• Korxonada mehnat muhofazasi xizmati (lavozimi) qachon tashkil etiladi
  • Mehnat muhofazasi bo’yicha normativ ta'minotini kim amalga oshiradi?




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/33
    Sana24.02.2022
    Hajmi1.11 Mb.
    #18024
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb
    Elektr o\'lchash dastur reja, referat - E`TIROFGA LOYIQ MAXALLA, referat - Egalik qo’shimchalari, 31-Mavzu Utilita dasturlari va vazifalari. Reja Utilita dastur, Отчёт Medhub, bulutli texnologiyalar, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б, Mikroiqtisodiyot
    Mehnat muhofazasi bo’yicha normativ ta'minotini kim amalga oshiradi?
    Mehnat muhofazasi bo'yicha normativ ta'minotni, O'zbekiston Kasaba uyushmalari 
    Federatsiyasi bilan birga mehnat muhofazasi bo'yicha ilmiy tasdiqlangan standartlar
    qoidalar va me'yorlami tuzish va qo'llash orqali ishlab chiqarishda mehnatni ta'minlash 
    bo'yicha zarur bo'lgan talab darajasini belgilovchi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Korxona ma'muriyati, ish beruvchi korxonada 
    mehnat muhofazasi bo'yicha standartlar, qoidalar va me'yorlar talablarini bajarilishini 
    ta'minlaydi.
    Korxonada mehnat muhofazasi xizmati (lavozimi) qachon tashkil etiladi?
    Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va 
    undan ortiq bo'lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya 
    etilishini ta'minlash, ulaming bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida 
    mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo'yicha 
    tegishli tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan 
    ortiq transport vositasi mavjud bo'lgan tashkilotda yo'l harakati xavfsizligi xizmati ham 
    tashkil etiladi yoki yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. 
    Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo'lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish 
    xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassis lavozimini 
    joriy etish to'g'risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o'ziga 
    xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati 
    va yo'l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo'linmalari bo'lib, 
    ular bevosita tashkilot rahbariga bo'ysunadi. Mehnatai muhofaza qilish xizmati 
    mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar 
    tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo'linmalaming rahbarlariga aniqlangan 
    qoidabuzarliklami bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar 
    berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha texnik jihatdan tartibga 
    solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan 
    shaxslami javobgarlikka tortish to'g'risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish 
    huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza 
    qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma 
    asosida amalga oshirilishi mumkin.

    Download 1.11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasi bo’yicha normativ ta'minotini kim amalga oshiradi?

    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish