Taʼlimning milliy modeli




Download 17.21 Kb.
Sana30.11.2022
Hajmi17.21 Kb.
#32416
Bog'liq
ta\'limning milliy rivojlanganligi


Ta’limning milliy yo’naltirilganligi
Taʼlimning milliy modeli — Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʻlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlimtarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʻra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʻyicha belgilangan nazariymetodologik, amaliypedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelim.da maʼnaviyintellektual jihatdan barkamol shaxsning oʻz ijodiy qobiliyatini toʻla namoyon etishini taʼminlash koʻzda tutiladi.
Jahon taʼlim tizimi tajribasida mutlakr yangilik boʻlgan Taʼlimning milliy modelim. shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan, ishlab chiqarish. singari 5 tarkibiy qismdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Taʼlimning milliy modelim. tarkibiy qismlari taʼriflanib, ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Taʼlimning milliy modelim.ning oʻziga xosligi tarkibiy qismning boshlanishidayoq yaqqol namoyon boʻladi. Unda shaxsga taʼlimning isteʼmolchisi, yaʼni obʼyektigina emas, balki uni amalga oshiruvchi, yaʼni taʼlim jarayonining subʼyekti sifatida ham qaraladi. Bu hol shaxsni taʼlimning isteʼmolchisidan bu jarayonning ijrochisiga aylantiradi, uning faolligini oshirib, rivojlanishini tezlashtiradi.
Davlat va jamiyat — taʼlim hamda kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni kabul kilib olishning kafillaridir. Taʼlimning milliy modelim.ga koʻra, davlat va jamiyat oʻz zimmasiga kadrlar tayyorlash ishini tashkil etish, taʼlim jarayonini nazorat qilish hamda tayyorlangan mutaxassislar faoliyatini yoʻlga qoʻyish kafolatini oladi.
Uzluksiz taʼlim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kursatish muhitini oʻz ichiga oladi. Taʼlimning milliy modelim. shaxsning kamoloti umr buyi davom etadigan uzluksiz jarayon ekanligiga asoslanadi. Shuning uchun ham taʼlim tizimlarining barkamol insonni shakllantirishda ishtirok etishi lozim bulgan barcha boʻgʻinlar faoliyati uzviy va uzluksiz boʻlishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning muayyan bosqichida biror shaxsda shakllantirilishi lozim boʻlgan bilim, malaka va kunikmalar miqdori, tartibi qamda bajarilish jarayoni ayni shu uzluksiz taʼlim tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻladi.
Fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi va ulardan foydalanadi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadi. Taʼlimning milliy modelim.ning bu tarkibiy qismiga Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ahamiyat berilgan. Chulki malakali mutaxassislarni tayyorlashda fan yutuklaridan foydalanilganidek, yuqori malakali mutaxassislar ishtirokisiz fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Demak, fan bir vaqtning oʻzida tayyorlovchilik, isteʼmolchilik, rivojlantiruvchilik vazifalarini bajaradi.
Ishlab chiqarish — kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiytexnika jihatidan taʼminlash jarayonining katnashchisi. Ishlab chiqarish Taʼlimning milliy modelim.ning eng asosiy qismlaridan biridir. Xalq xoʻjaligining muayyan sohasi uchun zarur boʻlgan kadrlar miqdori, ularni tayyorlashda tayanilishi lozim boʻlgan iqtisodiy va texnologik asoslar ishlab chiqarish. tomonidan belgilanadi. Jamiyatning moddiy boyliklari ishlab chiqarish. jarayonida yaratilgani uchun u kadrlar tayyorlash tizimining moliyaviy va moddiytexnikaviy taʼminotini ham amalga oshiruvchi sanaladi.
Taʼlimning milliy modelim.da kadrlar tayyorlash borasida xalqimizga xos milliy xususiyatlar maksimal darajada hisobga olinishi taqozo etiladi. Shuningdek, unda barkamol shaxsni shakllantirish hamda uning akliy, kasbiy va maʼnaviy imkoniyatlarini eng samarali yoʻsinda ishga solish yoʻllari aniq hisobga olingan. Taʼlimning milliy modelim.da shaxsda shakllantirilishi zarur boʻlgan kasbiy va maʼnaviy sifatlarning uygunligiga alohida eʼtibor berilgan.

Аbduyazova Malika


Korakamish 1/4
997261326
TDPU
Download 17.21 Kb.




Download 17.21 Kb.