|
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni
|
Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 17,91 Kb. | | #250245 |
Bog'liq hamidov ildus tarbiya qonuniyatlari
Tarbiya jarayoniningmohiyati va mazmuni
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot -yo xalokat, yo saodat - yo falokat masalasidur» .
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda ta'lim oluvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali"ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash; ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shuningdek u insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim bo'lishi, insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma".
Tarbiya qonuniyatlari
Tarbiya texnologiyasida tarbiya jarayoni, mazmun va mohiyatidan kelib chiqib belgilangan vazifalarni o‘qituvchi amalga oshirishi uchun uning o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyaning eng muhim qonuniyatlaridan biri aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lgan bir sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon shaxs ongi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi .yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligi talab etiladi.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligidir. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. , ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni tarbiyalashda ta’lim muassasasi yetakchi o‘rin egallasa ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar belgilangan ma’lum muddatda ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, , yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasai o‘qituvchilari ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar. Ayni vaqtda, respublikamizda o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, suhbatlar o‘quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni
|