56
stansiyani 20 baytli manzillari asosida o‘rnatiladi. Manzilni bunday uzunligi katta
tarmoqlar uchun mo‘ljallangan. Manzil ierarxiyali tuzilishga ega. U telefon
tarmog‘idagi raqamga o‘hshashdir va shahar, davlat kodlariga moslarini ishlatadi.
Virtual
ulanishlar
doimiy
(Permanent
Virtual
Circuit,
PVC)
va
kommutatsiyalanadigan (Switched Virtual Circuit, SVC) bo‘lishi mumkin. Doimiy
virtual ulanishlar ikkita belgilangan abonentlarni ulaydi va tarmoq administratori
tomonidan o‘rnatiladi. Kommutatsiyalanadigan virtual ulanishlar ixtiyoriy ohirgi
abonentlar orasida aloqani o‘rnatish boshlanganda o‘rnatiladi. ATMni ohirgi
stansiyasini quyi pog‘ona kommutatorlari bilan ulash UNI (User Network
Interface) standarti orqali amalga oshiriladi. UNI paket tuzilishini, stansiya
manzilini, boshqariladigan axborotni almashishni, ATM protokoli pog‘onasini va
trafikni boshqarish usullarini aniqlaydi.