• Zeebek effekti
  • Tanlash mezonlari




    Download 313.19 Kb.
    bet4/8
    Sana15.05.2023
    Hajmi313.19 Kb.
    #59886
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    8-ma\'ruza. Termoelektrik pirometrlar
    Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar
    2. Termojuftlar. Pirometr (yun. - olov, issiqlik va ...metr) - spektrning optik sohasida shaffofmas jismlarning nurlanishiga qarab ularning temperaturasini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Pirometr yordamida temperaturasi oʻlchanadigan jism issiqlik muvozanatida turishi va yorugʻlik yutish koeffitsiyenti 1 ga yaqin boʻlishi kerak. Pirometr yordamida yuqori temperaturalar oʻlchanadi. Pirometr - jismlarning temperaturasini kontaktsiz o‘lchash uchun asbob. Ishlash prinsipi asosan infraqizil nurlanish va ko'rinadigan yorug’lik diapazonida o‘lchash ob’yektining issiqlik radiatsion quvvatini o‘lchashga asoslangan. Pirometrlarning ishlashi isitilgan jismlarning issiqlik nurlanishining ularning temperaturasi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liqligiga asoslanadi. Pirometrlar jismlarning temperaturasini -50 0C dan +6000 0C gacha diapazonda o‘lchash uchun ishlatiladi. Pirometrlar temperaturani masofadan o‘lchash uchun ishlatiladi. Pirometrlami bir nechta asosiy xususiyatlarga asosan bo‘lish mumkin: termoelektrik (termopara), optik, fotoelektrik, rangli va radiatsion pirometrlarga bo‘linadi. Asbob shkalasini qulay bo‘lishi uchun volt bo‘limiga emas, balki gradus bo‘limiga to‘g’rilash kerak bo‘ladi.
    Temperaturani o‘lchash uchun termoelektrik termometrlardan foydalanish termojuftning termoelektr yurituvchi kuchining temperaturaga bog‘liqligiga asoslanadi. Termoelektr yurituvchi kuch (termo-EYuK) ikkita turli o'tkazgichlardan iborat zanjir uchlaridagi temperatura teng bo‘lmagan taqdirda shu zanjirda paydo bo‘ladigan kuchdir. Bu usulga asos bo'lgan effekt 1821-yilda nemis olimi T.I. Zeebek tomonidan kashf etilgan. 1822-yilda u o‘zining tajribalari natijalarini e’lon qildi. Zeebek effekti shundan iboratki, bir-biriga o‘xshash o‘tkazgichlardan iborat yopiq zanjirda, aloqa nuqtalari har xil temperaturada ushlab turilsa, termo-EYuK hosil boiadi. Ikkita turli o'tkazgichlardan tashkil topgan zanjir termoelement yoki termojuft deyiladi. Hosil bo‘lgan termo-EYuK kattaligi faqat o‘tkazgichlaming materialiga va issiq va sovuq kontaktlaming temperaturasiga bog’liq.






    1-rasm. Termojuft



    2-rasm. Termojuftning prinsipial elektrik sxemalarda ulanish sexmasi.


    Termojuftlar termoelektrik o'zgartkichlar sinfiga tegishli bo'lib, ulaming prinsipi Zeebek fenomeniga asoslanadi: agar yopiq elektr zanjirini tashkil etuvchi ikkita o'xshash metallarning o‘zaro birikmalari teng bo'lmagan temperaturaga ega bo'lsa, zanjirda elektr toki oqadi. Birikma uchlarining temperatura farqi belgisining o'zgarishi oqim yo'nalishi o'zgarishini belgilavdi. Termoelektrik effekt deganda har xil metall va qotishmalarning ikkita birikmalari orasidagi temperatura farqi natijasida kelib chiqadigan termoelektrik yurituvehi kuchning (termo-EYuK) hosil bo'lishi tushuniladi. 0...100 0С harorat oralig’ida termojuft elektrodlari materiallarining xususiyatlariga o‘xshash termoelektrik xususiyatlarga ega metallardan yasalgan simlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Kompensatsiya simlarini termojuftlar (termoelektrik o‘zgartkichlar, qarshilik termojuftlari) va qurilma bilan ulashda qutblanishga rioya qilish kerak. Qurilmaning o‘lchash qismiga tashqi ta’sirning oldini olish uchun qurilma va sensor o'rtasidagi aloqa tizimini himoya qilish tavsiya ctiladi. Agar ushbu shartlar buzilgan bo‘lsa, o‘lchash xatoliklari yuzaga kelishi mumkin.


    O'tkazuvchilarda harorat farqi mavjud bo'lganda, elektr maydonining paydo bo'lishiga olib keladigan elektronlar diffuziyasi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, termoelektrik yurituvchi kuch termojuftning kontaktlarida (ulanishlarida) potensiallar sakrashi yig'indisi va elektronlarning diffuziyasi natijasida yuzaga keladigan potentsial o'zgarishlarning yig'indisi qo'shilishidan tashkil topadi va o‘tkazgichlarning turiga va ularning haroratiga bog‘liq. Termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipi. Termoelektrik termometrning ishchi uchini o‘lchash zonasiga joylashtiriladi. Sovuq uchiga o‘lchash asbobi ulanadi. Ishchi va sovuq uchlar orasidgi temperatura farqi qanchalik katta bo'lsa, sovuq uchidagi EYuK shunchalik katta bo‘ladi.
    Agar zanjir kontaktlarning ulangan a va b nuqtalarida o ‘tkazgichlaming haroratlari bir xil va teng bo‘lsa, unda potentsiallar farqi qiymati ham teng bo‘ladi, ammo har xil ishoraga ega bo‘ladi. Yig'indi TEYuK va zanjirdagi tok nolga teng bo‘ladi:
    (3)
    Agar bo‘lsa yigindi TEYuK noldan farqli bo‘ladi:


    (4)



    Download 313.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 313.19 Kb.