7
aʼnanaviy va zamonaviy bolalar oʻyinlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ta‘lim-
tarbiyaviy ahamiyati Qashqadaryo viloyati bolalar o‗yinlari qiyosiy tahlili asosida
ochib berildi;
so‗rovnoma natijalari asosida zamonaviy kompyuter va telefon o‗yinlari
nafaqat sog‗liq uchun, balki bolaning
ijtimoiylashuvi, erkin fikrlashi, oila va jamyat
a‘zolari bilan muloqoti uchun ham salbiy ta‘sir ko‗rsatib,
uning jismoniy va ruhiy
holatini zararlanishiga olib kelishi asoslab berildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta‘lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va
aqliy jihatdan rivojlantirish,
ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va
ehtiyojlarini qondirish, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga
sodiq holda voyaga etib borishni ta‘minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar
ta‘lim-tarbiyasiga
qo‗yilgan
davlat
talablariga
muvofiq
maktab
ta‘limiga
tayyorlashdan iborat.