Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi




Download 1,45 Mb.
bet1/2
Sana08.01.2024
Hajmi1,45 Mb.
#132661
  1   2
Bog'liq
4-mavzu. Taqdimotlar bilan ishlash texnologiyasi.


Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari.
Power Point dasturi
Reja:
  • Taqdimot haqida tushuncha
  • MS Power Point dasturi
  • MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish

  • Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni
    o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson
    hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan.

Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd
- bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va
tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat.
Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.
Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan
tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.
MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur
tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan
tartibda joylashtirish.
Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Tarixi
Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi.
1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.

Download 1,45 Mb.
  1   2




Download 1,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi

Download 1,45 Mb.