• HISOBOT Qatnashdilar
  • Ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchining ro’li




    Download 458.69 Kb.
    Sana13.05.2023
    Hajmi458.69 Kb.
    #59214
    Bog'liq
    DARS MAXORATI BAYONNOMA
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    Farg’ona tumani
    tibbiyot kolleji
    Ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchining ro’li” Mavzusida tashkillangan seminar trening hisoboti



    2023-yil
    Farg’ona tumani tibbiyot kolleji pegagok xodimlar o’rtasida
    Taʼlim tizimida zamonaviy, ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv samarasi””
    mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik seminar xaqidagi hisoboti



    2023-yil


    Farg’ona tumani tibbiyot kolleji pedagok xodimlar o’rtasida “Yangi pedagogik texnalogiyalarni qo’llab dars o’tish jarayoni” mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik seminar xaqidagi
    HISOBOT
    Qatnashdilar: Kollej barcha pedagok xodimlari
    06.01.2023
    Mavzu: “ Ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchining ro’li
    Ta'lim berish, o'qitish ko'nikmasi o'qituvchiga qo'yiladigan talablar hamda o'quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlariga bevosita bog'liqdir. Bunda:
    - o'qituvchining ta'lim jarayonini olib borishga pedagogik-psixologik jihatdan tayyorgarligi,
    - o'qituvchining kasbiy kompetentliligi va eruditsiyasi,
    - yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirganlik darajasi,
    - kasbiy axborotlar manbai bilan qurollanganligi, kasbiy bilimdonligi,
    - uzluksiz ta'lim tizimining me'yoriy xujjatlarini bilishi,
    -o'quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda moddiy-texnik baza bilan bevosita bog'liq bo'lgan axborot resurs bazalarining mavjudligi va h.k.
    Tashabbuskor - ilg'or o'qituvchilar dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining samarador kechishini ta'minlash uchun quyidagi shartlarni taklif etadilar:
    1. O'quvchilarni amaliy, laboratoriya va seminar darslarda joylashtirishning ahamiyati. Keyingi yillarda o'tkazilgan tatqiqotlarning ko'rsatishicha, dars jarayonida o'quvchilarni noan'anaviy joylashtirishning ahamiyati haqida gapirilmoqda.
    TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
    Uning bir nechta uslublari mavjud bo'lib:
    - o'quvchilarni dumaloq stol atrofida o'tkazish: bunday usulda o'quvchilarni o'tkazib, munozara, muhakama va savol javoblar tarzidagi darslarni tashkil etish mumkin. O'quvchilar bunday darslarda o'qituvchi bilan o'zlarini «teng holatda» sezadilar. Shuningdek, o'quvchilar bir-birlariga qarab yuzma-yuz o'tirganlari uchun bir-birlarining ichki kechinmalaridan xabardor bo'lib turadilar.
    - «yarim oy» yoki «P» shaklida talabalarni joylashtirishning afzallik tomoni shundaki, o'rtadagi, maydondagi rolli o'yinlar, psixotrening o'yinlari va boshqa mashqlar bajarish mumkin.
    - uchburchak, kvadrat, to'g'ri to'rt bo'rchak shaklida o'quvchilarni joylashtirishning ham qulay tomonlari mavjud. Bunday hollarda o'qituvchi o'quvchilardan ajralib qolmasdan, balki ular bilan teng holatda o'tiradilar va yuzma-yuz o'tirish o'zaro muloqot va munosabatni engillashtiradi.
    2. Dars jarayonida o'quvchilar bilan demokratik shaklda ish olib boruvchi va ta'limga ilg'or uslublarni targ'ib etayotgan o'qituvchilarning fikricha darsda o'qituvchi va o'quvchilar orasida hamkorlik va ishonch bo'lishi kerak. O'zaro munosabatlarda, o'zaro izlanishga hamkorlik, o'quvchining darsga intilishi, darsdan hursandlik va qoniqishiga sabab bo'ladi.
    3. O'quvchining ta'lim olishi, o'qishi majburiy bo'lmasdan, balki o'z qiziqishi va intilishi bilan amalga oshirilishi kerak.
    4. Dars jarayonida o'quvchilarga o'tilayotgan mavzu emas, balki bu kungi mavzuni ertaga o'tiladigan mavzular bilan ham bog'lash, o'quvchilarning ertaga o'tiladigan mavzuga qiziqishlarini oshiradi va darsda o'tiladigan mavzuni o'qib kelishlariga yo'naltiriladi. Natijada o'qituvchining bir darsda bir necha mavzularni o'tib, o'quvchilarga «tezlashtirib ta'lim berish», «rejadan oshirib o'qitish», kabi usullardan foydalanishi mumkin. Bu metod ayniqsa, qobiliyatli, iqtidorli o'kuvchilarni o'qitishda juda qo'l keladi.
    5. Darsda «tayanch belgilardan foydalanish». Uning qulay tomoni shundaki:
    - o'quvchilarga uyga vazifa qilib berilgan vazifani matn shaklida yozish ehtiyoji qolmaydi,
    - o'quvchi matnni bir necha marta o'qib uning asl mazmunini va mohiyatini tushungandan so'ng shu matndagi eng asosiy tushuncha va tayanch so'zlarni topib, daftariga turli chizmalar shaklida yozadi.
    - o'quvchilar matnni bir necha marta o'qib chiqishlari, matndagi muhim tushuncha va so'zlarni topishga o'rganish bilan matnning mazmunini chuqur o'rganadilar. Tayanch belgilari tarzida yozish esa bilimlarning o'quvchilar tasavvurida va shakllanishiga, xotirasida mustahkamlanishiga sabab bo'ladi.
    6. Bilimlarni katta bo'lak va qismlarga bo'lib o'qitish. Uning afzallik tomonlari:
    - har qanday eng asosiy bo'lgan bir necha katta qismlar bo'laklardan iborat bo'lib, shu qismlar aynan shu fanning asosiy mazmunini tashkil etadi. Agar o'qituvchi o'quvchilarga shu fanning muhim qismlari va uning mazmuni haqida qisqa va aniq ma'lumotni etarli darajada bera olsa, o'quvchida Fan haqida bir butun tushuncha paydo bo'ladi. Ishonch, yaxlit bilimlarni to'liq qabul qilishga va bu yaxlit bilimlarni esda saqlash va esga tushirish imkonini yaratadi.
    7. O'quvchilarni dars o'tish va tahlil qilishga o'rgatish. O'quvchilarga qiziqishlarini hisobga olgan holda dars o'tish uchun mavzular taqsimlab beriladi.
    Sinfda «bu o'qituvchilar» dars o'tgandan so'ng tengdoshlarining bilimlarini so'rab baholaydilar. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bir-birlarini baholashda o'quvchilar o'quvchilarga nisbatan odilroq bo'lishar ekan. O'qituvchi sifatida dars o'tish o'quvchilarda o'ziga ishonch va mustaqillik beradi. Ularning nutq faoliyati yaxshilanadi.
    So'nggi yillarda umumiy o'rta ta'lim maktablarida, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim tizimida ta'lim berishning noan'anaviy interfaol metodlaridan foydalanish yo'lga qo'yilmoqda. Bundan asosiy maqsad Davlat ta'lim standartlariga mos tarzda o'quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish, ularning ko'nikma va malakalarini maksimal darajada rivojlantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlarini shakllantirish, o'quvchilarga boshqarish ob'ekti sifatida emas, balki o'qituvchiga hamkor, tashabbuskor, muloqot sub'ekti sifatida qarashdan iboratdir. Noan'anaviy darslarda o'quvchilarni o'qitish emas, balki o'qishga, mustaqil o'rganishga safarbar etish birlamchi o'rinni egallaydi.
    TADQIQOT NATIJASI
    Dars - ma'ruza. O'rta maktabda dars - ma'ruza yuqori sinflarda qo'llanilib, fanning asosiy g'oya va muammolarini ochib berishda ushbu metoddan foydalaniladi. Umumiy ta'lim maktablarida ma'ruza darslari savol-javoblar, ko'rgazmali va boshqa metodlar bilan qo'shilgan holda o'tkaziladi. Masalan, 5-10 daqiqali ma'ruzadan so'ng o'quvchilarga texnik vositalar yordamida berilgan bilimlar amalda ko'rgaziladi. Shuningdek, ma'ruzaning bir qismida nazariy ma'lumotlar berilsa, ikkinchi qismini savol-javoblar, munozara shaklda tashkil etish mumkin.
    1. Muammoli dars. Muammoli dars o'tish mazmuni suhbat darslaridan unchalik farq
    qilmaydi. Ammo, o'rta maktabda o'quvchilarni izlanish jarayoniga yo'llashda o'qituvchining faolligi ko'proq talab etiladi. Muammoli dars quyidagi qismlardan iborat bo'lishi mumkin:
    - tabiiy, ijtimoiy, texnik, texnogen, agrobiologik xodisalar jarayonlar o'rtasidagi ziddiyat, qarama-qarshilik mavjudligi aniqlanadi. Ya'ni biron sohada muammoning mavjudligi topiladi.
    - har hil hodisa, jarayon va boshqalarning yuzaga kelish sabablari, rivojlanishi, kechishi va yakuni haqidagi farazlar ilgari suriladi.
    - o'quvchilar bilan birgalikda izlanish natijasida ilgari surilgan farazning qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi isbotlanadi.
    - har xil tizimlar, hodisalar, jarayonlar o'rtasida o'zaro bog'liqlik qonuniyatlari haqida xulosa chiqariladi va narsa, hodisalarning yangi tomonlari ochiladi.
    3. Dalada dars. Tabiat bilan bog'liq darslarni aynan shu mavzu bilan bog'liq joyda, dala, bog', tog', tajriba maydoni va boshqa joylarda o'tkazilishi mumkin.
    4. Dars - drama. AQSh lik olim Moreno 1934 yilda oila, shaxsiy va ish faoliyatida yuz beradigan nizoli vaziyatlardan chiqish, psixologik vaziyatlar echimini topishda dramatik teatr tajribasidan foydalanish mumkinligini qator tatqiqotlar bilan isbotladi. Bu metod asta sekinlik bilan oliy va o'rta ta'lim tizimiga kirib kela boshladi. Adabiyot, oila psixologiyasi, ma'naviyat va boshqa hamma fanlardan dars-dramalarni tashkil etish mumkin. Ammo, dars-dramaning asosiy maqsadi, o'quvchilar orasida hamjihatlik, jipslik, do'stlik his tuyg'ularini shakllantirish, o'qituvchi-o'quvchi orasidagi munosabatlarni yaxshilash, o'quvchi shaxsiy hayoti, jamoadagi shaxslararo munosabat va muloqotda ijobiy psixologik muhitni tashkil etishga mo'ljallangandir.
    5. Dars-munozara. Bunday darslarni tashkil etishdan oldin munozara mavzusi, yo'nalishi o'quvchilarga e'lon qilinadi. Shu sohada o'qish zarur bo'lgan ilmiy, bidiiy adabiyotlar bilan ishlash haqida maslahat beriladi. Dars jarayonida, uyatchan, kamgap, sust o'quvchilarni doimo savollar berish, ularning fikrini so'rash bilan faollashtirib turiladi. Dars jarayonida muhokama qilinayotgan mavzudan chetga chiqib ketmaslik uchun, o'kituvchi munozaraning borishini o'quvchilarga sezdirmagan holda boshqarib turiladi.
    6. Dars-sayohat. Dars-sayohat oldindan tuzilgan reja asosida o'tkaziladi va bu darsga katta tayyorgarlik ishlari talab qilinadi. Bordi-yu o'qituvchi «O'zbekistoning o'rmonlari» mavzusida sayohat tashkil qilmoqchi bo'lsa u oldin o'quvchilarga o'rmonlar haqida, ulardagi ekologik ahvol, daraxt va o'simliklarning turlari haqida tushunchalar beradi. Sayohat jarayonida o'quvchilar bilan daraxt va o'simliklar turlarini, tabiat manzaralarini rasmlarga, vidiotasmalarga ularning suratlari olinadi. Sayoxatning natijasi to'plangan namunalar, olingan rasm va vidiosuratlarni namoyish etish bilan tahlil qilinadi. Bu shaklda olib boriladigan darslar o'quvchilarning xotiralarida uzoq muddat muhrlanib qoladi.
    7. Masofaviy ta'lim - bu axborot texologiyalari, zamonaviy pedagogika sohasi yutuqlarini o'zida aks ettirgan, xalqimizning keng qatlamlariga ko'rsatiladigan ta'lim xizmati turi bo'lib, u o'quv axborotlarini masofada almashuvini ta'minlaydi. Masofaviy ta'limning portfel, televizion-sputnikli va tarmoq orqali turlari mavjud. Bunda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot komp'yuter, telekommunikatsiya qurilmalari, Internet va Intranet orqali amalga oshiriladi. Ta'limning bu turida asosan o'qituvchi, o'quvchi va t'yutor(metodist-konsul'tant) ishtirok etadi va axborotlar almashadi. Ko'rinib turganidak, ta'lim jarayonida noan'anaviy ta'lim turlari va darslarini tashkil etish pedagog-o'qituvchilardan yuqoridagi mavzularda keltirilgan mahorat va qobiliyatlardan tashqari masofaviy o'quv kursini tayyorlashga doir bilimlarni, keys texnologiyasi va offlayn usullaridan foydalanish ko'nikmasini, o'quvchilarning bilim olish faoliyatini boshqarish qobiliyatini, elektron pochtalar (E-mail)dan, telekonferentsiya tizimlaridan, Webserverlardan, mediaserverlardan, elektron darsliklardan, virtual laboratoriya va virtual stendlardan, slaydlar, audio-video materiallardan, mul'timediya tizimidan foydalanish ko'nikmalarini talab etadi.
    MUHOKAMA
    Pedagogika fanida necha ming yillar davomida foydalanib, tarix sinoqlaridan o'tib, shu kunga qadar saqlanib kelgan darsni tashkil etish shakl va metodlari mavjudki, ular shu bugungi kunga qadar o'z qiymatini yo'qotgani yo'q va bundan keyin ham umumpedagogika fani tan olgan aksioma sifatida foydalaniladi. Ta'lim-tarbiya sohasiga olib kirilayotgan innovatsion yangiliklar, axborot va pedagogik texnologiyalar an'anaviy dars metodlari atrofida rivojlanib, ularni to'liqtirib, sayqal toptirib boradi. Shunday ekan, darsning noan'anaviy shakllaridan dars samaradorligini oshirishda foydalanar ekanmiz, albatta, an'anaviy dars metodlaridan to'laligicha voz kechish mumkin emas. Darsning an'anaviy va noan'anaviy metodlaridan foydalanishning pirovard natijasi - bilimdon, tarbiyali, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
    Darsning an'anaviy metodlariga quyidagilar kiradi:
    - ta'limning og'zaki metodlari,
    - ta'limning ko'rgazmali metodlari,
    - ta'limning ommaviy metodlari,
    - ta'limning mantiqiy metodlari,
    - ta'limning mustaqil ishlash metodlari,
    - ta'limning nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish turlari.
    Xulq-atvor-axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning fe'l-atvori bilan bog'liq
    axloqiy hodisa bulib, kishi fe'linig axloqiylik doirasida namoyon bo'lishi tushuniladi.
    Bilim - bunda bolalar o'qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bilimni hayotda ko'p unum beradigan qilib qo'llay olish uchun bilim bilan
    birga ko'nikma va malaka hosil qilish lozim. Malaka-iqtidor va ko'nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Munosabat-kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqat, madaniyat bu munosabat Motiv-
    1) insonni o'qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turl sabablar yig'indisi;
    2) ta'lim oluvchining ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq faoliyatga moyilligi.
    Motivlashtirish-bu ma'lum ehtiyojlardan kelib chiqib kishilar faoliyatini psixologik
    ta'sir etish yo'llari bilan maqsadga muvofiq yo'naltirishdir.
    Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko'nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo'lishi yoki ta'sir ko'rsatish qobiliyati.
    Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o'z kasbining mohir egasi bo'lgan shaxsga xos
    sifat.
    Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
    O'z-o'zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
    O'zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
    O'zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish;
    Blits-so'rov:
    1. Lug'aviy ma'nosiga ko'ra "kompetentlik" -
    2. Mazmuniga ko'ra "kompetentlik" -
    3. Maxsus (kasbiy) kompetentlik -
    4. Ijtimoiy kompetentlik -
    5. Shaxsiy kompetentlik - rivojlantrish
    6. Individual kompetentlik -(o'z-o'zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar) 7. Ekstremal kasbiy kompetentlik -
    8. Texnologik kompetentlik -
    Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g'oyalarni yaratishgina uchun emas, balki hayot tarzining, yoki alohida olingan spektlarni yaxshilash uchun qo'llash, va shaxsning ichki dunyosi rivojlanishida muhim o'rin tutadi.
    XULOSA
    Kreativlik axborotni yodda saqlash va faktlarni yig'ishga asoslanganligi tufayli an'anaviy ta'lim sistemasi har doim ham shaxsning, xususan talabaning kreativlik qobilyatini rivojlantirishga qodir emas. Kundalik hayot tarzi ko'pincha shaxsning kreativ xususiyatlarining pasayishiga sabab bo'ladi. Pedagogik kreativlik - pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati "Kreativ pedagogika" quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
    1) o'qituvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularini o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o'zlashtirishga jalb etish;
    2) o'qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
    Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g'oyalarga ega bo'lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo'l qo'yadi. Buning sababli ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
    Uslubchi: G.Qo’shaqova
    Ta’lim ustasi: A.Akbarova
    Download 458.69 Kb.




    Download 458.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchining ro’li

    Download 458.69 Kb.