57
biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga
mansub boshqa arxeologik
topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu
noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham Kurash ajdodlarimiz turmush
tarzining bir qismi bo‗lganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III
asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu
hududda umr kechirgan sak
qabilasi qizlari o‗zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik
qizlar kuyovni shart ko‗yish yo‗li bilan aniqlashgan va bu shartda Kurash musobaqasi
bo‗lgan. Bunga o‗zbek xalq qahramonlik dostoni - «Alpomish»dagi Barchin
shartlarini misol qilib ko‗rsatish mumkin. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan:
«Kurashning turlari ham bor Ulardan biri ikki kurashuvchining biri o‗z raqibining
belbog‗idan ushlab o‗ziga tortadi, shu bilan birga o‗z raqibidan qutulishning chorasini
qiladi...». Bu ta‘rif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir.
Shuningdek, Mahmud
Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti
Pahlavon Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «Badoye‘ ul-vaqoye‘», Husayn Voiz
Koshifiyning «Futuvvat-nomai sultoniy», Zahiriddin Muhammad Boburning
«Boburnoma» asarida Kurash hakida qimmatli ma‘lumotlar bor.
IX-XVI asrlarda
Kurash xalq o‗rtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq
polvon qabilar Kurash dovrug‗ini oshirishgan.
115
O‗zbek xalq yakka kurashining belbog‗li kurash deb nomlangan turi ham bor.
Unga ham taalluqli ko‗plab arxeologik topilmalar va tarixiy qo‗lyozmalar mavjud.
Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qadimgi Mesopotamiya hududidan topilgan
haykalchada belbog‗li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan.
Xitoyning qadimgi «Tan-shu» qo‗lyozmasida Farg‗ona vodiysida to‗ylar, sayllar
Kurash musobaqalarisiz o‗tmasligi yozilgan.
Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi anʼanaviy bayramlar, toʻy-
hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan koʻngil ochish va dam
115
Umirov Sh.B. Kurash sport turi tarixi // Academic Research
in Educational Science, Volume 3, Issue 4, 2022. - B.
1272-1277. DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-1272-1277
58
olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash koʻngil ochish vositasidan
mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq
orasida maʼlumu-mashhur boʻlib, ular haqida afsonalar toʻqila boshlandi. XII asrda
yashab oʻtgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri
ziyoratchilarning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. XIV
asrda insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan tengi yoʻq sarkarda va davlat arbobi Amir
Temur oʻz askarlarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarligini
oshirish maqsadida
kurashdan foydalangan. Maʼlumki, Amir Temur armiyasi zamonasining eng qudratli
va yengilmas qoʻshini hisoblangan.
116
Vaqt oʻtishi bilan kurash zamonaviy Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi
aholining eng sevimli va ardoqli anʼanalaridan biriga aylandi. Shu maʼnoda kurash
oʻzbeklarnng qon-qoniga singib ketgan, deb aytish mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu sport
turiga boʻlgan muhabbat otalardan bolalara meros sifatida oʻtib keladi.
Bugungi
kunga kelib birgina Oʻzbekistonda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchilarning
soni ikki milliondan ortgan. Ushbu sport ishqibozlari va havaskorlarning soni esa
behisobdir.
Janubiy minqatada ham kurash azaldan sevimli mashg‗ulot, sport turi, marosim
qismi hisoblangan. Bolalar yoshlikdan to‗y marosimlari,
turli sayllar va xalq
bayramlarida kurash bo‗lishini kutadilar. Ular ham 4-5 yoshdan boshlab tegdoshlar,
aka-ukalar va mahalladagi boshqa bolalar bilan kurash-kurash o‗ynashni mashq
qilganlar.