|
Синфи
Энг кичик адрес
|
bet | 15/25 | Sana | 14.07.2023 | Hajmi | 0.64 Mb. | | #76742 |
Bog'liq Tarmoq komponentalari Ўзбекистонда қайси соҳалар ходимлари энг кўп коррупцияга қўл ураётгани маълум қилинди, BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITLARIDA KORXONALAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI ME\'YORIY HUJJATLARСинфи
|
Энг кичик адрес
|
Энг катта адрес
|
A
|
01.0.0
|
126.0.0.0
|
B
|
128.0.0.0
|
191.255.0.0
|
C
|
192.0.1.0
|
223.255.255.0
|
D
|
224.0.0.0
|
239.255.255.255
|
E
|
240.0.0.0
|
247.255.255.255
|
5.1.2-rasm. Adreslar raqamlari taqsimlanishi.
D sinf adreslari guruhiy uzatish(multicast) uchun ishlatiladi. Ye sinfi ilmiy maqsadlarda ishlatish uchun zahiralangan.
Agarda IP adresning barcha ikkilik razryadlari 1ga teng bo‘lsa (o‘nlik shaklda 255.255.255.255), u holda paket lokal tarmoqning hamma tugunlariga uzatiladi.
Tarmoq raqami va tugun raqami o‘rtasidagi egiluvchan chegarani yozilish shakli bo‘yicha IP adresga o‘xshash-maska ta’minlab beradi. Maska-bu 32 bitli ketma-ketlik bo‘lib, uning katta razryadlari birga, kichiklari nolga teng. Agarda maska IP adres bilan solishtirilsa, uning birlik bitlari bo‘yicha tarmoq raqamini, nolga teng bitlar orqali–tugun raqamini oson aniqlash mumkin. Maska va tugun raqami bitlari yordamida har qanday sinf adresida tarmoq osti uchun bitlarni osongina ajratsa bo‘ladi.
IP adresdan tashqari IP tarmoqdagi tugun o‘z unikal simvol nomiga(domain name) ega bo‘lishi mumkin, u kompyuter nomidan va kompyuterlar ierarxik guruhning (tashkilot, muassasa, mamlakatlarga muvofiq zonalar) domen nomlaridan tashkil topishi mumkin. Zona yohud domenlar «daraxt» shaklidagi ierarxik domen tizim nomlarini- DNS tashkil etadi. «Daraxt»ning uchida ildiz domen bor, keyin esa «daraxt» bo‘yicha boshqa pog‘ona domenlari –birinchi, ikkinchi va boshqalari kiritilgan. DNS nomlar DNS serverlarda saqlanadi, ular ma’lumotlarning taqsimlangan bazasini tashkil qiladi. Bazaning asosiy vazifasi tarmoq tugunining simvol domeni nomi asosida IP adresni taqdim etishdir. Bunday yondashuv IP tarmoqda ma’muriyat va boshqaruv jarayonlarini soddalashtiradi.
IP adreslarni taqsimlash. IP adreslarni markazlashtirilgan taqsimlanish bilan maxsus tashkilot –InterNIC(Internet Network Information Center) shug‘illanadi. Bugungi kunda A sinf adres resurslari tugagan va V sinf adreslarida yetishmovchilik(defitsit) mavjud. Bu tanqislik nafaqat Internet tarmog‘ining ahamiyatli o‘sishi bilan shartlangan, balki sabablaridan yana biri adreslarning noratsional ishlatilishidir. Bu muammo yechimining asosiy yo‘li –IPv6 protokolini yangi versiyasiga o‘tish, unda adres makoni ahamiyatli kengayadi, chunki adres maydon uzunligi 16 baytga teng.
|
| |