II. Ijodiy imtihonlarning maqsad va vazifalari




Download 338.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana22.10.2022
Hajmi338.78 Kb.
#27801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 Musiqa talimi
MILLIY O\'YINLARGA HISOBOT
II. Ijodiy imtihonlarning maqsad va vazifalari 
60111300 - Musiqa ta’limi ta’lim yо‘nalishida bо‘lajak musiqa 
о‘qituvchilarini tayyorlash bо‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar abiturientlarning 
shu sohaga bо‘lgan qiziqishi, bilim darajasi va kelajakda musiqa ta’limi sohasi 
kasbida faoliyat yuritish kompetensiyalarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. 
Mazkur ijodiy imtihonlarni о‘tkazishning asosiy vazifasi abiturientlarning 
boshlang‘ich musiqa savodi, biror bir cholg‘u asbobida ijro eta olish kо‘nimasini, 
xonandalik mahoratini aniqlash, musiqa asarlari namunalarini bilish, о‘zbek va 
chet el ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, vokal, xor, an’anaviy xonandalik 
mahoratini, ansambl, orkestr, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, mashhur 
sozanda va xonandalar ijodiy faoliyatini, musiqiy atama va iboralarni, musiqa 
janrlari, musiqada zamonaviylik va an’anaviylik tendensiyalarini, zamonaviy 
musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy 
musiqa madaniyatimizni о‘zlashtirganlik darajasini aniqlashni va baholashni 
nazarda tutadi. 
Bunda “Cholg‘u ijrochiligi va xonandalik mahorati” fanidan cholg‘u 
ijrochiligi bо‘yicha biror bir cholg‘u asbobida о‘zbek yoki chel et musiqa asarlarini 
ijro eta olish kо‘nikmasini egallaganlik darajasi; ijro etayotgan musiqa asarini toza, 
sof hamda dinamik, temp va ritmik jihatdan aniq va tо‘g‘ri ijro etishi; musiqa 
cholg‘usini chuqur his eta olishi; ritm, garmonik ohanglarni ijro etishda barmoq 
harakatlarini tо‘g‘ri bajarishi; ijro etayotgan asarning muallifi, cholg‘u asbobi turi, 
nomi, tarixi haqida hamda milliy cholg‘ular tо‘g‘risida aniq ma’lumotlarga egaligi. 
Xonandalik bо‘yicha xonandalik janrlari; ijro etayotgan asarning nomi, muallifi, 
janri xususida batafsil ma’lumotlarga ega ekanligi; ijroda sof intonatsion 
qoidalarga tо‘la amal qilishi, tonallikni ushlay olish kо‘nikmasiga egaligi; tajribasi, 
ovoz, nafas va ularni ishlata olish mahorati, bu borada orttirgan tajribasi; vokal, 
xor, estrada, an’anaviy xonandalik asarlarini ijro eta olish mahorati, yо‘llari, 
maktabi, tajribalari haqida bilimlarga egaligi; bastakor, kompozitorlar va ularning 
faoliyati, ular ijodida yuzaga kelgan musiqiy asarlarni bilishi;
“Musiqa nazariyasi va solfedjio” fanidan mazkur fanda musiqiy tizim, 
tovush, nota yozuvi qonun-qoidalari, metr, ritm, temp, lad, tonallik, tonalliklar 


kvarta-kvinta doirasi, turli xil major va minor gammalar, xalq ladlari, interval, 
akkord, alteratsiya, xromatizm, tonalliklar pog‘onadoshligi, modulyatsiya va 
og‘ishma, transpozitsiya, kuy, musiqa bezaklari xususida nazariy bilimlar; bir 
ovozli kuylarni, tovushdan va tonallikda major, minor hamda xalq ladlari 
tovushqatorlarini, xromatik gamma, turli xil interval va akkordlarni yechilishlari 
bilan yozma ravishda va fortepianoda tuzib sof intonatsiyada kuylash, musiqa 
elementlarini tinglab aniqlash kо‘nikmalar, talab etiladi. 
Shular bilan bir qatorda ijodiy imtihonda abiturientlar, avvalo, musiqa 
san’atining inson hayotida tutgan о‘rni va ahamiyati, yoshlarni aqliy, axloqiy, 
jismoniy va ma’naviy kamol topishidagi roli; milliy ong, milliy tafakkur, milliy 
g‘urur, Vatanni sevish uni ardoqlash hislarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida 
aniq tushunchaga ega bо‘lishlari; musiqa san’ati vositasida milliy g‘oyani 
о‘quvchi-yoshlar qalbiga singdirib borish yо‘llarini tasavvur qila olishlari; 
Respublikamizning mustaqillik yillarida О‘zbekistonda san’at va musiqiy ta’limni 
yuksak rivoj topganligi haqida asosli va mantiqli fikr-mulohaza yurita olishlari 
talab etiladi. 

Download 338.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 338.78 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Ijodiy imtihonlarning maqsad va vazifalari

Download 338.78 Kb.
Pdf ko'rish