• Mavzu: So`z va bo`g`in Maqsad
  • Kerakli jihozlar
  • II.Asosiy qism. 20 daqiqa
  • Quvnoq daqiqa.
  • Bolalar ish daftari bilan ishlash




    Download 3.86 Mb.
    bet15/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari, nZuzc3ARAKxUoNiUDzOBMiaebHzRMOStKHgADn1q (1)
    Bolalar ish daftari bilan ishlash.
    Tarbiyachi: Bolalar ish daftaridagi syujetli rasm asosida gaplar tuzadilar.Tuzgan gaplarga mos gap andozalari chiziladi. Namuna: Mana bog`. Bog`da mevalar pishdi. Bolalar bog`da olma teryaptilar.
    . .
    .

    III. Yakuniy qism. 5 daqiqa
    Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
    - Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi? Nima uchun?
    - Gap qanday tuzilar ekan?
    - Bog‘bon mehnatiga nima uchun rahmat deymiz?
    - Gap haqida nimalarni bilib oldingiz?


    Mavzu: So`z va bo`g`in
    Maqsad: tarbiyalanuvchilar:
    - so`z va bo`g`in haqida tushunchaga ega bo`ladilar;
    - bog`lanishli nutq, gap haqidagi tasavvurlarini kengaytiradilar;
    - jamoada o`zgalar fikrini tinglay oladilar va holisona qaror qabul qila oladilar.
    Kerakli jihozlar: meva va sabzavotlar mulyaji (yoki rasmi), savatlar, syujetli rasmlar, kuz tasvirlangan rasm, ish daftari, AKT.
    Mashg`ulot metodi: analiz-sintez, suhbat, kichik guruhda ishlash, Mosini top”,Kim ko`p terdi?” ta’limiy o`yinlari
    Mashg`ulotning borishi:

    1. Tashkiliy qism. 5 daqiqa

    -Tarbiyachi, avvalgi mashg`ulot mavzusi (Gap) yuzasidan suhbat olib boradi.
    O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida bolalar bilan 4 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi.
    Har bir guruhga syujetli rasm beriladi va bolalar rasmga qarab gap tuzadilar. Guruh ichida bir-birlariga tuzgan gaplarini aytib beradilar. Bolalar guruhda o‘zaro kelishib, aytilgan gaplardan bittasini tanlab oladilar va hammaga eshittirib aytadilar (bu jarayonni tarbiyachi kuzatib, tekshirib boradi).
    II.Asosiy qism. 20 daqiqa
    Suhbat va analiz-sintez metodi yordamida tarbiyachi so`zning asosiy xususiyatlarini ochib beradi:
    - Gap nimalardan tuzilgan? (So`zlardan); So`zlar bo`g`inlardan tuziladi.

    Kuz tasvirlangan rasm ko`rsatilib, rasm asosida gaplar tuziladi va ularning andozasi chizilib, so`zlar miqdori aniqlanadi.


    Kuz fasli keldi. .

    Dalada sabzavotlar pishdi. Dehqonlar ularni yig`ib olmoqdalar.


    . .
    Tarbiyachi so`zlar bo`g`inlarga bo`linishini bir necha so`zni bo`g`inga bo`lib, tushuntirib beradi:
    o-na, lo-la, bo-la
    Bu so`zlar 2 bo`g`inli va ularni bo`g`inga bo`lganda iyak va kafrlarimiz orqali aniqlashimiz mumkin.
    Buning uchun kaftimizni iyagimiz tagiga yaqin qo`yib, so`zni talaffuz qilamiz. So`zni talaffuz qilganimizda iyagimiz necha marta kaftimizga tegsa, demak, so`zda shuncha bo`g`in bo`ladi.
    Bir necha so`zlar misolida so`zlarni bo`g`inga bo`lish mustahkamlanadi. Shu so`zlarni bo`g`inga bo`lish andozasi ko`rsatilib tushuntiriladi.
    Gap andozasida so`z bitta chiziq bilan belgilangan, uni bo`g`inga bo`lganimizda necha bo`g`in bo`lsa, shu chiziq shuncha bo`lakka bo`linadi.
    Masalan: o-na - (2 bo`g`in)
    Dehqonlar (1 ta so`z). Deh-qon-lar - - (3ta bo`g`in).
    Quvnoq daqiqa.
    “ Kim ko`p terdi? ” ta`limiy o`yini uchun bolalar ikki guruhga bo`linadi.
    Bitta guruh sabzavotlarni, ikkinchisi mevalarni terish sharti beriladi.
    Bunda: Olma, anor, olcha, shaftoli, olxo`ri, limon, ananas, banan, xurmo, uzum, karam, piyoz, bodring, pomidor, sholg`om, lavlagi, kortoshka, sabzi mulyaji (yoki rasmi) teng miqdorda xona bo`ylab tarqatib qo`yiladi. Doskaning bir tomonida mevalar uchun, ikkinchi tomonida sabzavotlar uchun savat bor.
    Bolalar sabzavotlar va mevalarni alohida savatga joylashlari kerak.
    Qaysi guruh ko`p to`plasa shu guruh g`olib bo`ladi.


    Download 3.86 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




    Download 3.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar ish daftari bilan ishlash

    Download 3.86 Mb.