• Uchinchidan
  • To„rtinchidan
  • Tarix fakulteti antropologiya va etnologiya kafedrasi




    Download 1.62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/41
    Sana05.08.2023
    Hajmi1.62 Mb.
    #78063
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
    Bog'liq
    PDF formatda BOLALAR O\'YINLARI (07.06.2023)

    Birinchidan, ilk ibtidoiy davrda kim ko‗p va tez meva zaxirasini yig‗sa, u to‗q 
    bo‗lgan. Bu o‗ziga xos musobaqani vujudga keltirgan; 
    Ikkinchidan, mohir terimchilar keksayib qolganlarida, ularga daraxt uchiga 
    chiqib, xatarli shoxlarda turib, meva terish qiyin bo‗lgan. Bolalarda esa, harakat-
    o‗yinlarga moyillik bo‗lgan.bundan foydalangan qariyalar bolalarga meva terishni ish 
    emas, balki o‗yin shaklida o‗rgatishgan; 


    17 
    Uchinchidan, ibtidoiy davrda urug‗ qabilalar o‗rtasida serhosil yerlarga egalik 
    qilish uchun o‗zaro to‗qnashuvlar yuz berib, oqibatda qurbonlar ko‗p bo‗lgan. Sekin-
    asta masalani tinch madaniy hal qilish yo‗llari izlangan. Vaqt o‗tishi bilan o‗lim bilan 
    tugaydigan janglar o‗rniga madaniylashgan sardorlar kurash olishuvlari vujudga 
    kelgan; 
    To„rtinchidan, qabilalar o‗z muammolarini janjal bilan emas tinch yo‗l bilan 
    hal qilish maqsadida qo‗shni urug‗ vakillari mehmonga chaqirgan. Inson tili 
    rivojlanmagan davrda mehmon va mezbonlar o‗z fikrlarini o‗yin raqs shaklida 
    ifodalashgan, degan fikr ilgari suriladi.
    36
    Yillar o‗tishi bilan xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlari va madaniyatidagi 
    tafovutlar muqarrar ravishda o‗z farzandlarining o‗yinlariga ta‘sir ko‗rsatib, ularni 
    ma‘lum ko‗rinishga olib keladi. Natijada bolalar o‗z milliy oyinlarini qancha ko‗proq 
    oynay boshlasa, uning milliy xarakteri shuncha kuchliroq namoyon bo‗la boshlaydi.
    37
    Shu bilan birga, o‗yinlar xalqlarning eng muhim xususiyatlarini saqlab qolish va 
    rivojlantirishga, 
    shuningdek
    o‗yinlar orqali avlodlar o‗rtasidagi aloqani 
    mustahkamlashga yordam berdi. Misol uchun, orolda o‗z davlatiga asos solgan 
    inglizlar jamoaviy birlikni rivojlantirish uchun aynan jamoaviy o‗yinlarni - futbol, 
    basketbol, regbini ixtiro qildilar. Bu o‗yinlar butun mamlakatni birlashtirish vazifasini 
    bajarib, hozir ham yosh avlod uchun jismoniy tarbiya dasturining ajralmas qismi 
    hisoblanib kelmoqda.
    O‗yin so‗zi keng ma‘noda - bayram, o‗yin-kulgi, dam olish tushunchasini 
    ifodalaydi. Xalq sayillari, bayramlari, o‗yinlarini birgalikda o‗tkazish nafaqat 
    ma‘naviy-madaniy birlashtiruvchi jihat, balki xalq hayotida kuchli tarbiya vositasiga 
    aylana bordi. An‘anaviy o‗yinlarning hayot tartibi va xo‗jalik hayotiga mos kelishi 
    kattalar dunyosini bolalarga 
    ochib berdi, dunyoqarashi, milliy 
    o‗zligini 
    shakllantirishga xizmat qildi. 
    36
    Qoraboyev U. O‗zbek xalq o‗yinlari – Toshkent: San‘at, 2001. - B. 6-7. 
    37
    Гессен С. И. Основы педагогики введение в прикладную философию. – М., ―Школа-Пресс‖, 1995., гл. III. 


    18 
    Yuqoridagilardan tashqari, o‗yinning yana bir tushunchasi bo‗lib, unga ko‗ra 
    uyda, aka-uka va opa-singillar, tengdoshlar va ba‘zan ota-onalar bilan jamoada 
    bolalarning o‗yinchoq bilan o‗yinashi ma‘nosi ham tushiniladi. 
    Bolalar o‗yinlarining tabiati, turlari va o‗ziga xos jihatlarining shakllanishiga 
    mavsum-iqlim sharoiti ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu sababli janubiy va shimoliy 
    mamlakatlarda yashovchi xalqlarning o‗yinlari sezilarli darajada farq qiladi. Bundan 
    tashqari, yozgi o‗yinlar tabiatan harakatchan va ochiq joylarda, qishki o‗yinlar, qoida 
    tariqasida, yopiq joylarda bo‗lib o‗tadi va asosan aqliy o‗yinlardan tashkil topadi.
    38
    Shu bilan birga, turli mamlakatlardan kelgan bolalar o‗yinlarida ham uslub, 
    ham syujetda juda ko‗p o‗xshashliklar mavjud. Turli mamlakatlar va davrlarning 
    bolalarida, atrof-muhit sharoitidagi farqlarga qaramasdan, ma‘lum bir yosh 
    darajalarida bir xil ―o‗yin instinktlari‖ uyg‗onadi. Masalan, turli xil narsalarni 
    uloqtirishga asoslangan o‗yinlar, qo‗g‗irchoq bilan o‗yinlar, urush yoki jang sahnasi 
    asosida qurilgan o‗yinlar, virtual o‗yinlar – ularning barchasi vaqt, geografik makon, 
    ijtimoiy qatlam, tabaqalar va madaniyat darajalari doirasidan tashqarida bo‗lgan 
    oyinlardir. Ya‘ni, bu kabi o‗yinlarning umumiy tashkil etuvchi o‗zagi o‗zgarmasdir.
    39
    Bir necha asrlardan beri mavjud bo‗lgan bunday millatlararo va zamonlararo 
    o‗yinlarni – universal o‗yinlar turiga kiritish mumkin.
    O‗g‗il bolalar va qizlarning o‗yinlari ham ma‘lum bir farqlarga ega. Bu borada 
    F.Frebelning fikrlari ahamiyatli bo‗lib, unga ko‗ra: ―Qo‗g‗irchoqlar o‗yinida va bu 
    o‗yin orqali o‗g‗il va qiz o‗rtasidagi ma‘naviy farq ochiladi... O‗gil bola kichik 
    yoshdan boshlab o‗z maqsadini – tashqi tabiat ustidan hukmronlik qilish va hamma 
    narsaning mazmuniga kirib borishni his qilgan holda o‗ynasa, qiz bolada tabiat va 
    hayotga g‗amxo‗rlik qilish hissi ustunroq bo‗ladi".
    40
    38
    Всеволодский-Гернгросс В.Н. См.: Игры народов СССР (1933) Всеславин В. Детские игры в Костромской 
    губернии // Учитель. 1863. -№ 18.-С. 929-931. 
    39
    V. Stern shu munosabat bilan (1915) 
    40
    Фребель Ф. Детский сад// Пед. соч.: В 2 т. — М., 1913. — Т. 2. — С. 185. 


    19 
    Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi va xalqning 
    madaniy an‘analari bilan chambarchas bog‗liq bo‗lgan holda, o‗yin jamiyat bilan 
    birga rivojlanadi. Unda tarixiy davrlarning o‗ziga xos xususiyatlari, ularda yosh 
    avlodni tarbiyalashning maqsad, mazmuni va usullariga nisbatan hukmron bo‗lgan 
    pedagogik qarashlar jiddiy iz qoldirib boradi. Har qanday o‗yin, bir hudududdan 
    boshqa hududga, bir sharoitdan boshqa sharotga tushib, rivojlanishi, yoki o‗zgarishi, 
    yoki umuman o‗yin sifatida yo‗q bo‗lib ketishi mumkin. 
    Ammo, inson faoliyatining boshqa turlari singari, o‗yin ham o‗z-o‗zidan paydo 
    bo‗lmaydi, balki bolaga qanday o‗ynashni biladigan odamlar tomonidan o‗rgatiladi. 
    Shu tariqa bola o‗yinni o‗zlashtiradi va boshqa o‗ynashni istagan odamlarni ham o‗z 
    o‗yin dunyosiga jalb qiladi. Yaqin vaqtgacha o‗yin xatti-harakatlari va o‗ynash 
    usullari bolalarga kattalar, ya‘ni ota-onalar, yaqin qarindoshlar yoki boshqa 
    o‗rgatuvchilar orqali etkazilgan. 
    O‗yinga tabiiy ravishda ―tortilish‖ bolani turli yoshdagi bolalardan tashkil 
    topgan muhitga, ya‘ni ko‗cha bolalari guruhiga kirganda sodir bo‗ladi. ―Yaxshi 
    o‗ynashni‖ biladigan katta yoshdagi bolalar kichiklarga buni o‗rgatishadi va ular o‗z 
    navbatida o‗yin tajribasini to‗plab, o‗yinning, o‗yin an‘analarining ―tashuvchisi‖ga 
    aylanadi. Biroq, o‗yin tajribasini o‗tkazishning bu usuli turli xil holatlar tufayli 
    zamonaviy bolalar jamiyatida deyarli butunlay yo‗qolib bormoqda. Chunki internet 
    muloqot va virtual o‗yinlarning ommalashuvi, bolalar o‗rtasidagi real muloqotni 
    kamayib borishiga sabab bo‗lmoqda.
    Barcha tarixiy davrlarda o‗yin bilan bog‗liq ravishda o‗yinchoqlar ham 
    rivojlangan. Xalq o‗yinlari qatorida milliy o‗yinchoqlar ham bolalar hayotiga kirib 
    borgan. Bu o‗yinchoqlar o‗zida bolalarning barcha qiziqishlarini aks ettirgan bo‗lib, 
    ular yordamida bola kundalik turmush ashyolari, hayvonlar, odamlar dunyosi bilan 
    tanishgan. Ba‘zan esa o‗yinchoqlar bilan bo‗gliq turli xayoliy holatlar o‗ylab topilgan. 


    20 
    Tarixiy ma‘lumotlarga asosan bolalarning aniqlangan birinchi o‗yinchog‗i 
    Qadimgi Yunonistonda paydo bo‗lgan shitirlatgich (погремушка) bo‗lgan. Turli xil 
    ovoz, tovush, shovqin chiqaruvchi o‗yinchoqlarga nisbatan ruhlarni bolalardan 
    haydab, uni himoya qiladi, degan ishonch bo‗lgani sababidan ham katta e‘tibor 
    qaratilgan. Ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanishi natijasida sekin-asta oddiy 
    mexanizmga ega o‗yinchoqlar paydo bo‗la boshladi. Diniy tasavvurlar ta‘sirida ularni 
    turli hayvon va qushlar, masalan, ―Timsoh‖, ―Yo‗lbars‖, ―Ayiq‖, ―Lochin‖ va 
    boshqalar timsolida yog‗och hamda loydan yasash ham keng tarqala boshladi. 
    O‗yinchoqlarda ham o‗zaro aloqadorlik, bir madaniyat ta‘sirini ikkinchisiga ko‗chish 
    holatini ko‗rish mumkin edi. Masalan, Qadimgi Misrning ―Xamir yoğurmachi‖ 
    o‗yinchog‗i keyinchalik rus ustalarining ijodida o‗z aksini topdi. Bunga misol sifatida 
    ―Temirchilar‖ yoki ―Daraxt arralayotgan ayiqlar‖ni keltirib o‗tish mumkin. Ya‘ni, 
    ularning harakat mexanizmi bir-birga juda o‗xshash. 
    Keyinchalik o‗yinchoqlarda otning timsoli paydo bo‗la boshladi. Bunday 
    o‗yinchoqlar qadimgi Yunonistonning bolalari tomonidan juda yaxshi ko‗rib 
    o‗ynalgan. Ularning aksariyati loydan yasalgan bo‗lib, ular o‗sha davr voqealarini 
    yoki turli hikoya hamda asotirlardagi voqealarni o‗zida mujassam etgan. Shunday 
    zaylda Troyani bosib olinishiga sabab bo‗lgan ulkan yog‗och otni takrorlaydigan 
    ―Troyan oti‖ oyinchog‗i paydo bo‗ldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, tarixan 
    o‗yinchoqlarni tuzilishi va ko‗rinishi diniy tasavvurlar, turli hikoya va asotirlar, 
    xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayoti ta‘sirida rivojlangan.
    O‗yinchoqlar orasida ―qo‗g‗irchoq‖ ham qadim zamonlardan, taxminan 4 ming 
    yil avval yasay boshlangan. Dastlab, ularni ko‗rinishi kiyimlarga o‗xshash geometrik 
    naqshlar bilan bo‗yalgan yupqa taxtalardan yasalgan qo‗g‗irchoqlar edi. Avvaliga ular 
    bolalar uchun mo‗ljallanmagan bo‗lib, o‗sha davrning dinniy tasavvurlari bilan 
    bog‗liq, marosim buyumi (атрибути) hisoblangan. Masalan, Qadimgi Misrda 
    aniqlangan eng qadimgi qo‗g‗irchoqlar dafn marosimida ishlatilgan sovg‗a bo‗lib, 


    21 
    o‗lgan odamning yolg‗izligini oldini olish uchun birga dafn etilgan. Misrliklar inson 
    ko‗rinishidagi qo‗g‗irchoqlar ularning taqdiriga ta‘sir qilishi mumkinligiga ishongan 
    va shu sababli dafn marosimlari ulardan keng foydalangan. Bu qo‗g‗irchoqlar 
    aksariyat holatlarda oyoqsiz yasalgan bo‗lib, misrliklar shu tarzda qo‗g‗irchoqni 
    qabrdan qochib ketishini oldini olgan. 
    Asta-sekin o‗yin uchun mo‗ljallangan qo‗g‗irchoqlar ham paydo bo‗la boshladi. 
    Ular loy, yog‗och, somon va boshqa materiallardan yasalgan. Shu tariqa ular bugungi 
    kungacha yetib keldi. Shunday qilib, o‗yinlar va o‗yinchoqlar uzoq vaqt avval paydo 
    bo‗lgan va insonning butun hayoti davomida unga hamroh bo‗lib, uning rivojlanishida 
    muhim rol o‗ynab kelmoqda. Hozirgi vaqtda ham xalq o‗yinlari va o‗yinchoqlar 
    nafaqat ijtimoiy-siyosiy va madaniy, balki pedagogik ahamiyatini ham saqlab qolgan. 
    Xulosa qilib aytganda, xalq o‗yinlarini tahlil qilish natijasida ular qanchalik 
    universal ekanligini aniqlash mumkin: o‗yinlar xotirani, kuzatishni, diqqatni, 
    jamoaviylikni, shuningdek, epchillik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantiradi. 
    Shunday qilib, xalq o‗yinlari zamonaviy pedagogika, ta‘lim va tarbiya, urf-odat va 
    marosimlarni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‗lgani uchun ham bugungi 
    kungacha saqlanib, qo‗llanib kelinmoqda. Ular zamonaviy o‗yinlarni inkor etmaydi, 
    balki ularni uyg‗un ravishda to‗ldiradi va umumiy maqsadga erishish, ya‘ni bolalarni 
    umumiy rivojlantirish, uni atrofdagi katta dunyoda keyingi hayotga tayyorlash 
    vazifasini bajaradi. 

    Download 1.62 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




    Download 1.62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix fakulteti antropologiya va etnologiya kafedrasi

    Download 1.62 Mb.
    Pdf ko'rish