Moyli xom ashyoning asosiy turlari va ularni saqlash tartibi




Download 404,74 Kb.
bet8/22
Sana09.05.2021
Hajmi404,74 Kb.
#14453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
1.2. Moyli xom ashyoning asosiy turlari va ularni saqlash tartibi.

Moyli xom ashyolar deb, sanoat miqyosida moy ishlab chiqarilgandaiqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi. Moyli xom ashyolar quyidagi turlarga bо‘linadi:

1. Faqat moy olish maqsadida о‘stiriladigan о‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps, kunjut).

2. Faqat moy olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham о‘stiriladigan о‘simliklar urug‘i:

a) tо‘qimachilik sanoati uchun (paxta, kanop);

b) atir-upa sanoati uchun (koriandr-kashnich);

c) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglevod bо‘lgan о‘simliklar (soya, gorchisa, yeryong‘oq).

1.2.1-jadval.

Moyli urug‘larni kimyoviy tarkibi: (xarakateristikasi)




Moyli xom ashyolar

Yog‘ miqdori, %

Oqsil miqdori, %

Sellyuloza,%

Kul miqdori,

%


1.

Kungaboqar

45-55

16-20

13-14

2,9-3,8

2.

Paxta chigiti

a) о‘rtatolali

b) ingichkatolali

22,29-23,28

24,49-25,23

25,52-28,50 29,4


17,95-18,71 12,4


4,17-4,30

4,50


3.

Maxsar

31,55

15.62

41,03

2,54

4.

Zig‘ir

59,15

19,10

1,29

4,36

5.

Gorchisa

32-46,9

20,5-29,7

8,2-11,1

4,8-5,5

6.

Raps (indov)

40,3-46,2

25-26,3

4,6-6,2

3,7-5,4

7.

Yeryong‘oq

40,2-60,7

20-27,2

1,2-4,9

1,8-4,6

8.

Kanakunjut

43,84

20,20

18,40

3,84

9.

Loviya

19,2-21,1

35,8-43,6

4,3-5,3

2,8-5,6

3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarini urug‘i ham ikkinchi darajali moy olinadigan xom ashyolar:

a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makkajо‘xori, guruch va bug‘doy kurtaklari);

b) tarkibida moy bо‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindisi (о‘rik, shaftoli, olcha, olxо‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari).

О‘simlik urug‘i ya’ni moy olish mumkin bо‘lgan xom ashyolar 2 guruhga bо‘linadi:

1) pо‘stloqli;

2) pо‘stloqsiz.

Kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq pо‘stloqli urug‘lar jumlasiga kiradi, ular qayta ishlanganda albatta chaqiladi va mag‘iz pо‘stloqdan ajratiladi. Raps, zig‘ir, kunjut pо‘stloqsiz urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab, ularning po’stlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bо‘ladi. Agar biz ishlab chiqarishda, ya’ni urug‘larni qayta ishlaganda chaqsaq, moyni chiqishi kamayib ketgan bо‘lar edi, chunki chaqilganda pо‘stlog‘i bilan birgalikda mag‘iz ham о‘tib ketib, isrofgarchilikka olib keladi [15,16,18].

Urug‘lar moyliligiga qarab uch turga bо‘linadi:

1) Sermoy urug‘lar;

2) О‘rtacha moyli urug‘lar;

3) Kam moyli urug‘lar.

Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut,kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning mag‘zi tarkibida 56-75% moy bо‘ladi. О‘rtacha moyli urug‘larga: chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 36-55% moy bо‘ladi.Kam moyli urug‘larga: loviya va shunga о‘xshash о‘simliklarning urug‘lari kiradi. Ular mag‘zi tarkibida 15-35% gacha moy bо‘ladi.

Oziq - ovqat sanoati chiqindilari. Meva danaklari konserva sanoatining chiqindisi hisoblanadi. О‘rik, olxо‘ri, olcha, shaftoli, bodom danaklarining mag‘zidan ham sanoatda moy olinadi. Mag‘izning kimyoviy tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan [17].

1.2.2-jadval.

Meva tarkibi.




Meva danaklari

Moy miqdori, %

Oqsil

miqdori, %



Sellyuloza, %

Kul miqdori, %

1.

О‘rik danagi

35-45

24-26

5-6

3-4

2.

Olxо‘ri danagi

30-60

23-24

6-7

2-4

3.

Olcha danagi

30-39

21-22

5-16

1-2

4.

Bodom danagi

42-53

21-34

4-6

2-4

5.

Shaftoli danagi

35-46

22-23

5-10

2,5-3,5

Moyli urug‘larni saqlash - tayyorlov tizimidagi korxonalarning va yog’-moy sanoati korxonalari ishining asosiy bosqichidir. Moyli urug‘larni saqlashda ularning biologik xususiyatlari bir qator noqulayliklar kelib chiqishiga sabab bо‘ldi. Yog‘ korxonalariga kelayotgan moyli urug‘larning sifati bir qancha omillarga: ekilgan urug‘ning о‘sish, hosilni yig‘ish sharoitiga, paxta punktlarida saqlash va ularni yog‘ korxonalariga tashish sharoitlariga bog‘liq.

Moyli xom ashyo saqlash davrida bir qancha biokimyoviy о‘zgarishlarga uchrashi mumkin.Bunda fermentlar ta’siri ostida urug‘larning tarkibi о‘zgarib boradi. Fermentlar chigitningnamligi va harorati me’yordan oshgan vaqtda mag‘iztarkibini buzib, oqsil, karbonvodorod, gossipol va boshqa murakkab qо‘shilmalarning parchalanishiga sabab bо‘ladi. Natijada chigitningmag‘zi tо‘q sariq yoki qora rangga aylanib, tarkibida erkin yog‘ kislotalari, aldegid, keton va boshqa badbо‘y hidli moddalar paydo bо‘ladi. Bunday chigitlar «kuygan», «buzilgan» chigitlar deyiladi. Kuygan chigitlardan kislota soni yuqori bо‘lgan sifatsiz moy chiqadi.

Urug‘ xujayralarida erkin suv hosil qiluvchi va hujayraning nafas olishini tezlashtiruvchi namlik kritik namlik deb ataladi. Shuning uchun moyli urug‘larni saqlashda, ularni buzilishini oldini olish maqsadida, moyli urug‘larning namligini kritik namlikdan past miqdorda ushlab turiladi.

Kritik namlik kattaligi urug‘larning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Urug‘da yog‘ miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, ularning kritik namligi shuncha past bо‘ladi.

Vkr= 14,5(100- M)/ 100 (1.2.1.)

bu yerda: Vkr- urug‘ning kritik namligi (%), M- urug‘ning moy miqdori (%)

Moyli urug‘ning moyliligiqancha yuqori bо‘lsa, ularni shuncha past namlikda saqlash talab qilinadi. Moyli urug‘larni kritik namlikdan yuqori bо‘lgan namlikda saqlansa, urug‘ning nafas olish tezlashadi va atrofga kо‘p miqdorda suv va issiqlik ajraladi.Urug‘ni toza, quruq holatda, namligi kritik nuqtadan 1-2 foiz kamroq bо‘lgan holda saqlansa, urug‘ juda yaxshi saqlanadi. Uzoq muddat saqlanadigan urug‘larning namligi quyidagichabо‘lishi kerak: kungaboqarniki-6-7%; paxta chigitiniki-9%; loviyaniki-12%; zig‘ir, kunjut, indovniki-8%. Urug‘larni saqlashda doim harorat nazorat qilib turiladi. Agar u oshib ketsa, sovutish, tozalash, quritish, shabadalashtirish kerak [19, 20,21].

Moyli urug‘lar о‘ziga xos bir tirik organizmdir. Ularda ham tо‘xtovsiz modda almashinish jarayoni davom etadi. Urug‘dagi oddiy moddalarga uglevodlar (glyukoza) kiradi. Bu moddalar havodagi kislorod bilan birikib suv va karbonat angidrid gazini hosil qiladi.


С6H12O6 + 6O2→6CO2+6H2O+2872 kJ (1.2.2.)
Bu reaksiyada hosil bо‘lgan suv va CO2 urug‘larni buzilishiga olib keladi. Bu keltirilgan formula nafas olishning (achishning) kimyoviy balansini ifodalaydi. Agar nafas olishda kislorod mо‘l-kо‘l bо‘lsa, bu jarayon «Aerob» jarayon deyiladi. Kislorod kamligida borsa, «Anaerob» jarayon deb ataladi va molekulalarning parchalanishi natijasida boradi.
С6H12O6→2C2H5O|H + 2CO2+ 234 kJ (1.2.3.)
Namlik 15%, harorati 200C dan 490C ga kо‘tarilganda CO2 ni ajralib chiqishi 4 martaga oshadi.

Mikrofloralarning ta’siri. Urug‘larga asosan mikroorganizmlar xо‘jaliklar dalalarida hosilni yig‘ishtirayotgan vaqtda yoki saqlaganda tushib qoladi. Moyli urug‘lar mikroorganizmlar uchun juda yaxshi oziqlanadigan sharoit yaratib beradi. Asosan moyli urug‘larda bakteriyalar va «Mog‘or»lar borligi aniqlangan. Bu mikroorganizmlar urug‘larning buzilishiga, chirishiga sabab bо‘ladi. Iflos aralashmalardan tozalanmagan moyli urug‘lar о‘z-о‘zidan qizib ketib yong‘in chiqishi mumkin.

Moyli urug‘larni saqlashda о‘z-о‘zidan qizib ketishi. Bizga ma’lumki, nafas olish jarayonida issiqlik va suv ajraladi. Urug‘larni issiqlik о‘tkazuvchanligi yomon bо‘lganligi sababli issiqlik tо‘planib boradi. Qayerda namlik yoki iflos aralashmalar kо‘p bо‘lsa, о‘sha joyda о‘z-о‘zidan qizish jarayoni boshlanadi. О‘z-о‘zidan qizish natijasida harorat 65-75°C ga kо‘tarilib ketadi, moyli urug‘larning rangi о‘zgaradi, mog‘or hidi kо‘tariladi, moyning kislotalar soni oshadi. О‘z-о‘zidan qizish natijasida yong‘in chiqishi mumkin. Buni oldini olishning asosiy usullaridan biri urug‘larni toza va quruq holda saqlashdir.[30, 31].

Moyli urug‘larni saqlash tartiblari. Asosan quyidagi saqlanish tartiblari ishlatiladi.

1. Quruq holda saqlash.

2. Sovitilgan holda saqlash.

3. Havosiz joyda saqlash.

Urug‘larni quruq holda saqlash. Moyli urug‘larni bu holda saqlash juda keng tarqalgan bо‘lib, eng arzon va oson usuldir. Ma’lumki, quruq holda saqlanayotgan xom ashyo namligi kritik namlikdan iloji boricha past bо‘lishi lozim. Past namlik bilan saqlanayotgan xom ashyo tarkibida oksidlanish jarayoni sust, nafas olish nihoyatda sekin, mikroorganizmlarning ta’siri juda kam bо‘ladi.

Urug‘larni sovitilgan holda saqlash. Hamma tirik komponentlar ma’lum haroratda rivojlanadi. Optimal haroratdan past haroratda urug‘larning ham, mikroorganizmlarning ham hayotiy rivojlanishi susayadi. Bu 10°C dan past haroratda kuzatiladi. Moyli urug‘larning kam issiqlik va harorat о‘tkazuvchanligini hisobga olib, ularni saqlashdan oldin bir marotaba sovitib olinsa, bu holat uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Lekin bu usulda saqlash uchun omborxonalar deyarlik germetik bо‘lishi va maxsus sovutish moslamalari bilan jihozlangan bо‘lishi lozim. Bu esa albatta juda qimmat turadi [35,38].

Havosiz joyda saqlash tartibi. Yuqorida о‘rganilgan ma’lumotlardan ma’lumki, xom ashyo havosiz joyda saqlansa unda faqatgina anaerob nafas olish jarayoni bо‘ladi. Bu esa о‘z yо‘lida xom ashyoni nisbatan uzoqroq vaqt saqlash imkonini beradi. Lekin havosiz joyda saqlash uchun omborxona nihoyat germetik bо‘lishi shart. Bunday omborxonalarni qurish nihoyatda katta mablag‘ talab qiladi.

Turli moyli urug‘larning saqlanish xususiyatlari.

1. Kanakunjut (keleshivina) saqlanishi. Bu urug‘ning namligi 6% gacha bо‘lganda omborxonaga tо‘kilib, urug‘ning qalinligi 5m gacha bо‘lgan qalinlikda saqlanishi mumkin. Agar namligi 6% dan yuqori bо‘lsa, unda saqlanayotgan urug‘ning qalinligi 3m gacha kamaytirilishi kerak.

2. Kanop, indov – bu urug‘lar о‘lchamlari mayda bо‘lishiga qaramasdan namligi 8% gacha bо‘lganda, tо‘kish yо‘li bilan saqlash mumkin. Namligi yuqori bо‘lganda uzoq saqlamasdan qayta ishlash lozim.

3. Soya urug‘i tarkibida 50% gacha oqsil modda bо‘lganligi sababli, u nihoyatda gigroskopik xususiyatga ega. Uzoq muddatga saqlanayotgan urug‘ namligi 11% dan oshmasligi kerak.

4. Kungaboqar urug‘i – moyliligi yuqori bо‘lganligi sababli kritik namligi ancha past, shuning uchun uzoq muddatga mо‘ljallab saqlanayotgan kungaboqar urug‘i namligi 6-7 % dan oshmasligi kerak.

5. Paxta chigiti (о‘rta tolali) – ustida 4,5% dan oshiq bо‘lmagan lint qoplami bо‘lganligi tufayli bu urug‘ning oquvchanligi juda past, shuning uchun paxta chigiti poli tekis yoki qiya bо‘lgan usti yopiq omborlarda saqlanadi. Uzoq muddatga (2 oydan oshiq) mо‘ljallab saqlanayotgan chigit namligi 1-3 navlar uchun 9% dan oshiq bо‘lmasligi kerak. Namligi 9% dan oshiq bо‘lgan va 4-nav chigitlari birinchi navbatda saqlanmasdan ishlatilishi lozim. Omborxonalarning hajmi yetishmagan hollarda о‘rta tolali paxta chigiti ochiq maydonchalarda ham piramida shaklida saqlanishi mumkin. Ingichka tolali paxta chigiti ustidagi lint qavati 4,5% dan kam bо‘lib, asosan yopiq poli qiya bо‘lgan omborxonalarda saqlanadi. [39,40].



Xulosa.

  1. Adabiyotlardagi manbaalarni tahlil qilishdan aytish mumkinki O’zbekistonda yog’-moy sanoati yetarli darajada yaxshi rivojlangan.

  2. Moyli xom ashyosining bir necha turlari mavjud.

  3. Moyli o’simliklar yetishtirish O’zbekiston aholisini moy mahsulotlariga bo’lgan talabini to’la qoplaydi.


Download 404,74 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 404,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moyli xom ashyoning asosiy turlari va ularni saqlash tartibi

Download 404,74 Kb.