53
mumkin, o‗tirib olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi
bo‗ladi. O‗yinni istagancha vaqt davom ettirish mumkin.
Bu o‗yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham o‗ynash mumkin.
Bu o‗yin ham yuqorida ta‘riflangandek o‗ynaladi, faqat
farqi - bir oyoqda sakrab
yugurgan o‗yinchi tutilmaydi.
Havolar sovib, qish faslining kirib kelishi bolalar o‗yinlariga ham ta‘sir etgan.
Havoning sovuqligi bolalarni keng maydonlarda, hovlilarda, erkin o‗yinlar
o‗ynashlariga imkon bermagan. Shunday holatda ham bolalar o‗yinlarni tark
etmaganlar. Endi bolalar o‗yinlari issiq
sandallar va pechlar atrofida, ya‘ni uylar
ichida o‗ynala boshlagan. Shunday o‗yinlarga ―Ip olish‖, ―Avak-duvag‖, ―Ko‗z
boylari‖, ―Guldur-gup‖, ―Par‖ kabi o‗yinlarni o‗ynashgan.
“Ip olish” o„yini
―Ip olish‖ o‗yini vohaning barcha etnik guruhlarida uchraydigan bolalar o‗yini
bo‗lib, voha qozoq va qoraqalpoqlarda ―Qo‗l tuzoq‖ deb ataladi. Vohada yoz faslida
soya
salqin supalar
112
ustida o‗tirib bu o‗yin o‗ynalgan. Gilam to‗qishda
foydalaniladigan ipdan keraklicha olinib, ikki uch boylangan
va barmoqlar orasidan
o‗tkazilib, turli naqshli ko‗rinishni yuzaga keltirganlar. O‗yinda asosan ikki-uch bola
ishtirok etadi. Barmoqlari orasida tuzoq yasagan bolaning qo‗lidan ikkinchi bola shu
ipni ko‗rinishini buzmasdan barmoqlari bilan olishi kerak bo‗ladi. O‗yin shu tarzda
almashinib o‗ynalgan. O‗yin bolalarni o‗z aqllarini ishlatishga undagan.