• Yillik mavzuviy rejalashtirish mavzulariga moslashtirish Mavzu:Nutq Maqsad
  • Kerakli jihozlar
  • "tasdiqlayman"




    Download 3.86 Mb.
    bet12/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari
    0

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    a

    i

    q

    l

    s

    r

    n

    o

    b

    y




    0

    6

    7

    5

    a

    n

    o

    r







    0

    9

    1

    2

    a

    y

    i

    q




    0

    5

    4

    3

    7

    6

    a

    r

    s

    l

    o

    n







    2

    0

    4

    5

    q

    a

    s

    r




    8

    0

    3

    1

    2

    b

    a

    l

    i

    q




    So‘z ustida ishlash
    So‘z ustida ishlash jarayonda tarbiyachi rasmli kartochka asosida yoki narsalarning o‘zi yordamida har bir aytilayotgan nom so‘z ekanligi tushuntiradi, „so‘z“ tushunchasi shakllantiriladi. Bu borada quyidagicha ishlar omalga oshiriladi:
    1. So‘zning to‘g‘ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o‘qilishini o‘rgatish.
    2. So‘z ma’nolarini tushuntirish.
    3. Tarbiyalanuvchilar nutqiga yangi so‘zlarni kiritib borish, ya’ni lug‘atini boyitish.
    4. So‘zlarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.
    5. Berilgan so‘zni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
    So‘z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og‘zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin:
    1. Bir xil qo‘shimchali so‘zlardan topish. Masalan: ishla, tuzla, sozla; gulzor, mevazor, paxtazor va boshqa.
    2. Ohangdosh so‘zlar topish. Misol: ol, bol, tol, mol, sol; bosh, tosh, qosh, osh; va boshqa.
    3. Ma’nodosh so‘zlar topish. Bunda „Bu so‘zni boshqa qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?“ deb so‘raladi. Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, maftunkor va boshqa.
    4. Shakldosh so‘zlar topish. Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan so‘zni topish aytiladi. So‘z topilgach, uning ma’nolari gaplar vositasida tushuntirib beriladi. Misol:Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz.
    Qo‘y uy hayvoni. Olgan narsangni joyiga qo‘y.
    5. Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar topish. Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshqa.
    6. Ko‘p ma’noli so‘zlar yordamida birikmalar tuzish: odamningko‘zi — uzukning ko‘zi, taxtaning ko‘zi... Bunda tarbiyachi boshlab beradi va qatortarbiyalanuvchilar tomonidan davom ettiriladi. Bu mashqni rasmli kartochkalarni ko‘rsatish orqali ham o‘tkazish mumkin.
    7. So‘z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo‘g‘inlar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi.
    8. O‘rganilayotgan harfdan bir bo‘g‘inli so‘zlarni kesma harflardan tuzish va o‘qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do‘st, qand, baxt va boshqa.
    9.Berilgan chizma asosida so‘zlar tuzish va ulani o‘qib, ma’nosini izohlash. Misol: Bu chizma asosida qush-cha, do‘p-pi, ruch-ka kabi so‘zlar tuziladi.
    O‘yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari tarbiyalanuvchilarning lug‘atini boyitish bilan birga, o‘qishga qiziqish uyg‘otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
    10. “Ha, yo‘q” mashqi
    Tarbiyachi bitta narsaning rasmini bolalarga teskari qilib ushlab turadi va rasmda tasvirlangan narsaning nima ekanligini savollar berish orqali aniqlanishini aytadi.
    Bolalar savollariga to‘g‘ri javob topilmagunga qadar tarbiyachi faqat “Ha”yoki “Yo‘q”, “Ham ha, ham yo‘q” so‘zlari bilan javob beradi. Narsa nomi topilgach rasm bolalarga ko‘rsatiladi.


    Yillik mavzuviy rejalashtirish mavzulariga moslashtirish
    Mavzu:Nutq
    Maqsad: tarbiyalanuvchilar:
    -nutq haqida tushunchaga ega bo`ladilar;
    -o`zaro hamkorlikda ishlashga o`rganadilar;
    O`zbekiston Respublikasi bayrog`i ranglarini tavsiflay oladilar.
    Kerakli jihozlar: narsa buyumlar va kishilar harakatlarini tasvirlovchi kartochkalar, ish daftari, O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari tasviri, AKT
    Mashg`ulot metodi: suhbat, tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o`yinlar
    Mashg`ulotning borishi:

    1. Tashkiliy qism. 10 daqiqa

    Tarbiyachi Po’lat Mo’minning “Vatan-bu…..” she`rini ifodali aytib berish bilan mashg`ulotni boshlaydi:
    Vatan deganim bu-
    Yurak deganim.
    Yurakka Vatanim
    Kerak deganim.
    Vatan deganim bu
    O’zim deganim.
    Birinchi ko’rganim
    Ko’zim deganim.
    Tarbiyachi bolalar bilan suhbat o`tkazadi:

    • She’r nima haqida ekan?

    • Vatan deganda nima ko`z oldingizga keladi?

    • Yurtimizda qanday bayram nishonlandi?

    • Siz bu bayram haqida nimalarni bilasiz?

    Tarbiyachi “1-sentabr-Mustaqillik bayrami” tasvirlangan plakatni bolalarga ko`rsatib quyidagi savollarni beradi:

    • Rasmda nimalar tasvirlangan?

    • Bayram tantanalarida ishtirokingiz haqida so`zlab bering.

    1. Asosiy qism. 15 daqiqa

    Tarbiyachi yangi mashg`ulot boshlanayotganligi, bu mashg`lotlarda bolalar qiziqarli topshiriqlar, ta’limiy o`yinlar orqali o`qish va yozishni o`rganib olishlarini aytadi va «Nutq» mavzusini e’lon qiladi.
    Bir qancha kishilar harakati tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi va suhbat o`tkaziladi.

    • 1-rasm (ikki bola suhbatlashib turgan tasvir)

    • 2-rasm (suvda suzayotgan bola)

    • 3-rasm (mashg`ulot o`tayotgan tarbiyachi)

    • 4-rasm (shaxmat o`ynayotgan bolalar)

    • 5-rasm (futbolchilar)

    Har bir rasm yuzasidan (ular kimlar?, qanday ish bilan mashg`ullar?) suhbat olib boriladi.
    Bolalarga nutq bu kishilar tomonidan bildirilgan fikr, nutq orqali insonlar bir-birlariga biron narsa haqida xabar berishlari, tushuntirishlari, voqealarni so`zlab berishlari mumkinligi tushuntiriladi.

    Download 3.86 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Download 3.86 Mb.