• Termoelektrik termometrlarning asosiy tavsiflari Platinorodiy - platina termoelektrik termomctrlari(TPP)
  • Xromel-alyumel termoelektrik tcrmometrlar (TXA turi).
  • Xromel-kopelii termoelektrik termometrlar (TXK turi)
  • Sinov savollari
  • Termoelektrik termometrlarning xarakteristikalari




    Download 313.19 Kb.
    bet6/8
    Sana15.05.2023
    Hajmi313.19 Kb.
    #59886
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    8-ma\'ruza. Termoelektrik pirometrlar
    Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar
    Termoelektrik termometrlarning xarakteristikalari

    Termojuftlar

    Turi

    t = 100 oC, t0 = 0 oC, mV dagi TermoEYuK

    Xromel– Kopel(ТХК)

    ХК (L)

    6.90 ± 0.3

    Xromel– Alyumel (ТХА)

    ХА (K)

    4.10 ± 0.15

    Platinarodiy– Platina(ТПП)

    ПП (R, S)

    0.64 ± 0.03

    Platinarodiy-Platinarodiy(ТПР)

    ПР30/6 (B)

    0.431

    Volfram Reniy– Volfram Reniy (ТВР)

    BP5/20 (A- 1, A-2, A-3)

    1.33



    Termoelektrik termometrlarning asosiy tavsiflari

    Platinorodiy - platina termoelektrik termomctrlari(TPP).(S turi). Harorat 0 dan 1300 0C gacha bo‘lgan haroratda uzoq vaqt ishlashi mumkin.O dan 100 0C gacha b o ig an platinorodiy-platinorodiyli termoelektrik termometrlarning termo-EYuK deyarli nolga teng, shuning uchun ulami kompensatsion simlarsiz ishlatish mumkin.
    Xromel-alyumel termoelektrik tcrmometrlar (TXA turi). Elektrodlar diametri 0,7 dan 3,2 mm gacha. Musbat elektrod xromel (89% nikel, 9,8% xrom, 1% temir va 0,2% marganets), manfiy elektrod alyumel (94% nikel, 2%alyuminiy, 2,5% marganets, i% temir, kobalt va xrom bilan aralashtirilgan kremniy) Xromel-alyumel termoelektrik termometrlari eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ushbu termometrlar tomonidan haroratni o'lchash chegaralari -50dan + 1000 0C gacha, qisqa muddatli oichovlarda esa 1300 0C gacha.
    Xromel-kopelii termoelektrik termometrlar (TXK turi). ElektTodlarning diametri 0,7 dan 3,2 mm gacha. Xromel-kopel termoelektrik termometrlari boshqa standart termoelektrik termometrlaming termo-EYuKidan sezilarli darajada yuqori boigan termo-EYuK hosil qiladi. Kopel elektrodining past issiqlik qarshiligi (56% mis va 44% nikel qotishmasi) termoelektrik termometrlardan foydalanishning yuqori chegarasini cheklaydi. Xromel-kopelii termoelektrik termometrlardan foydalanish diapazoni - 50 dan 600 0C gacha.



    3 – rasm. Termojuftning tuzilishi, tarkibiy qismlari va ko‘rinishi. 1 – sezgir element (termojuft); 2 – berkitish va mahkamlash gaykasi; 3 – termoelektrik o‘zgartgichining o‘lchov boshchasi; 4 – nazorat o‘lchov asbobi bilan sezgir element (termojuft) orasidagi bog‘lanish joyi; 5 – texnik yo‘riqnoma va ma’lumoti.

    Agar sovuq spayni haroratini doimiy ta’minlab turilsa, u holda termoEYUK faqatgina termoo‘zgartgichning ishchi oxirini qizdirish darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Haroratning mos birliklarida o‘lchov asbobni darajalash imkonini beradi. Darajalangan qiymatdan erkin uchlar haroratini og‘ishi 0 0C ga teng, ikkilamchi asbobni ko‘rsatgichi mos to‘g‘irlashga kiritiladi. Erkin uchlar harorati to‘g‘rilash qiymatini bilish uchun hisobga olib boriladi. Termoo‘zgartgichning erkin uchlarini o‘zgarmas harorat zonasiga kiritish uchun solishtirma termoelektrodli similar xizmat qiladi Ular termoelektrik termoo‘zgartgich termoelektrodlari bir xil bo‘lishi kerak. Kompensatsion o‘tkazgichni tanlashni 2 usuli mavjud Birinchi usuli – termoEYUK ga ega bo‘lgan mos elektrodlar juftida sim tanlanadi. U shunday hollarda qo‘llaniladiki, aniqligi oshirilgan o‘lchash amalga oshiriladi.


    Termojuftliklar quyidagicha farqlanadi:

    • o‘lchanadigan muhit kontakt usuliga ko‘ra – yuklangan, yuzaki;

    • ekspluatatsiya shartlariga ko‘ra – statsionar, ko‘chma, bir marotaba, ko‘p marotaba va qisqa vaqt foydalaniladigan;

    • atrof muhitni ta’siridan himoyasiga ko‘ra – odatiy, suvdan himoyalangan, agressiv muhitdan himoyalangan, portlashga xavfsiz, va boshqa mexanik ta’sirlardan himoyalangan;

    • o‘lchanadigan atrof – muhitni germetikligiga ko‘ra – nogermetik va germetik;

    • termopara soniga ko‘ra – yakkali, juftlik va uchtalik;

    • zond soniga ko‘ra – bir zondli va ko‘p zondli.

    Termoelektrodlarni mexanik shikastlanishlardan va tajovuzkor harakatlardan himoyalash maqsadida, shuningdek, texnologik qurilmalarga o‘rnatishda qulay bo‘lishi uchun himoya armaturalaridan foydalaniladi. Qo‘llanilish sohasiga bog‘liq ravishda armaturalar materiali har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda material sifatida yuqori legirlangan po‘lat va yemirilishga bordoshli, temir asosidagi issiqlikka chidamli qotishma, nikel, xrom va alyuminiy qo‘shilgan, kremniy va marganetsdan foydalaniladi.


    Sinov savollari

    1. Termojuftga ta’rif bering.

    2. Kontakt potensiallar ayirmasining hosil bo`lish sabablarini tushuntiring.

    3. Termoparalarda temperaturani o`lchashning odatdagi termometrlardan qanday afzalliklari bor?

    4. Termoelementlarning ishlatilish sohalarini asoslang.

    5. Nima uchun termojuft kontaktlarida temperatura bir xil bo`lsa, termo-EYuK nolga teng bo`ladi?

    6. Zeebek, Pel’te va Tomson effektlarini tushuntiring.



    Download 313.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 313.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termoelektrik termometrlarning xarakteristikalari

    Download 313.19 Kb.