|
Molekulyar diffuziyaning differensial tenglamasi (Fikning II – qonuni)
|
bet | 36/98 | Sana | 18.06.2021 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #15109 |
Molekulyar diffuziyaning differensial tenglamasi (Fikning II – qonuni).
Biror fazaning oqimida ajratib olingan elementar parallelepiped uchun tarqaluvchi moddaning moddiy balansi ko’rib chiqiladi va undan konvektiv diffuziya yoki massa berish jarayonining tenglamasini keltirib chiqarish mumkin (8.3-rasm).
Elementar kichik parallelepiped orqali molekulyar diffuziya yo’li bilan modda tarqalayotgan bo’lsin.
Agar, dydz, dxdy va dxdz tomonlari orqali Mx, Mz va My miqdorda moddalar o’tayotgan bo’lsa, qarama – qarshi tomonlardan esa Mx+dx, Mz+dz va My+dy miqdorda moddalar chiqadi. Ya’ni, parallelepipedning elementar haj-mi dM=(Mx–Mx+dx)+(My – My+dy)+Mx+dx miqdorda tarqalgan modda yutib oladi. Bunda, moddaning konsentratsiyasi miqdorga ortadi. Fikning 1 – qonuniga binoan:
demak:
Xuddi shunday qilib parallelepipedning qolgan tomonlari uchun ham o’tgan moddalar farqini aniqlab olamiz.
Parallelepiped bilan yutilgan umumiy modda miqdori:
(14)
Ushbu modda miqdorini parallelepiped hajmini tarqalayotgan modda konsentratsiyasining vaqt ichida o’zgarishiga ko’paytirib ham topsa bo’ladi:
(15)
(14) va (15) larni tenglashtirib, ushbu ko’rinishdagi molekulyar diffuziyaning differensial tenglamasini olamiz:
(16)
(16) tenglama Fikning 2 – qonuni deb yuritiladi. - fazoda olingan istalgan nuqtadagi konsentratsiyaning vaqt bo’yicha o’zgarish tezligini xarakterlaydi.
|
| |