• II. Asosiy qism. 20 daqiqa
  • "tasdiqlayman"




    Download 3.86 Mb.
    bet14/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari
    Kerakli jihozlar: poliz, daraxt rasmlari, meva va poliz ekinlarining mulyaji, buyumlar, kishilar harakatlari tasvirlangan kartochkalar, ish daftari, AKT.
    Mashg`ulot metodi: analiz-sintez, suhbat, ”Bo`lishi mumkin emas” ta’limiy o`yini.
    Mashg`ulotning borishi:

    1. Tashkiliy qism. 5 daqiqa

    Tarbiyachi mashg`ulotning maqsad va vazifalari bilan tarbiyalanuvchilarni tanishtiruvchi suhbat olib boradi:
    -Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
    -Mevalarning inson sog`lig`i uchun foydasini aytib bera olasizmi?
    -Bog`bonlar bog`da nima ishlar qilishadi?
    -Siz bugungi mashg`ulotda nimalarni o`rganishimizni payqab oldingiz?
    II. Asosiy qism. 20 daqiqa
    Tarbiyachi bugungi mavzu ”Gap” ekanligini aytadi va tarbiyalanuvchilarga meva yig`im-terimiga oid plakatni namoyish qiladi. Plakat asosida yo`llanma savollardan foydalanib matn tuzdiradi. (Bu qayer?, U yerda nimalar o`sadi? Qanday mevalarni ko`ryapsiz?...)
    Bu bog`. Bog`da mevali daraxtlar o`sadi. Bog`da olma, uzum, nok kabi mevalar pishgan.
    2. Suhbat va analiz-sintez metodi yordamida tarbiyachi gapga xos asosiy xususiyatlarni ochib beradi:
    -Siz rasm asosida nima tuzdingiz? (Matn)
    -Matn (hikoya) nimalardan tashkil topdi? (Gaplardan)
    Matndagi gaplar miqdori aniqlanadi.
    -Matnda nechta gap bor?
    -Birinchi gapni ayting.
    -Har bir gap nimani ifodalayapti? (Biror fikrni )
    Gaplarni aytish mashq qilinadi. Gap so`zlardan tuziladi. U biron fikrni tugallanganligini bildiradi. Gapning boshida ovozning ko`tarilib, oxirida pasayishi, tugallanishida esa qisqagina to`xtash qilinishi aytib ko`rsatiladi. Shuning uchun har bir gapdan so`ng nuqta (.) so`roq(?), undov (!) belgilari qo`yilishi.Mana bog`” matnining andazasi asosida tushuntiriladi:





    Tarbiyachiga eslatma:

    Fikr ifodalashning, nutqning eng kichik birligi gapdir. Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so`roqni yoki buyruqni ifodalovchi sintaktik butunlikdir. Gapning asosini kesim va ega yoki faqat kesim bo`laklariga aloqador grammatik asos tashkil etadi. Gap orqali nisbiy tugallangan fikr, tuyg‘u ifodalanadi. Gap hosil qilish uchun so`z va so`z birikmalarini grammatik jihatdan bog`lash kerak. Uyga xursandlik bilan jo`nadi. gapida -ga va bilan bog`lovchi vositalar hisoblanadi. Bu gapning grammatik jihatdan shakllanganligidir.
    Gap ohang jihatidan tugallangan bo`lishi kerak. Bahor. Hamma yoq yam-yashil libos kiygan. Bu gapdagi Bahor so`zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
    Shunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
    1. Muomalaning eng kichik birligidir.
    2. Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
    3. Grammatik jihatdan shakllangan bo`ladi.
    4. Tugallangan ohang bilan aytiladi.
    Demak, tugallangan ohang va fikrga ega bo`lib, grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so`z yoki so`zlar yig`indisi gap deb ataladi.





    Quvnoq daqiqa.
    ”Mevali salat” mashqi o`tkaziladi.
    Bolalar doira hosil qilib o‘tiradilar. Tarbiyachi har bir bolaning qulog‘iga uchta mevadan bittasining nomini aytib chiqadi (olma, olcha, olxo‘ri). Tarbiyachi qaysi mevaning nomini aytsa, o‘sha meva nomini bilgan bolalar o`rnilaridan turib joylarini almashtiradilar yoki tarbiyachi “Mevali salat” desa hamma bolalar joylarini almashtiradilar.

    Download 3.86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 3.86 Mb.