|
"tasdiqlayman"
|
bet | 13/21 | Sana | 16.07.2023 | Hajmi | 3.86 Mb. | | #76822 |
Bog'liq 3.3.саводходхонлик мажмуа Davlat kadastri asoslariTarbiyachi uchun eslatma
Quvnoq daqiqa
AKTdan “Go`zal yurtim” qo`shig`iga mashq (ihtiyoriy harakatlar bilan) bajariladi.
Tarbiyachi bolalarga AKT orqali biron bir ertakdan parcha eshittiradi va suhbat olib boradi:
Bolalar,biz nima eshitdik?
AKT orqali bayram tabrigi eshittiriladi.
Biz nima eshitdik?
Buni nima deb ataymiz? (nutq)
Vatanimiz tasviri tushurilgan rasm ko`rsatiladi va tarbiyachi o`zi shu rasmni tasvirlab gapirub beradi.(rasmda O`zbikistonning diqqatga sazovor yerlari tasvirlangan) Bu rasmni tasvirlab gapirib berish ham nutq ekanligi aytiladi.
« Mosini top » ta’limiy o`yini o`tkaziladi.
Tarbiyachi bolalar bilan to`rt kishilik kichik guruhlar tashkil etadi. Har bir guruhga « yer chopayotgan dehqon », « rasm chizayotgan bola », « suhbatlashayotgan kishilar », « dars o`tayotgan o`qituvchi », « mashina haydayotgan haydovchi », « «ko`rsatuv suhandoni » kabi kishilar harakati tasvirlangan rasmlar beriladi. Bolalar birgalikda shu rasmlar orasidan bugungi mavzuga oidlarini ajratib olinadilar. Ish yakunida har bir guruhdan bir ishtirokchi nima uchun aynan shu rasmni tanlab olganlarini izohlab beradi. Masalan :ko`rsatuv suhandonni biron voqea hodisani so`zlab beradi, demak bu nutq.
Bolalar ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi bolalarga ish daftardagi O`zbekiston Respublikasi bayrog`i tasvirlangan rasmni bo`yash kerakligini tushuntiradi. Bolalar daftarlaridagi bayroq rasmini bo`yab bo`lganlaridan so`ng tarbiyachi yakuniy suhbat olib boradi.
Yakuniy suhbat:
- Mashg`ulotda sizga nimalar yoqdi?
-Nutq nima ekan?
-O`zbekiston bayrog`i qanday ranglarda berilgan ekan?
Mavzu: Nutq va gap
Maqsad: tarbiyalanuvchilar:
-gap, nutq va gap uzviyligi to`g`risida tushunchaga ega bo`ladilar;
-bog`bon mehnatini qadrlashni o`rganadilar;
- bog` va mevali daraxtlar haqidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.
|
| |