56
tashqari, marosimiy o‗yinlar bolalarni o‗z
xalqi tarixi, madaniyati, san‘ati haqida
chuqurroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
O‗zbek xalq o‗yinlari xususiyatlariga ko‗ra quyidagicha tasniflanadi:
• ov o‗yinlari (Gang, Jambil, Lappak, Oshiq, Xappak, Chirg‗izak va boshqalar);
• cho‗pon o‗yinlari (Tuptosh, Ko‗tarma tosh, Echki o‗yin, Cho‗pon va shoqol,
Qadama tayoq, Chillik, Podachi, Chanta, Chuv-chuv va boshqalar);
• hunarmandchilik oʻyinlari (Dandarak, Charxpalak,
Besh barmoq, Paqilloq,
Lanka, Chig‗iriq, Uzuk soldi, Varrak, Sartarosh va boshqalar);
• qishloq xoʻjaligi oʻyinlari (Palaxmon, Jon burgam, Somon sepdi, Chanoq
o‗yin, Shaftoli shakar, Qo‗riqchi va boshqalar);
• taqlid o‗yinlari (Hola-hola, Topaloq,
Kim oladi-yo, Ayiq o‗yin, Xo‗roz
urishtirish, Oqsoq turna, Bosari, Asalari, G‗ozlar va boshqalar);
• harakatli o‗yinlar (Chunka shuvoq, Chim otish, Kim tez, Xurkach, Tufaloq,
Chori chambar, Mushuk-sichqon, Yog‗och oyoq, Durra solish, Halinchak va
boshqalar);
• so‗z o‗yinlari (Kim chaqqon, Bolqon-bolqon, Botmon-botmon, Juftmi-toq, Ok
quyonim alomat, Ok terakmi, ko‗k terak, Pirr qildi va b.);
• Yigʻilish oʻyinlari (Gap-gashtak, To‗piq o‗yin,
Podsho-vazir, Podsho-o‗g‗ri
va boshqalar);
• xalq kurashi va unga oid oʻyinlar (Milliy kurash, Polvonbozlik, Yelkada
kurash, Belbog‗li kurash va boshqalar);
• chavandozlar oʻyini (Chavgon, Uloq-koʻpkari, Piyoda poyga,
Oltin qovoq,
Shogʻuloq, Qiz quvish, Eshak mindi va b.).