• Qaror qilindi
  • Kogon tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabida o’tkazilgan ota-onalar yig’ilishi Bayonnomasi 2023 yil 11 sentyabr Kogon tumani Qatnashdilar
  • Kun tartibida
  • E sh i t i l d i
  • Mumtoz adabiyot vakillari obrazini yaratish (7 daqiqa)




    Download 2.85 Mb.
    bet8/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi2.85 Mb.
    #92162
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
    Bog'liq
    8a-sinf
    АКТ ВВОД намуна, Gaz turbinalari, 50721101-OR, Реле хим ва автом слайд, Elektr yoylarining turlari. Elektr yoyi tavsifi va xususiyatlar, Mavzu Elektr yoyini so\'ndirish Reja, Eshto\'xtarova Munira, nutq-madaniyati, 050-20 STRo‘(1-топшириқ) (2), hjgkh, 1, Yon daftarcha Yoshlar agentligi, Shaxsiy ma, 1. Axborotlarni olish Axborotlarga ishlov berish-www.genderi.org
    2.Mumtoz adabiyot vakillari obrazini yaratish (7 daqiqa)
    3.Salat tayyorlash (10 daqiqa)
    4.Ijodingni namoyish qil (10 daqiqa)
    Hakamlar hay’ati tomonidan barcha shartlar baholanib,g’olib ishtirokchilarga diplom va estalik sovg’alari topshirildi.
    Yuqoridagilar inobatga olinib,
    Qaror qilindi:

    1. Tadbir qoniqarli deb topilsin va ana shunday noan’anaviy tadbirlarni tashkil qilish va nazoratga olish I MMBT M.Murotova va MMIBDO’ D.Murodovalar zimmasiga yuklatilsin.

    Bayonlashtirdi: D.Murodova

    «Tasdiqlayman»
    Maktab direktori: H.Najmiddinov
    Kogon tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabida o’tkazilgan ota-onalar yig’ilishi
    Bayonnomasi
    2023 yil 11 sentyabr Kogon tumani
    Qatnashdilar : Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi D.Zaripov,Kogon tuman IIB ning 1-o’rinbosari X.Amrilloyev,Kogon tuman hokimi o’rinbosari Z.Sharipov, tuman MMTB rahbari Z.Qahhorova, maktab direktori H.Najmiddinov,MMIBDO’ D.Murodova va ota-onalar
    Kun tartibida
    1. Xalq ta’limi vazirining 2022- yil 28-iyuldagi 246-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari to’g’risida” gi buyrug’i
    2.O’quvchilarni darsliklar bilan ta’minlanishi
    3.Maktab o’quvchilarining o’quv formasi to’g’risida
    4.O’quvchilarni yo’llarda harakatlanish xavfsizligi masalasi
    5.Yil yakunlari va yangi o’quv yilining vazifalari
    E sh i t i l d i
    Kogon tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida B.Naqshband MFY bilan hamkorlikda ota-onalar yig’ilishi tashkil qilindi.Yig’ilishni maktab direktori H.Najmiddinov kirish so’zi bilan ochib,barchani Davlat Mustaqilligining 31yillik shodiyonasi bilan muborakbod etdi.
    Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktabning MMIBDO’ D.Murodova so’zga chiqib,umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila institute va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadborlari to’g’risida”gi qarori va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilganligini,mazkur buyruq 5 bob va 36 bo’limdan iboratliligini ta’kidladi.
    U o’z so’zida ta’lim muassasasida o’quvchilarga quyidagilar ta’qiqlanishini aytib o’tdi:
    -ta’lim muassasasi ustavida belgilangan formadan tashqari qiyofada,jumladan,o’g’il bolalar kalta shim,futbolka,shippakda va qiz bolalar kalta ochiq,tor va tanani shaffof ko’rsatuvchi kiyimda kelishi hamda bo’yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;
    -o’zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish,haqorat qilish va behayo so’zlarni ishlatish ,turli xil zo’ravonlik ko’rsatish;
    -qonun bilan ta’qiqlangan,milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli ,shuningdek,ta’lim muassasasi va o’qituvchi obro’sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanishi kabilar.
    Ota-onalarga belgilangan talablar esa quyidagilardan iborat:
    -ta’lim muassasasi ichki tartib -qoidalari bilan tanishish;
    -o’qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi,dars jarayonlarida aralashmasliklari,pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
    -farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
    -farzandini darslarga to’liq qatnashishini hamda fanlar bo’yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo’lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash kabilar to’g’risida aytib o’tildi.
    Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan maktab kutubxonachisi N.Raxmatova so’zga chiqib,o’quvchilarga tarqatiladigan darsliklarni to’liq muqovalash,ularni asrab-avaylashda ota-onalar nazorati muhimligini eslatib o’tdi.
    Maktabning O’IBDO’ SH.Malikova o’quvchilarni maktabga belgilangan formada (o’g’il bolalar ko’k yoki qora shim,oq ko’ylak va bo’yinbog’ qizlar esa oq kofta ko’k yoki qora yubkada,sochlari o’rilgan va bantik taqilgan holatda) kelishlari zarurligini ta’kidladi.
    O’quvchilarning yo’llarda harakatlanishiga hammaning birday mas’ulligini aytib, ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.Har kuni farzandlariga yo’l qoidalari to’g’risida eslatishlarini aytdi.O’IBDO’ Sh.Malikova so’zi so’ngida umumta’lim muassasasida erishilgan yutuqlar olib borilgan bunyodkorlik ishlari va kelgusidagi vazifa va rejalar to’g’risida aytib,ota-onalarni doimiy hamkorlik va faollikka chaqirdi.
    Yuqoridagilarni inobatga olib,yig’ilish
    QAROR QILADI:
    1.O’tkazilgan yig’ilish qoniqarli deb topilsin.
    2.Sinf rahbarlariga:
    -ota-onalar bilan doimiy aloqada bo’lish;
    - har bir o’quvchining yutuq va kamchiliklaridan ota-onalarini xabardor qilib turish.
    3.Sinf rahbarlarining faoliyatini doimiy nazorat qilish MMIBDO’ D.Murodova zimmasiga yuklatilsin.


    Download 2.85 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




    Download 2.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mumtoz adabiyot vakillari obrazini yaratish (7 daqiqa)

    Download 2.85 Mb.