Tasdiqlayman” Urgut 3-son kasb-hunar maktabi direktori h yuldoshev “ “




Download 11.4 Mb.
bet43/43
Sana24.02.2022
Hajmi11.4 Mb.
#18023
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Elektr o\'lchash dastur reja
95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb, referat - E`TIROFGA LOYIQ MAXALLA, referat - Egalik qo’shimchalari, 31-Mavzu Utilita dasturlari va vazifalari. Reja Utilita dastur, Отчёт Medhub, bulutli texnologiyalar, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б, Mikroiqtisodiyot
Namlik oʻlchagich — gazlar, suyukliklar va qattiq jismlar (shu jumladan, sochiluvchan jismlar, Masalan; tuproq, qum) namligini oʻlchaydigan asbob. Gigroskopik, elektr-kimyoviy, gigrometrik va psixometrik xillari bor. Gigroskopik Namlik oʻlchagichning ishi materiallar va moddalarning atrof muhitdagi namlik (suv buglari) ni oʻziga yutish xossasiga asoslangan. U gazlar va suyukliklarning namligin oʻlchashda ishlatiladi. Elektrkimyoviy namlik o’lchagich jismlardan elektr toki utkazilganda unda kimyoviy reaksiya yuz berib, namlik miqsorini oʻzgartirishga asoslangan. U bilan ham gazlar va suyukliklarning namligi oʻlchanadi. Gigrometrik Namlik oʻlchagichning ishi namlik miqdoriga qarab yogʻsizlantirilgan soch tolasining oʻz uzunligini oʻzgartirishi xossasiga asoslangan. U gazlarning namligini oʻlchash uchun ishlatiladi. Psixrometrik Namlik oʻlchagichning ishi ikki termometr (biri quruq, ikkinchisining ustiga hoʻllangan mato oʻralgan) ning koʻrsatishlar farqini oʻlchashga asoslangan. Bu ham gazlar uchun moʻljallangan. Namlik oʻlchagich larning sigʻimli, konduktometrik va yadroviy magnit rezonans hodisasiga asoslangan turlari ham bor. Bular suyukliklar va qattiq jismlar namligini oʻlchash uchun moʻljallanad.
Binobarin, litiy xlorid va uning ichidagi termorezistorning harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.
Sochiluvchan massalar, misol uchun, bug‘doy, sholi, dorivorlar, kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartkichlar asosida namlik o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan material namunasi silindrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni namuna namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi.
Hozirgi vaqtda tuproqva boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz o‘lchash uchun radioizotop namo‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida sekinlashgan neytron hisoblagichlar qo‘llaniladi.
Harorat bu jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar (atom va molekulalar)ning harakati kinetik energiyasining oʻrta statistik ifodalovchi fizik kattalik. Harorat bu-jismning isitilganlik darajasi. Harorat birligi sifatida Kelvin gradusi qabul qilingan. SI birliklar tizimida 1°K suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb qabull qilingan. Shuningdek 0°C=273,15°K. Haroratni suyuqlik (simobli) termometrlari, termoparatermorezistorlar yoki masofaviy oʻlchash uchun optik datchiklardan foydalanib oʻlchash mumkin. Simobli Termometr bilan oʻlchanganda, germetik naycha idish ichidagi simob ustuni balandligi haroratga bogʻliq xolatda oʻsib boradi. Simobli termometrlar yordamida −35 °C dan past boʻlmagan va 600 °C dan yuqori boʻlmagan haroratlarni oʻlchash mumkin. Chunki simobning qotish harorati −38.9 °C ni tashkil qiladi. Yuqori oʻlchash chegarasi esa termometr kapilyarlaridagi bosimning orttirish xisobiga kengaytiriladi. Chunki simobning qaynash harorat 356.6C boʻlsa ham, kapilyar ichidagi inert gaz bosimini 2 Mpa (20 kgs/sm2) ga orttirish xisobiga uning shkala diapazoni kengaytiriladi. Kvarsli naycha kapilyarlari ishlatiladigan termometrlarda oʻlchov diapazonini bundan ham orttirish mumkin. Termoparalarda harorat ikkita har xil jinsli metallardan tayyorlangan va uchlari bir biriga kavsharlangan juftlikning erkin uchlarida issiqlik taʼsirida paydo boʻluvchi Termoelektr yurituvchi kuch (EYuK)ning qiymatiga koʻra aniqlanadi (Zeebek effekti). Termoparalar tayyorlangan metall qotishmalariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi. Eng koʻp tarqalgani XK (xromel kopel) va XA (xromel alyumel) termoparali boʻlib, XK termoparasida 0-600 (qisqa muddatga 800) °C gacha XA da esa 0-1100 (qisqa muddatga 1300) °C gacha haroratni oʻlchash mumkin. Platina- platinarodiy qotishmasidan tayyorlangan termoparalarda esa 0-1600°C (qisqa muddatga 1800) gacha haroratni oʻlchash mumkin. Undan yuqori haroratlar esa optik usulda masofadan oʻlchanadi. Termorezistorlar yordamida harorat oʻlchash issiqlik taʼsirida zanjirdagi qarshilikning ortishi yoki kamayishi prinsipiga asoslanadi.

Sinov savollar.


1. Suyuqlik sathini o’lchash deganda nimani tushunasiz?
2. Sath o’lchagichlar turini sanab o’ting.
3. Nima sababdan namlikni o’lchash talab etiladi?
4. Namlik qanday usullar bilan o’lchanadi?
5. Haorat o’lchash asboblariga qanday asboblar kiradi?
1
Download 11.4 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Download 11.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasdiqlayman” Urgut 3-son kasb-hunar maktabi direktori h yuldoshev “ “

Download 11.4 Mb.