- chizma. Tarbiya qonuniyatnini modellashtirish




Download 35,8 Kb.
bet2/13
Sana26.06.2024
Hajmi35,8 Kb.
#265848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini modellash

19 - chizma. Tarbiya qonuniyatnini modellashtirish


O‘qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning barkamol inson darajasida shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatini anglagan holda modellashtiradi. Ushbu modellashtirilgan mohiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy muhitda kishilar bilan o‘zaro munosabatlar darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilanadi. Modellashtirish asosida o‘qituvchi quyidagi zamonaviy tarbiya mazmunining tamoyillarini belgilab oladi:
1. Maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq yosh avlodni tarbiyalashda aniq maqsadlar belgilab olindi. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ko‘rsatilgan vazifalarga asosan tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikrga ega bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa – bo‘lajak kadrlar salohiyatini har tomonlama yuksaltirish, ularda madaniyat va ma’naviyat unsurlarini shakllantirish, ya’ni, har bir shaxsning kasbiy bilimlarni puxta egallashda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy jihatdan ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdir.
2. Birgalikdagi faoliyat. O‘qituvchilar o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunalarini izlashi, shu asosda tarbiyaviy faoliyatni hayotiy me’yor va qadriyatlar bilan mutanosibligini ta’minlashi, o‘quvchilarning tarbiyaviy dunyosiga chuqur kirib borib, o‘zaro yaxshi munosabatlar asosida ularning axloqiy tafakkurini shakllantirishi lozim. O‘qituvchining pedagogik mahorati, tarbiyaviy faoliyatda doimo o‘rnak bo‘lishi o‘quvchilar faolligini ta’minlaydi. Zero, dunyoqarashi hali mukammal shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchilarning ma’naviy dunyosi, hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari ulkan tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.
3.O‘z-o‘zini anglash. Barkamol avlodni tarbiyalashdan asosiy maqsad, yoshlarda e’tiqod, demokratik qarashlar va ijtimoiy hayotda o‘z mustaqil fikriga va mustahkam pozitsiyasiga ega bo‘lish shakllantiriladi. Insonning hayotda o‘z-o‘zini anglashi, tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri sanaladi. O‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy hayoti va faoliyatlarini subyekt sifatida e’tirof etib, o‘z-o‘zlarini qanday anglashi bilan tavsiflanadilar. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi muhim ahamiyatga egadir.
4. Iroda erkinligi. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi tomonidan oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilar ma’naviyatini boyitadi. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqishini, faoliyatini, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini his etishini, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini anglab, uni takomillashtirib borsa, o‘quvchida yuksak iroda va erkinlik tuyg‘ulari shakllanib boradi.
5. Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya barcha ta’lim muassasalari amaliyotining markaziy nuqtasida o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlar dasturida, turli tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan tadbirlarda, tarbiyaning shakl, metod va vositalarida asosan o‘quvchi shaxsi turganligini anglatadi. Tarbiyaviy jarayonda uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari modellashtirish asosida rivojlantirilib boriladi.

6. Jamoaning ta’siri. O‘quvchilarda barkamol insonga xos xususiyatlar avvalo sinf jamoasida rivojlantiriladi. Sinf jamoasining tarbiyaviy ta’siri ostida o‘quvchining bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari qaror topadi, jamoa yordamida o‘quvchi har tomonlama kamolotga erishadi, dunyoqarashi shakllantiriladi, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ulari rivojlantirilib boriladi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarni modellashtirilishi yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega:
Tarbiya mazmunining mukammal belgilangan qonuniyatlari mavjud bo‘lib, u asrlar davomida har bir davrning talablariga mos ravishda takomillashtirilib kelingan. Tarbiya mazmunida tarbiyalanuvchining yoshi va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab belgilangan tarbiyaviy maqsad va vazifalarga muvofiq ular tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda axloqiy sifatlari mujassamlashgan.
O‘quvchini yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy jarayonlarning nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqtiradi. Ushbu tarbiyaviy faoliyatlarning har birini oqilona, jamiyat taraqqiyoti va milliyligimizga xos ravishda modellashtirib o‘quvchilar ongiga singdirish kerak.



Download 35,8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 35,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- chizma. Tarbiya qonuniyatnini modellashtirish

Download 35,8 Kb.