• 64-modda. Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
  • 65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
  • 66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
  • -modda. Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari




    Download 45.6 Kb.
    bet28/31
    Sana28.02.2023
    Hajmi45.6 Kb.
    #43796
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    TA`LIM TO`G`RISIDAGI QONUN YANGI TAHRIRDA 2020.
    gaz-bilan-ishlaydigan-avtomobillarning-ta-minlash-tizimi, innovation medic, Курс иши Абдураззоқов С , 7-8-9-10 amaliy mashg\'ulotlar, Kredit modul tizimiga ma\'lumotlar, 2-var, Raqamli texnologiylar va ularning rivojlanish tendensiyalari. Ra-kompy.info, Abdullayev Z pedagogik ish, tarmoq xavfsizligi 111, Mavzu Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechi, 6 Hududlar kesimida qishloq, ormon va baliqchilik xojaligi hajmi-Объем продукции (услуг) сельского, MM, Gidrometralogiya.pdf 9, t8csice3-pub-description
    63-modda. Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari
    Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat muassasalari hamda tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hamda ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etilishi mumkin.
    64-modda. Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
    Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir.
    Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilishi mumkin.
    Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni prinsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
    65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
    Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
    66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
    Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo‘lishi kerak.
    Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk obyektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
    Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.

    Download 45.6 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 45.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari

    Download 45.6 Kb.