|
-ma’ruza.
Yetti sathli OSI modeli
|
bet | 29/144 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,58 Mb. | | #245858 |
Bog'liq “tarmoq xavfsizligi”5-ma’ruza.
Yetti sathli OSI modeli
Reja:
1 Tarmoq xavfsizligini tashkil etish va vazifalarining asosiy tamoyillari
2. Ochiq tizimlar o‘zaro ishlashining etalon modeli
3. Tarmoq protokollari
4. OSI modelining imkoniyatlari va protokollari
Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to‘plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta xizmati. Bu sathda juda ko‘p xildagi xizmat ko‘rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.
Amaliy sathining protokollari ma'lumotlar manbai va qabul qilingan tugun o'rtasida ma'lumot almashish qoidalarini belgilaydi. Har bir dastur va xizmat turi uzatilgan ma'lumotlarning standartlari va formatlarini aniqlaydigan o'z protokollaridan foydalanadi.
Ilova sathining protokollari va xizmatlari odatda ularning tegishli serverlari tomonidan taqdim etiladi. Biroq, server, alohida qurilma sifatida, bir nechta xizmatlarning funktsiyalarini birlashtirishi mumkin; yoki aksincha, bitta xizmat turini turli darajadagi ko'plab serverlar taqdim etishi mumkin.
Ularning ko‘p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
• FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga ega bo‘lish OSI protokoli;
• X.400 – elektron pochtalarni xalqaro almashish uchun CCITT protokoli;
• X.500 – bir necha sistemada fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
• SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
• FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
• SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qisimlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
• Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
• Microsoft SMBs (Server Message Blocks, bloki soobshenie servera, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig‘i yoki Microsoft redirektorlari;
• NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig‘i yoki Novell redirektorlari.
Shunday qilib, dastur darajasidagi ilovalar tarmoqqa ega bo'lgan odamning interfeysini (juftligini) ta'minlaydi. Servis xizmatlari ma'lumotni tarmoq orqali uzatish uchun tayyorlash uchun protokol dasturlaridan foydalanadilar.
Tarmoq qurishning ikkita modeli mavjud:
1. Mijoz-server modeli;
2. "peer-to-peer" tarmog'iga ulanish modeli.
|
| |