|
) evakuatsiya chiqish yo‘llarining holati va evakuatsiya rejalarining mavjudligiga;
2)
|
bet | 2/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 26,3 Kb. | | #248592 |
Bog'liq Yig\'ilish bayoni 1) evakuatsiya chiqish yo‘llarining holati va evakuatsiya rejalarining mavjudligiga;
2) favqulodda vaziyatlarda tahsil oluvchi va pedagogik personalning binodan shoshilinch chiqish va qutqarish imkoni mavjudligiga;
3) evakuatsiya yo‘llarida foydalanilgan materiallar SHNQ 2.01.02-04 "Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi" shaharsozlik normalari va qoidalarining 5.25-bandiga mosligiga;
4) kuchlanish va yoritish elektr tarmoqlarining, elektr sim / kabellar izolyatsiyasining tegishli qoidalarga muvofiqligiga;
5) gaz va elektr jihozlaridan foydalanish holatiga;
6) yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan me’yor talablari asosida ta’minlanganligi va muassasada ishlovchilarning ulardan to‘g‘ri foydalana olishlariga;
7) yong‘inga qarshi suv manbalari (suv hovuz va gidrantlar)ning sozligi va ularning suv bilan ta’minlanganligiga hamda yong‘in-qutqaruv texnikalari uchun yo‘llar tashkil etilganligiga;
8) binolardagi ichki yong‘inga qarshi suv ta’minoti mavjudligiga, ularning sozligiga hamda yeng va dastaklar bilan ta’minlanganligiga;
9) binolarning tom qismidagi yog‘och konstruksiyalarga yong‘inga qarshi suyuqliklar bilan ishlov berilganligiga;
10) binolarda yong‘in signilizatsiyalari va xabar berish tizimlari mavjudligiga, ularning sozligiga hamda maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan doimiy texnik xizmsat ko‘rsatilishiga;
11) chordoq va yerto‘lalarda yengil alangalanuvchi suyuqliklar va yonuvchi mahsulot (chiqindi)lar hamda bosim ostida ishlovchi ballonlar saqlanmayotganligiga alohida e’tibor qaratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi VM ning “Yong‘inlar profilaktikasi samardorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi soxasida davlat nazaoratini takominlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-avgusdagi 332-son qaroriga muvofiq “Yong‘indan ogoxlik” umumilliy kompanyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbir rejasi ijrosi bo‘yicha tuman hududidagi ko‘p qavatli kvartiralar va Aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarida, Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha hamda Respublikada havo haroratining sovushi kuz-qishmavsumiga tayyorgarlik ko‘rish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va boshqa noxush holatlardan aholining hayoti va sog‘lig‘i, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishi holatini o‘rganish hamda aholi tomonidan har xil chet davlatlarida ishlab chiqarilgan nostandart va qo‘lbola moslamalar yordamida gazdan havfsiz foydalanish qoidalariga zid ravishda tabiiy va suyultirilgan gazlardan foydalanish holatlari uchrab kelmoqdaligi to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng o‘z so‘zini davom ettirib tuman hududidagi sodir bo‘layotgan yong‘inlarni 75-85% ni aholi yashash sektorlariga to‘g‘ri kelayotganligi, aholi o‘rtasida tabiiy va suyultirilgan gazdan foylanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari natijasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘layotganligi, ularning kelib chiqish sabablari bo‘yicha taxlil qilinganda fuqarolar yashash xonadonida turli xildagi nosoz qo‘lbola elektr isitish moslamalaridan foydalanishi, qo‘lbola gaz isitish moslamalaridan foydalanishi, yashash uyining mo‘rikonlari nosozligi, ko‘mir va o‘tin pechlaridan noto‘g‘ri foydalanishi, elektr simlarining eskirish oqbatida qisqa tutashuv yuz berishi, elektr manbaaidan ortiqcha yuklama ta’sirida foydalanishi, elektr jixozlarini nazoratsiz qoldirishi, yashash xonadonlarining tom va yerto‘la qismiga o‘tin, somon uyumlarini saqlashi, yosh bolalarning olov bilan o‘ynashi, maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, maishiy gaz ballonlarning tubida qolib ketgan cho‘kma gazolindan o‘tqich maqsadida foydalanishi oqibatida yong‘inlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lmoqda. Buning oqibatida esa fuqarolar yillar mobaynida to‘plagan mol-mulklaridan ajrab qolish holatlari, turli xildagi termik kuyishlar, insonlarning xayotdan bevaft ko‘z yumish holatlari aniqlanmoqda. Bugungi kunda tabiiy gazni bir maromda aholi xonadonlariga yetib bormasligi oqibatida fuqarolar tomonidan turli xildagi qo‘lbola gaz so‘rish moslamalaridan foydalanmoqda. Gaz so‘rish moslamalari elektr tokida ishlashi natijasida elektr toki o‘chib yongan vaqtda yashash xonadonlariga, ko‘p qavatli uylarga gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in, is gazidan zaharlanish kabi ko‘ngilsiz holatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lamoqda.
Sel, suv toshqini nima? -Tog‘ hududlarida kuchli yomg‘irlarning yog‘ishi, muzlik va qorlarning tez erishi natijasida hosil bo‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘yon-bag‘irlarida nuragan, tog‘ jinsi bo‘laklarini suv oqimi bilan tekislikka qarab oqizib tushirilishiga sel hodisasi deb yuritiladi.
Botulizm - ovqatdan zaharlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste’mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi.
Shu bilan tezkor yig‘ilishda qatnashgan fuqarolar ham o‘z fikr-mulohozalarini bildirib o‘tishdi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘tqazilgan muhokama va takliflardan kelib chiqqan holda, yig‘ilish
|
| |