|
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash
|
bet | 1/2 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #119305 |
Bog'liq kiber 1-amaliy
Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoyasini qurish(Firewall).
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash.
Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko'rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so'ngra cmd buyrug'ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so’ng 6.1-rasmdagi oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Users\user>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing (1-rasm).
1-rasm. CLI kodini o'rnatish
Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirilsa, tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi (2-rasm).
2-rasm. Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi bosiladi, qidiruv satriga "firewall" so’zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki 3- va 4-rasmda ko’rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan so'ng, quyidagi oyna ochiladi (5-rasm).
3-rasm.Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
4-rasm. Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
5-rasm. Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo'shimcha funksiyalarni sozlash uchun "Дополнительные функции" bo'limiga o'tishingiz kerak (5-rasm).
6-rasm. Firewallni faollashtirish oynasi
Firewallni faollashtirishni yana bir usuli 6-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o’chirish mumkin.
7-rasm. Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari
|
| |