• Tayanch iboralar va tushunchalar
  • II. MOLEKULALARNING TUZILISHI




    Download 8.05 Mb.
    bet9/248
    Sana27.07.2021
    Hajmi8.05 Mb.
    #16143
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   248
    II. MOLEKULALARNING TUZILISHI

    Ma‘ruza rejasi

    2.1. Molekula tuzilishiga oid umumiy ma‘lumotlar.

    2.2. Kvant nazariyasi.

    2.3. Kvant mexanika nazariyasi.

    2.4. Shredinger tenglamalari.

    2.5. Ossilyator va rotator sistemalari.


    Tayanch iboralar va tushunchalar

    Molekula, kvant, kvant nazariyasi, kvant mexanika nazariyasi, faza to’lqini, atom orbitali, bosh kvant son, magnit kvant son, spin kvant son, ossilyator, rotator.


    Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5.
    2.1. MOLEKULA TUZILISHIGA OID

    UMUMIY MA‘LUMOTLAR

    Atomlardan molekulalаrning hosil bo’lish masalasi, molekulalalarning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish tabiati fizikaviy kimyodagi eng muhim muammolardan birini tashkil etadi. Atomning murakkab strukturasi aniqlangandan so’ng, valentlik tushunchasining ma‘nosi ochilgandan keyin bu masalalarni yechish yuzasidagi ishlar ancha ilgarilab ketdi. XIX asrning boshlarida kimyoda elektroliz jarayonlarning o’rganish natijasida valentlik kuchlarining elektr tabiati to’g’risidagi tasavvurlar vujudga keldi. Katodda ajraladigan elementlar musbat zaryadga va musbat valentlikka, anodda ajraladigan elementlar esa manfiy zaryadga va manfiy valentlikka ega bo’lishi aniqlandi.

    Masalalarni bunday qo’yilishi organikaviy kimyoga to’g’ri kelmasligi ma‘lum bo’ldi. Organikaviy birikmalar kimyosining asosi sifatida organik kimyoning asosiy elementlari, uglerod, kislorod, vodorod va boshqalarga xos doimiy valentlik tasavvurlari qo’yiladi. Bu holatni taraqqiy etdirib, Rossiya olimi A.M. Butlerov XIX asrning 60 – yillarida organikaviy birikmalarning tuzilishi to’g’risida o’zining struktura nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga muvofiq har qanday turdagi molekula muayyan turdagi bog’lanish orqali atomlardan tashkil topadi. Atomlarning fazoda turlicha joylashishi natijasida hosil bo’lgan molekulalar xossalari jihatidan bir – biridan farq qilishini aniqladi.

    Har qaysi organikaviy birikma uchun atomlar turi, soni va bir – biriga nisbatan joylashuvini tasvirlovchi yagona ratsional formulani keltirib chiqarishi mumkin. A.M. Butlerovning organikaviy birikmalarning tuzilish nazariyasi keyinchalik o’z taraqqqiyoti natijasida organikaviy kimyoning butun asosini tashkil etdi. Lekin organikaviy birikmalardagi kimyoviy bog’lanish mohiyati faqat XX asrda tushuntirib berildi.

    XIX asrning oxiriga kelib ikki turdagi kimyoviy bog’lanish va ikki turdagi kimyoviy birikmalar mavjudligi aniqlandi. Birinchi turdagi molekulalarda atomlar har xil turdagi zaryadga ega bo’ladi, boshqa turdagi birikmalarda esa zaryad bo’lmaydi. Birinchi turdagi birikmalarga geteropolyar, ikkinchi turdagilariga – gomepolyar birikmalar deyiladi.

    Molekulalar tuzilishi to’g’risida ta‘limot va kimyoviy bog’lanish tabiati XX asrda o’z taraqqiyotini davom ettirdi. Kimyoviy bog’ning vujudga kelishida bir atomdan ikkinchisiga elektron o’tishi yoki atomlar orasida elektronlar siljib elektron juftlab hosil qilishi ma‘lum bo’ldi. Elektronlarning joy almashinuvi, u yoki bu kimyoviy bog’ning vujudga kelishi elektronga moillik kattaligi va atomlarning elektr manfiyligi nisbati bilan aniqlanadi.




    Download 8.05 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   248




    Download 8.05 Mb.