Tarbiyaviy tadbirlar va ularni o‘tkazish metodikasi. Tarbiyaviy tadbirlarga ssenariy yozish. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli




Download 88.5 Kb.
bet1/6
Sana11.05.2023
Hajmi88.5 Kb.
#58652
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbirlar va ularni o‘tkazish metodikasi Tarbiyaviy
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob, Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishi, Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi, boyitish fabrikalari, Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, 4-Ma’ruza Tok transformatorlari. Vazifasi. Aniqlilik darajasi. C-fayllar.org

TARBIYAVIY TADBIRLAR VA ULARNI O‘TKAZISH METODIKASI. TARBIYAVIY TADBIRLARGA SSENARIY YOZISH.


Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli
Mustaqillikka erishilgandan keyin ta’lim tizimida qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlarimizdan biri bu – milliy tarbiyaga e’tiborning kuchayganidir.
Bunda, shubhasiz, umuminsoniy, milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarni umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarig shakl va ko‘rinishlarda o‘rgatish mumkin, degan muammo ham o‘rtaga qo‘yildi. Unda, asosan, milliy qadriyatlardan sharqona tarbiya mazmunini tanlash, tarbiyaviy mohiyatini belgilash, axloqiy natijalariga erishish yo‘llarini belgilash, pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashga e’tibor qaratilmoqda.
Biz boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvolini bilish maqsadida maktablarda tarbiyaviy ishlarni qanday tashkil etilganligiga e’tiborni qaratdik. Asosiy ma’lumotlar Qarshi tumanidagi 25-o‘rta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim sinf o‘qituvchilaridan olindi: tadqiqotlarda jami 8 nafar o‘qituvchi va 63 nafar o‘quvchi qatnashdi. Tadqiqotlar o‘quvchilar ta’lim olayotgan davr, ikki yil davomida ham o‘tkazildi. Tadqiqotlarni o‘tkazishda ekspertlar sifatida oliy o‘quv yurtlarining professor- o‘qituvchilari jalb etildi. Tajriba-sinov ishlari avvalida boshlang‘ch sinf o‘qituvchilarining faoliyatini kuzatdik. Ularning tarviyaviy ish rejalari, turli sinfga oid hujjatlar bilan tanishdik hamda biz tanlagan mavzuga o‘qituvchilarning munosabatlarini aniqlashga harakat qildik. Tajriba-sinov ishlari davomima kuzatish, og‘zaki so‘rov, test kabi ilniy tadqiqot metodlaridan foydalandik. Dastlab o‘qituvchilar bilan og‘zaki so‘rovlar o‘tkazib, ularning tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga oid tushunchalari, bilimlarini aniqlashga harakat qildik. O‘qituvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qildik. (Ilova-1) Tashkil etilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, o‘qituvchilarning biz tanlagan mavzuga nisbatan munosabatlari ijobiy va unga qiziqishlari yuqoridir. Berilgan savollarning ayrimlariga o‘qituvchilar aniq javob berishga harakat qilishdi. Masalan, “Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda sizga nimalar manba bo‘lib xizmat qiladi”, “Tarbiyaviy ish rejani tuzayotganda nimalarga ko‘proq e’tibor ahamiyat berasiz”, “Faoliyatingiz jarayonida kasbdoshlaringiz tarbiyaviy ishlarini tahlil qilganmisiz, ularning kamchilik va yutuqlari nimada deb o‘ylaysiz?”, “Tarbiyaviy ishlarga doir faoliyatingizni kim nazorat qiladi ?” kabi savollar shular jumlasidandir. Ammo biz tanlagan mavzuning eng dolzab savollaridan bo‘lgan “Tarbiyaviy ishlarni texnologoyalashtirish deganda nimani tushunasiz?”, ”Pedagogik texnologiyalar tushunchasiga ta’rif bering?” savollariga o‘qituvchilar aniq javob qaytara olishmadi. Vaholanki, o‘qituvchilar pedagogik texnologiyalarning ko‘plab turlarini dars jarayonida qo‘llab kelmoqdalar. Ammo kuzatish va javoblardan ma’lum bo‘lishicha o‘qituvchilar tarbiyaviy tadbirlarda pedagogik texnologiyalardan muntazam foydalanmaydilar. Shu bois ular bu savollarga aniq javob qaytara olishmadi. “Bir o‘quv yilida necha marta tadbir tashkil etasiz?” savoliga o‘qituvchilarning ayrimlari, bir marotaba-degan javobni qaytarishgan bo‘lsa, “O‘quvchilaringiz bilan sayohatlar tashkil etasizmi, uhda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratasiz?” savoliga o‘qituvchilarning ba’zi birlari umuman sayohatlar tashkil etmasligini, ayrimlari esa ikki yilda bir marotaba –degan javobni qaytarishdi.
Yuqoridagi javoblar tahlilidan ko‘rish mumkinki, ayniqsa tarbiyaviy ishlarda pedagogik tehnologiyalardan foydalanish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Zero, pedagogik texnologiyalar nafaqat tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi, balki o‘qituvchilarni ijodkorlik sari chorlaydi. Shuningdek, bizningcha boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy tadbirlarning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularda o‘quvchilar zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan ishtirok etishadi. Shu bois tadbir turini tez-tez yangilab borish yoki uning mazmunini boyitib borish darkor bo‘ladi. Bir hil mazmundagi tadbirlar ham o‘quvchilarda zerikish holatlarini paydo qiladi. Alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, maktablarda tarbiyaviy tadbirlarning eng oqsayotgan turi bu – sayohatlardir. O‘qituvchilar bilan sayohatlar yuzasidan olib borilgan suhbat ham bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tishimiz joizki, sayohatlar sinf rahbarlari tomonidan bir o‘quv yilida kamida bir marotaba tashkil etilishi lozim edi. O‘qituvchilar bu masalaga o‘z foliyatlari jarayonida suskashlikka yo‘l qo‘ymoqdalar. Ayniqsa, tarixiy obidalar, o‘lkashunoslik muzeylari, tabiat qo‘yniga uyushtiriladigan sayohatlar shular jumlasidandir. Bunda o‘qituvchilar ayrim sabablarni ko‘rsatdilar, to‘g‘ri o‘qituvchilarning bu borada imkoniyatlari ham cheklangandir, ammo Qarshi shaharidagi maktab o‘quvchilarini sayohatlarga olib chiqishning to‘la imkoniyati mavjud. Shahar ichida joylashgan tarixiy obida, madrasa va masjidlarni o‘quvchilarga ko‘rsatish va ularning tarixini so‘zlab berish bizningcha har tomonlama foydalidir. Qishloq joylaridagi maktablarda ham o‘qituvchilar maktab ma’muriyati, ota-onalar bilan kelishgan holda sayohatlarni tashkil qilishlari mumkin. O‘qituvchilar bilan olib borilgan og‘zaki suhbat tahlili natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, biz tadqiqot olib borayotgan maktablarda tarbiyaviy ishlarni sinf rahbarlari baholi qudrat tashkil etib kelmoqdalar. Ularning tarbiyaviy ish rejalari va uning muddati, mas’ul shaxslar qayd etilgan bo‘lim misolida buni ko‘rish mumkin. Ammo alohida ta’kidlashimiz joizki, sinf rahbarlari pedagogik texnologiyalarning tadbirga mos turlarini tanlab, ulardan foydalansalar nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Biz tajriba-sinov ishlarini davom ettirib, tanlagan maktablarning 4-sinf o‘quvchilariga test savollari bilan murojat qildik. Albatta bunda biz o‘quvchilarni qanday tarbiyaviy tadbirlarga qiziqishlari yuqori ekanini bilishga qiziqdik. Test savollari quyidagicha edi. (Ilova-2). Test natijalari tahlili natijalaridan ko‘rish mumkinki, o‘quvchilar tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etishni juda hohlaydilar va ulardan katta zavq oladilar. 1-test savoliga o‘quvchilarning ko‘pchiligi sayohatlarni belgilashgan. Bundan ko‘rinadiki, maktablarda sayohatlar kam tashkil etiladi, shu bois o‘quvchilar sayohatlarda qatnashishni hohlaydilar. 2-test savoliga esa o‘quvchilar barchasi “G” javob variantini belgilashgan. Demak, milliy bayramlarimizning barchasi o‘quvchilarga birdek manzur, desak xato bo‘lmaydi. 3-savolga o‘quvchilarimizning ko‘pchiligi Navro‘z qanday bayram ekanini to‘g‘ri belgilashgan. Umuman olganda, test natijalarining tahlili ijobiy. Ammo tarbiyaviy ishlarning ba’zi turlariga maktablarda kam e’tibor berilmoqda. Sayohat, ko‘rik-tanlov shular jumlasidandir.
Amaliyotdagi holat natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktablarda tarbiyaviy ishlar qoniqarli ahvolda, ammo ularni zamon talablari darajasida tashkil etishga kam e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, tadbirlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi past darajada ekanligi kuzatildi. Bu borada o‘qituvchilarning mas’uliyati va ijodkorligini o‘stirish davr talabi ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, o‘qituvchilarni pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish zaruriyati ham mavjuddir.


Download 88.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 88.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiyaviy tadbirlar va ularni o‘tkazish metodikasi. Tarbiyaviy tadbirlarga ssenariy yozish. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli

Download 88.5 Kb.