|
Tarmoq administratorligi o’quv kursi kimlar uchun mo`ljallangan?
|
bet | 5/7 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #143814 |
Bog'liq tarmoq topologiyasiYulduz topologiyasi
Yulduz topologiyasining afzalliklari:
markaziy hub yoki tugun orqali tarmoqni markazlashgan holda boshqarish;
topologiyaga osonlik bilan yangi tugunni kiritish yoki olib tashlash imkoniyati;
bir kompyuter tugunining buzilishi qolganlarining ishiga ta’sir qilmaydi;
tarmoqdagi bо‘lgan uzilishni osonlik bilan aniqlash mumkin va muammoni osonlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.
Yulduz topologiyasining kamchiliklari:
markaziy nuqtadagi bо‘lgan uzilish butun topologiyaga ta’sir kо‘rsatadi;
markaziy nuqta sifatida router yoki kommutatordan foydalanish tarmoqni amalga oshirish narxini oshiradi;
yangi tugunni tarmoqqa qо‘shish markaziy tugunni imkoniyatiga bog‘liq bо‘ladi.
Shina topologiyasi
Shina topologiyasining afzalliklari:
shina tarmoqqa yangi tugunni qо‘shish juda ham oson;
amalga oshirishda kam xarajatlik;
kichik tarmoqlarda yaxshi ishlaydi;
yulduz topologiyaga qaraganda kam kabel talab etiladi.
Shina topologiyasining kamchiliklari:
yangi tugun kiritish kabelning uzunligiga bog‘liq;
asosiy kabeldagi biror buzilish butun tarmoq ishiga ta’sir qiladi;
kabelning har ikkala tomonida terminatorni bо‘lishi shart;
xizmat kо‘rsatish narxi yuqori;
yuqori tezlikdagi tarmoqlar uchun о‘rinli emas;
manbadan uzatilgan signalni barcha tugunlar qabul qilgani kabi, u tarmoqning xavfiszligiga ta’sir qiladi.
Bu topologiyada kompyuterlar kabelga BNC deb nomlangan maxsus ulagich yordamida ulanadi bu ulagichlar T ulagichlari deb ham tanilgan.
|
| |