WORD DASTURIDA ISHLASHNI TUSHUNTIRISH




Download 1,93 Mb.
bet11/80
Sana12.12.2023
Hajmi1,93 Mb.
#117182
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
Axborot texnologiya

WORD DASTURIDA ISHLASHNI TUSHUNTIRISH




Reja:





  1. Microsoft Word matn muharini yuklash.

  2. Xujjatlarning asosiy parametrlari.

  3. Xujjatlarni vujudga keltirish.

  4. Xujjatlarni tahrir qilish.

  5. Xujjatlarda rasmlar va jadvallar bilan ishlash.

  6. Xujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish.

.WORD matn muharini yuklash

Microsoft Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Xar bir hujjat "oyna" deb ataladigan maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xoxishiga qarab belgilab oladi.


M icrosoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas. Shu bois uning ba`zi buyruq va ko'rsatmalarining o'zbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib borishni lozim topdik.Microsoft Word ishga tushirilganda ekranda uning ishchi maydoni va boshqarish pan-eli hosil bo'ladi. Boshqarish paneli odatda sarlovha satri, menyu
satri va uskunalar panelidan iborat.
Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo'lib ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi.
Sarlovhalar satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi.
Menyular satri quyidagilardan iborat:

  • fayl menyusi;

  • to'g'rilash (правка);

  • ko'rinish (вид);

  • joylashtirish (вставка);

  • format;

  • servis;

  • jadval (таблица);

  • oyna (окно);

  • ma`lumot (справка).

Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muxim axamiyatga ega. Endi har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishib chiqamiz. "Fayl" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

        • ochish (открыть);

        • hosil qilish (создать);

        • saqlash (сохранить);

        • ... kabi saqlash (сохранить как);

        • hujjatlarni chop etish (печать);

        • Word dan chiqish (выход).

"To'g'rilash" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:



      • bekor qilish

      • yo'qotish

      • nusxalash;

      • joylashtirish;

      • matnni izlash va almashtirish;

      • boshqa matnga o'tish.

"Ko'rinish" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:



      • hujjatni ko'rish rejimini tanlash buyruqlari;

      • uskunalar paneli;

      • hujjat matni tasvirining masshtabini sozlash.

"Joylashtirish" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

        • turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish.

        • "Format" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:

        • matnlarni formatlash;

        • grafiklarni formatlash (ularning rangi va o'lchovini o'zgartirish).

"Servis" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:



      • hujatlarni tekshirish;

      • Word dasturlarini sozlash.

"Jadval" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:



      • jadvallarni hosil qilish;

      • to'g'rilash;

      • formatlash.

"Oyna" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:





        • ochiq hujjatlar oynasini tartibga keltirish;

        • kerakli oynani hujjatda ishlatish.

"Ma`lumot" menyusi quyidagi amallarni bajaradi:


Word dasturi bilan ishlashga doir ma`lumotlarni olishga xizmat qiladi.
Word matn protsessorida bir nechta uskunalar paneli bo'lib, asosan ikkita - "standart" va "format" uskunalar paneli ko'p qo'llaniladi.

(1- qator:Standart uskunalar paneli, 2- qator:Format uskunalar paneli)


Uskunalar panelida maxsus tugmalar joylashgan bo'lib, ular Word menyusidagi ak-sariyat buyruqlarga mos amallarni bajarish uchun mo'ljallangan. Bu tugmalar ustiga chizilgan rasmlar ular bajaradigan amallarni ko'rsatib turadi. Masalan,
tugma ustiga disketa rasmi chizilgan. U hosil qilingan matnni diskka yozishni bildiradi.

tugma ustiga chizilgan printer rasmi bu tugma matnni chop etish uchun mo'ljallanganini anglatadi.

Download 1,93 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



WORD DASTURIDA ISHLASHNI TUSHUNTIRISH

Download 1,93 Mb.