• Maqsad: 1)Ta’limiy:o’quvchilarga Slaydlarga musiqa va video joylashtirish haqida tushunchalar berish amaliy topshiriqlar berish va ko’nikmalar hosil qilish;
  • 3)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvur kengaytirish.
  • Dars usuli
  • 5. Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi 6. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi
  • Tasdiqlayman” 135-sonli maktab direktori




    Download 24.88 Kb.
    Sana13.04.2023
    Hajmi24.88 Kb.
    #51106
    Bog'liq
    7-sinf dars ishlanma


    Tasdiqlayman”
    135-sonli maktab direktori:
    _____________O‘.X.Azimovich
    Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 135-sonli maktabning
    amalyotchi talabasi Umarova Durdona Nizomiddin qizining 7-sinflar uchun
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.”
    mavzusidagi
    DARS ISHLANMASI


    Maqsad:
    1)Ta’limiy:o’quvchilarga Slaydlarga musiqa va video joylashtirish haqida tushunchalar berish amaliy topshiriqlar berish va ko’nikmalar hosil qilish;
    2)tarbiyaviy:o’quvchilrni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynik kasbiga yo’naltirish;
    3)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvur kengaytirish.

    Dars turi:nazariy va amaliy

    Dars tipi:bilim,ko’nikma,malaka hosil qilish

    Dars usuli:noananaviy.
    Dars metodi:”Enerjayzer”

    Dars jihozi: electron resurslar, darslik, kompyuter, ekran




    1. Tashkiliy davr

    1. Salomlashish;

    2. Davomatni aniqlash

    1. Takrorlash

    1. Slaydga video qanday joylashtiriladi?
    2. Slaydga musiqa qanday joylashtiriladi?
    3. Slaydga audiofayl qanday joylashtiriladi?
    III.
    Yangi mavzuning qisqacha bayoni
    «Texnologiya» so‘zi yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma­ket bajarilishini ko‘zda tutadi.

    Axborot texnologiyalari

    Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas.

    Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kom p yuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

    Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.

    Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

    Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir.


    Ichki omillarga – usullar, tashqi omillarga – vositalar kiradi.

    Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog‘oz, bo‘r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o‘quvchi, o‘qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o‘tish jarayoni, test o‘tkazish jarayoni, savol­javob o‘tkazish jarayoni, dars o‘tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik material va hokazolar. Demak, axborot texnologiyalari sanoat, savdo­sotiq, boshqaruv, bank, ta’lim va sog‘liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo‘llanilar ekan.


    Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
    Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir­birini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.

    Kompyuter tarmoqlari

    Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo‘lmasin, ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo‘lgan barcha axborotni unga sig‘dirib bo‘lmaydi. Biror axborot zarur bo‘lib qolgan vaqtda uni boshqa komp yuterdan ko‘chirib olish


    uchun tashqi axborot tashuvchi vosita (disketa, ÑD­disk va boshqa) lardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ammo bu ko‘p vaqt va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o‘zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o‘zaro birlashtirishga muvaffaq bo‘lindi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.

    IV.
    UYGA VAZIFA


    1. Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
    2. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.
    3. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qanday usulda axborot almashinadi?
    4. Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi?
    5. Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi?
    6. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?
    7. Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?
    8. Tarmoqda server nima uchun kerak?
    9. Server bilan mijozning farqini tushuntiring.
    Download 24.88 Kb.




    Download 24.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” 135-sonli maktab direktori

    Download 24.88 Kb.