|
Bayonlashtirdi: D.Murodova
|
bet | 5/23 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 2.85 Mb. | | #92162 |
Bog'liq 8a-sinf АКТ ВВОД намуна, Gaz turbinalari, 50721101-OR, Реле хим ва автом слайд, Elektr yoylarining turlari. Elektr yoyi tavsifi va xususiyatlar, Mavzu Elektr yoyini so\'ndirish Reja, Eshto\'xtarova Munira, nutq-madaniyati, 050-20 STRo‘(1-топшириқ) (2), hjgkh, 1, Yon daftarcha Yoshlar agentligi, Shaxsiy ma, 1. Axborotlarni olish Axborotlarga ishlov berish-www.genderi.orgBayonlashtirdi: D.Murodova
«Tasdiqlayman»
Maktab direktori: H.Najmiddinov
Kogon tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Raqslar guldastasi” nomi ostida tashkil qilingan musiqiy tadbir
Bayonnomasi
2022 yil 29 oktyabr Kogon tumani
Qatnashdilar : Maktab direktori H.Najmiddinov,MMIBDO` D.Murodova,Kogon tuman hokimligi madaniyat bo’limi xodimlari, maktab psixologi D.Islomova, o'qituvchilar va 5-9 sinf o'quvchilari
Kun tartibida
1. “Raqslar guldastasi” nomi ostida turli millat raqslarining namoyishi.
E sh i t i l d i
Kogon tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman Madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish,ularni san’atga,musiqaga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida “Raqslar guldastasi” nomi ostida ma’naviy-musiqiy tadbir dasturi tashkil qilindi.Tadbirni maktab direktori H.Najmiddinov kirish so’zi bilan ochib,davlatimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor,yaratilgan shart-sharoitlar va ularga javoban o’quvchilarni faqat puxta bilim egallashi bilan javob qaytarishi kerakligini ta’kidladi.Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yo’nalishida ham san’atning muhim ahamiyatga egaligi o’z aksini ko’rsatganligini aytib o’tdi.
Shundan so’ng MMIBDO’ D.Murodova tomonidan bir hafta ilgari sinflar o’rtasida qur’a tashlash yo’li bilan aniqlangan millat raqslariga navbat berildi.
5 A- sinf Koreys raqsi
5 D-sinf O’zbek raqsi (Mustahzod)
6 A-sinf Turkmancha raqs
6 B-sinf Ozarbayjon raqsi
7 A-sinf Tojikcha raqs
7 B-sinf Rus millati raqsi
7 D-sinf O’zbek raqsi (Xorazm raqsi)
8 A-sinf Eroncha raqs
8 B-sinf Gruzin raqsi
8 D-sinf Turkcha raqs
9 A-sinf Yevropacha raqs
9 B-sinf O’zbek raqsi (Buxoro raqsi)
Sinf o’quvchilari tomonidan ijro etilgan raqslar barchani quvontirdi.Tanlov yakunida umumiy ballar hisoblanib,g’olib jamoa sifatida 5A va 7B-sinf o’quvchilari e’lon qilindi. G’olib jamoalarga va ishtirokchilarga estalik sovg’alari tarqatildi.
Yuqoridagilar inobatga olinib,
Qaror qilindi:
Tadbir qoniqarli deb topilsin va ana shunday noan’anaviy tadbirlarni tashkil qilish va nazoratga olish I MMBT M.Murotova va MMIBDO’ D.Murodovalar zimmasiga yuklatilsin.
|
| |