TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 0,99 Mb.
bet19/31
Sana09.05.2021
Hajmi0,99 Mb.
#14454
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Atsilglitserinlar molekulasi strukturasi

Triatsilglitserinlar (triglitseridlar) molekulalarining strukturasi ularni tekshirish qiyinligi sababli hali unchalik yaxshi aniqlanmagan deb hisoblanadi. Faqatgina oxirgi o`n- yigirma yilliklarda tekshirishlarning fizikaviy usullarini qo`llash natijasida xona harorati sharoitida qattiq holatda bo`ladigan ba`zi bir triglitseridlar molekulasi strukturasi haqida birmuncha aniqroq ma`lumotlar olingan.



Qattiq triglitseridlar – kristallik massadir. Glitseridlar (atsilglitserinlar) kristallarini rentgenostruktura usulida tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, bir xil kislotali to`yingan triglitserid molekulasi strukturasi «kamerton» yoki «vilka» ko`rinishiga ega. Bu «kamerton» yoki «vilka» ning deyarli bir tekislikda joylashgan ikki tishi va bir dastagi tartibida moy kislotalarining atsillari joylashgan:

3.3.1-chizma. Ikki karra uzunlikdagi triglitserid molekulasi zanjiri.

Uglerod atomlari -shtrixlangan aylanalar bilan, kislorod atomlari – katta oq aylanalar bilan, vodorod atomlari - kichik oq aylanalar bilan ko`rsatilgan

Bu tasvirda ikki karra uzunlikdagi (bu termin tafsiloti quyida beriladi) triglitse­rid molekulasi zanjiri ko`rsatilgan. Bunda shtrixlangan aylanalar uglerod atomlari, katta oq aylanalar kislorod atomlari, kichkina oq aylanalar – vodorod atomlari.



Qattiq holatlardagi glitseridlar strukturasi.

To`yingan bir xil kislotali triglitseridlar molekulalarining juftliklari kristall hosil qilishda bir-biriga nisbatan parallel joylashgan qatorlar hosil qiladi.




Bunda har bir shunday molekula juftlarining «tishlari» va «dastaklari» fazoviy bir-biriga qarama – qarshi holatda, glitserid molekulasi atsillarining metil guruhlari esa umumiy (chetdagi) tekisliklarda joylashgan. Kristallarda molekulalarning bunday qatorlari «ko`p qavatli konstruktsiyalar» hosil qilib, ham tekisliklarda, ham vertikal bo`yicha joylashgan.

Kristallarda glitserid molekulalarining bunday joylashishi shuni ko`rsatadiki, bir kislotali to`yingan glitseridlarning chetdagi metil guruhlari tekisliklari orasidagi masofa (d001) ikkita moy kislotasining uzunligiga teng. Shuning uchun glitseridlarning bunday strukturasi «zanjirning ikki karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi.

Bunday glitserid molekulalari joylashuv tekisligi kristall molekula­sining polimorf modifikatsiyasiga bog`liq ravishda metil guruhlari tekisligiga nisbatan vertikal yoki qiya joylashishi mumkin. Qiyalik darajasi kristalning polimorf modifikatsiyasi va glitseridning molekulyar massasiga bog`liqdir.

Xuddi shunday tuzilishga ega bo`lgan glitseridlar yana quyidagilardir:

- ikki xil kislotali to`yingan glitseridlar kristallari, faqatgina ularning atsillari tarkibidagi uglerod atomlari soni farqi ikkitadan ortiq bo`lmagan taqdirda;

- tarkibida trans-konfiguratsiyadagi C18 kislotalari bo`lgan bir xil va ikki xil to`yinmagan kislotali glitseridlar.

Boshqa xil triglitseridlarda rentgenogrammaning katta intervallari (d001) bir xil kislotali to`yingan triglitseridlarnikiga nisbatan katta bo`lib, «zanjirning uch karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi (3.3.1-chizma):










3.3.2-chizma. Kristallarda triglitserid molekulalari hosil qiladigan zanjirning
uch karra uzunlikdagi strukturasi.

Qattiq va suyuq holatlardagi glitseridlar strukturasi.Suyuq holatdagi glitseridlar strukturasi juda kam o`rganilgan. Glitserid qizdirib suyultirilganda haroratga bog`liq ravishda undagi molekulalar ozmi-ko`pmi assotsiatsiyalangan holda bo`ladi. Bu assotsiatlar asosan Van-der-Val`s kuchlari yordamida hosil bo`ladi. Qotish haroratiga yaqin haroratlarda esa glitserid molekulalarining kristallik struktura hosil qilish uchun o`ziga xos joylashuvi boshlanadi.


Tabiatdagi mahsulotlarda odatda triglitseridlarning aralashmalari uchraydi. Afsuski bunday aralashmalar strukturasi hali etarli darajada o`rganilgani yo`q. Faqatgina binar aralashmalar (ikki turdagi glitseridlar aralashmasi) strukturasi juda oz tadqiqot etilgan. Bu muammolar hozirgi paytda yog`lar kimyosida hali echilmagan dolzarb muammolardan hisoblanadi.





Download 0,99 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Download 0,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 0,99 Mb.