2-usul Kommutatorningmuhimliligi (priority) bo`yichaRootnitayinlash:
s panning-tree vlanvlan-id priority value - tarmoquchunasosiybo`lgankommutatorni (ildizkommutatorni) ko`rsatishuchunfoydalaniladi. Muhimliligi(priority) kichikkommutatorasosiykommutatorhisoblanadi. (masalan, spanning-tree vlan 1 priority 24576). Tarmoqdagikommutatorlardastlabkiholatdabarchasibirxilbo`ladi (Priority 32769).
Prioritynio`rnatishdaqadamlarsonigae’tiborberiladi, ya’niharbirqadamuzunliligi 4096 gateng.
Bu usulbo`yicha sw4 ni root switchqilibsozlaymiz (Eslatma: sw2ga sozlangankommandaniolibtashlang. sw2(config)#no spanning-tree vlan 1 root primary).
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#hostname sw4
sw4(config)#spanning-tree vlan 1 priority 24576
Sw4(config)#exit
Yuqorida keltirilgan tarmoq parametrlari sozlangandan keyin kommutatorlar bir-biriga xabar jo`natib, LAN tarmog`i uchun ildiz kommutatorni tanlab oladi.Xozirgi mavjud konfiguratsiyalarni ko`rish uchun:
show spanning-tree – kommutator uchun ko`prik (most) muhimliliklarini ko`rishda foydalaniladi
show spanning-tree active - spanning-tree protokolida ishlayotgan faqat faol interfeyslarning konfiguratsiyasini ko`rsatadi.
show spanning-tree summary —port holatlari haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree root — ildiz ko`prigining konfiguratsiyasi haqida ma’lumot beradi.
show spanning-tree detail —port haqida batafsil ma’lumot olish
show spanning-tree interface — STP interfeysi va konfiguratsiyasi holati haqida ma’lumot beradi.
Agregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiyakanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 4.6-rasmda keltirilgan
4.6 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi
Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar
Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi:
Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish
Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin:
LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;
PAgP (Port Aggregation Protocol);
Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.
EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi.
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:
EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.
port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.
channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
4.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.
|