• Google Classroom
  • Create or join class
  • Classwork
  • Assignment
  • .doc, .pdf, .ppt
  • Google Form
  • Material
  • Topic
  • People
  • Ta'limda Google Classroomdan foydalanish Google




    Download 1.51 Mb.
    Sana10.09.2022
    Hajmi1.51 Mb.
    #25778
    Bog'liq
    google classroom
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi

    Ta'limda Google Classroomdan foydalanish



    Google xizmatlaridan biri hisoblanib, masofaviy ta’limga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda eng qulay vositalardan biridir. Dars mashg‘ulotlarini Blended Learning (Aralash ta’lim) modeli an’anaviy va masofaviy shakllarni uzviy bog‘lagan holda turli topshiriq va vazifalarni bajarish mumkin bo‘ladi. O‘quv jarayonni masofadan boshqarishga yo‘naltirilgan ta’lim platformasi sifatida xizmat qiladi. 
    Google Classroom (o‘quv mashg‘ulot xonasi)dan foydalanish uchun avvalo Gmail elektron pochta manzili oynasining o‘ng panelidan mos element tanlab olinadi. 


    Google Classroom (o‘quv mashg‘uloti xonasi)ning asosiy oynasida o‘qituvchi tomonidan yaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari sinflar yoki fanlar kesimida ko‘rsatiladi. 

    Google Classroom (o‘quv mashg‘uloti xonasi) da o‘quv mashg‘ulot o‘tkazish uchun birinchi navbatda fan o‘qituvchisi tomonidan asosiy panelning o‘ng qismida joylashgan Create or join class (o‘quv mashg‘ulotni yaratish yoki qo‘shish) “+” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.



    Google classroomda birinchi navbatda o‘qituvchi qaysi dars mashg’ulot (Class name), bo‘lim (Section), fan nomi (Subject), sinf xona raqami kabi ma’lumotlarni (Room) kititishi kerak bo‘ladi. Keyin esa Create (yaratish) tugmasi bosiladi. 

    O‘quv mashg‘uloti uchun zarur o‘quv materiallar, vazifa va topshiriqlar ham mazkur oynaga joylashtiriladi. O‘quvchi uchun mashg‘ulotga oid barcha ma’lumotlar, yangiliklar, e’lonlar, xabarlar o‘qituvchilar tomonidan doimiy ravishda kiritib boriladi. 



    O‘quv materiallarni kiritish uchun Classwork (sinfxona) blokidagi o‘tib, Create (yaratish) tugmasi yordamida amalga oshiriladi. 



    O‘quv materiallar Create (yaratish) tugmasi orqali kiritishda o‘qituvchi uchun turli vazifa va topshiriq turlari tavsiya etiladi va ixtiyoriy vazifa yoki topshiriq tanlanadi. 


    1. Assignment (topshiriq)
    2. Quiz Assignment (test topshirig‘i)
    3. Question (savol)
    4. Material (o‘quv materiali)
    5. Reuse post (xabarni qayta ishlatish)
    6. Topic (mavzu

    1. Assignment (topshiriq) elementini yaratishda quyidagi oyna ochilib, topshiriqni umumiy sarlavhasi va tavsifi kiritiladi. Ma’ruza materiallari sifatida multimedia mahsulotlari (.doc, .pdf, .ppt, ) taqdim etiladi. O‘ng panelda esa topshiriqni baholash mezonlari joylashtirilishi tahlil qilinadi. 



    2. Quiz Assignment (test topshirig‘i) oynasida test topshiriqlari yaratiladi. Topshiriqlarni yaratishda sarlavha nomi va tavsifi bo‘lishi lozim. Google Form yordamida tayyorlangan test topshiriqlari ham o‘quvchilarga taqdim etish mumkin bo‘ladi. 



    3. Question (savol) oynasida esa savol matni kiritilgandan so‘ng, uning turlari e’tiboringizga havola qilinadi: qisqa javob va to‘g‘ri javob

    Shu bilan birga, o‘quvchilarga o‘zaro bilimlarini tekshirish va javob variantlarini tahrirlash imkoniyati taklif etiladi.


    4. Material (o‘quv materiali) oynasi yordamida o‘quv adabiyotlar, ma’ruza matnlari, turli formatdagi hujjatlar kiritiladi. O‘quv materiallarni qo‘shishda Google Drive files (fayllar bazasi) yoki Upload files (fayllarni yuklash) tugmalaridan foydalaniladi. Shuningdek, muayyan mavzu doirasida ham videoroliklar, internet havolalari hamda boshqa hujjatlarni qo‘shish mumkin bo‘ladi. 

    5. Reuse post (xabarni qayta ishlatish) oynasi yordamida o‘quvchilar uchun o‘quv mashg‘uloti boshlangunga qadar mashg‘ulot to‘g‘risidagi yangilik, xabar, e’lonlarni yana qayta o‘quvchilarga taqdim qilish mumkin. 



    6. Topic (mavzu) elementi orqali o‘quvchilar uchun mavzular yaratiladi. Shu bilan birga, mavzu doirasida dars mashg‘uloti materiallari, vazifa va topshiriqlar, test topshiriqlari taqdim etilib boriladi. Shuningdek, zaruriy o‘quv marteriallar, test topshiriqlar kabi materiallari ham biriktirilishi mumkin. 

    Shu interfeysning Topic (mavzu) oynasida vazifa, test topshiriqlar Assign (tayinlash) tugmasi yordamida biriktiriladi. Shuningdek, o‘quv material mo‘ljallangan sinf va o‘quvchilarni ko‘rsatib o‘tish zarur bo‘ladi. Va mazkur topshiriqqa umumiy ball ham qo‘yiladi. 



    Darslarga o‘quvchilarni biriktirish, sinflarga qo‘shish maqsadida People (odamlar) bo‘limiga o‘tiladi. Invite (taklif qilish) tugmasi orqali o‘quvchilarni taklif qilinadi.

    Grade (baholash) bo‘limida o‘quvchilar mashg‘ulot davomida bajargan vazifa va topshiriqlarning natijalari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘qituvchi har bir o‘quvchi qaysi topshiriqlarni muddatlar kesimida bajarganini nazorat qilib turishi mumkin.

    O‘qituvchilar uchun Google Classroomdan foydalanishda bilishi zarur bo‘lgan 10 ta qoidalar mavjud. Ular Google classroom orqali an’anaviy va masofaviy ta’lim jarayonlarini uzviy bog‘langan holda o‘quv jarayonlarni tashkil etishda xizmat qiladi. 

    Download 1.51 Mb.




    Download 1.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'limda Google Classroomdan foydalanish Google

    Download 1.51 Mb.