31
2. Arxivga olish dasturlariga misol keltiring.
3. Disklar bilan ishlash jarayonida qanday muammolar yuz berishi mumkin.
4. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlarga misol keltiring.
5. Viruslar nima, ular qanday paydo bo’ladi.
6-MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARINI TASHKIL ETISH
TAMOYILLARI
Kompyuter tarmog’i deb kommunikatsiya vositalari orqali o’zaro
birlashtirilgan kompyuter va periferiya qurilmalarining (printerlar,
skanerlar,
diskovodlar va boshqa qurilmalar), hamda foydalanuvchilarga tarmoqning
barcha (texnik, dasturiy, axborot) vositalaridan jamoa ko’rinishida
foydalanish
imkoniyatlarini yaratib beruvchi tizimiga aytiladi.
Tarmoqlarning asosiy vazifasi — foydalanuvchining tarmoqdagi
imkoniyatlardan sodda, qulay va ishonchli ravishda foydalana olishini, beruxsat
kiruvchi chaqirilmagan mehmonlardan himoyalanish, tarmoq abonentlari orasida
qulay, unumli va ishonchli axborot almashinishni ta’minlashdir. Tarmoq
tarkibiga kiradigan asosiy komponentlarni sanab o’tamiz:
Serverlar — Foydalanuvchilarga taklif etiladigan
kuchaytirilgan kompyuter
imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi
bosh kompyuter;
Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari (ish stantsiyalari) — Tarmoqqa
ulangan abonent kompyuteri;
Ma’lumotlarni uzatish kanallari — kompyuterlarni o’zaro bog’lab turuvchi
kommunikatsiya vositalari.
Kichik EHM, mikroEHMlar va
nihoyat shaxsny kompyuterlar,
serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi
axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi - "Tarmoqlangan qayta ishlash"
texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan
tizimi axborot tizimining
shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-
alohida, lekin o’zaro axborot kanallari bilan bog’liq bo’lgan
kompyuterlarda
amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish
uchun ko’p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko’p
mashinali hisoblash
majmualari yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko’rinishlarida amalga
oshirilishi mumkin.
Kompyuter tarmog’i- aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar to’plami
bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog’i "
Tarmoq abonenti", "stantsiya" va "fizik
uzatish
muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
32
Tarmoq abonenti- Tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni
iste’mol qiluvchi ob’ektdir (tarmoqning har bir abonenti stantsiyaga ulanadi).
Stantsiya- axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq:
vazifalarni
bajaruvchi ob’ekt. (Abonent va stantsiya birgalikda "Abonent tizimi" deb
ataladi. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti
mavjud bo’lishi kerak).