va asimmetrik; 
    - sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida; 

    Download 1.89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1.89 Mb.
    Pdf ko'rish