59
Bu tarixiy qo‗lyozmalarda o‗z ifodasini topgan. Maxmud Qoshg‗ariyning ―Devonu
lug‗otit turk‖, Yusuf xos Hojibning ―Qutadg‗u bilig‖, Abdurazzoq Samarqandiyning
―Majlai sa‘dayn va majmai Bahrayn‖, Zahiriddin Muhammad Boburning
―Boburnoma‖ asari va boshqa manbalarda Chavgon o‗yiniga
oid kimmatli
ma‘lumotlar bor. Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning ―Shohnoma‖, unsur
almaoliyning ―Qobusnoma‖ asarlarida Chavgon o‗yini mufassal berilgan. XVI asr
miniatyura maktabiga mansub noma‘lum musavvirning ―chavgon o‗yini‖
asarida bu
o‗yinning qizg‗in lahzasi tasvirlangan.
Abu Abdulloh Rudakiy, Abdurahmon Jomiy,
Alisher Navoiy Chavgon
o‗yinidan ilhomlanishgan va ajib o‗xshatishlar yaratishgan. Bu an‘ana Sharq
adabiyotida hamon davom etib keladi. Yozuvchi Primqul Qodirovning ―Humoyun va
Akbar‖ tarixiy romani Boburiy malikalarning Chavgon o‗yiniga tayyorgarligini
tasvirlashdan boshlanadi. Tarixiy
manbalarda yozilishicha, Chavgon o‗yini aynan
Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalashgan. 1850 yilda Hindistonda
xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari Chavgon o‗yiniga qiziqib qolishgan va
dastlabki musobaqalarni o‗tkazishgan.
117
1871 yilda Buyuk Britaniyada Chavgon (Polo) musobaqasi tashkil qilingan.
Shu
tariqa Chavgon oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900,
1904, 1920, 1924 va 1936 yillarda bo‗lgan Olimpiada o‗yinlari dasturidan ham joy
olgan. Zamonaviy Chavgon o‗yini (hozirgi ko‗plab davlatlarda ―Polo‖ deb ataladi)
maydonning o‗lchami 274×182 metr, yog‗ochdan tayyorlanadigan to‗pining diametri
8 santimetr, og‗irligi 120–135 gramm, ikki yondagi darvozalarining eni 8 metrdan,
o‗yin vaqti 56 minut (7 minutdan 8 bo‗lim). Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4
tadan otliq o‗yinchi qo‗llaridagi uchi egri tayoq (klyushka) yordamida to‗pni
raqib
darvozasiga kiritishga harakat qiladi. O‗yinchilarga uchrashuv davomida otlarini
117
Mo‗minov A.
https://milliycha.uz/chavgon/
(Foydalanilgan sana: 20.01.2023)
60
o‗zgartirishlariga ruxsat etiladi. Hozirgi kunda Chavgon o‗yini Fransiya, Argentina,
AQSh, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan.
118
O‗zbekistonning janubiy mintaqalarida bolalar o‗rtasida ot bilan bog‗liq
mashg‗ulotlar ko‗pdir. Deyarli barcha marosimlarda chorvador aholi o‗rtasida
hayvonlar ishtirokisiz tadbirlar o‗tmagan. Sunnat to‗y va u bilan bog‗liq marosimlarda
ham to‗y bolani toyga yoki otga o‗tkazib
sayr qildirish, bu bilan uning kuchli va
chidamli bo‗lishini ta‘minlashga harakat qilingan.
Bolalar yoshlikdan ot parvarishi, bo‗sh vaqtlarda
ot minishni mashq qilish, ot
ustida turli amallarni bajarish, uloq-ko‗pkari o‗ynash, ot ustida turli o‗yinlar
o‗ynashni o‗rganganlar. Turli sayllar, to‗y marosimi vaqtida ko‗pkari o‗tkazish
qadimdan qolgan urf-odatdir. Bolalar
ham yoshlikdan bu poyga, ko‗pkari, otda
o‗yinlar o‗ynashni o‗rganib, jismonan chiniqib boradilar.