• Mavzu : Tovush va harf Maqsad
  • Mashg`ulotning borishi: I.Tashkiliy qism. 10 daqiqa
  • II.Asosiy qism. 20 daqiqa
  • Quvnoq daqiqa
  • Ish daftari bilan ishlash




    Download 3.86 Mb.
    bet16/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari
    Ish daftari bilan ishlash
    -Mosini top. Rasmlarga mos bo`lgan so`zlarni bo`g`inga bo`lish andozasi chalkash berilgan. Bolalar rasmga mos andozani chiziqcha bilan birlashtirish orqali topadilar.
    III. Yakuniy qism. 5 daqiqa
    Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
    - Mashg‘ulotdan nimalarni eslab qoldingiz?
    - «Dehqonlar sabzavotlarni yig`ib olmoqdalar» bu gapda nechta so`z bor?
    - So`zlar bo`g`inlarga qanday bo`linadi?


    Mavzu : Tovush va harf
    Maqsad:tarbiyalanuvchilar:
    -tovush, harflar va ularning turlari haqida bilib oladilar;
    -so`z va bo`g`inlardan tovushlarni ajrata olishni o`rganadilar;
    -o`zaro hamkorlikda ishlay oladilar.


    Mashg`ulot metodi: analiz va sintez, “Hamkorlikda ishlash” mashqi, “ Qanday tovush” ta’limiy o`yini.


    Mashg`ulot jihozi: Kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasvirlangan rasmlar, ish daftari , AKT.


    Mashg`ulotning borishi:
    I.Tashkiliy qism. 10 daqiqa
    Tarbiyachi o`tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Hamkorlikda ishlash” mashqini o`tkazadi. Bu mashq uch bosqichda olib boriladi.
    1-bosqich. Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni ifodalovchi so`zni bo`g`inga bo`lib, aytadilar. (olma, ol- ma, tarvuz, tar- vuz)
    2-bosqich. Tarbiyalanuvchilar tarbiyachi bilan birgalikda, tarbiyachi ko`rsatgan rasmlarda ifodalangan so`zlarni jo`r bo`lib, bo`g`inga bo`ladilar.
    3-bosqich. Tarbiyalanuvchilar doira bo`lib turib oladilar va navbat bilan qo`llaridagi rasmni o`rtoqlariga ko`rsatib, rasmlarda ifodalangan so`zlarni bo`g`inga bo`lib aytadilar.


    II.Asosiy qism. 20 daqiqa
    Tarbiyachi bir necha narsaning (suvning shildirashi, oyoq tovushi, musiqa ohangi, mashina ovozi …) ovozini AKT orqali eshittiradi va bolalardan nimalarning ovozi eshitilganligini so`raydi.
    Bular musiqa va tabiatdagi buyum va narsalarning harakatlanishidan chiqadigan ovoz ekanligi, hatto hayvonlar ham ovoz chiqarishini aytadi. Bolalardan xo`roz, sichqon, qo`y, bo`rilarning ovoziga taqlid qilib aytib berishni so`raydi.
    Eshitilgan ovozlar tovush ekanligini va uni biz quloqlarimiz orqali eshitishimizni aytib o`tadi.
    Insonlar ham gapirganlarida ovoz chiqarishlari va ular ham tovushlar deb atalashi, tovushlar birlashib esa ma’lum tilni hosil qilishini tushuntirib o`tadi.
    Tarbiyachi bolalar bilan suhbat o`tkazadi:
    - Biz qaysi tilda gaplashamiz?
    - Ha, to`g`ri o`zbek tilida gaplashamiz.
    - Do`stlaringiz orasida qanday tilda gaplashadiganlari bor?

    Tarbiyachi har bir tilning o`z tovushlari va ular ifodalaydigan harflari borligi tushuntiradi.




    Quvnoq daqiqa:
    AKT yordamida “Yomg`ir” qo`shig`iga ihtiyoriy harakatlar bilan harakatli mashq bajariladi.

    Tarbiyachi o`zbek tilida 29 ta harf mavjudligi va shu harflar bilan bolalarni tanishtirish maqsadida sehrli kitobcha olib kelganligini aytib o`tadi.


    Bolalarga kitob maketi ko`rsatiladi.
    Kitobcha ochilganda kitob varaqlarida rasmlar bo`ladi, lekin harflari bo`lmaydi. Tarbiyachi hayrat bilan kitobni varraqlaydi, ammo hech qanday harfni topa olmaydi.
    Media mahsuloti qahramoni Laylakvoy paydo bo`ladi.
    Laylakvoy: men hamma harflarni berkitib qo`ydim, agar men bilan sayohatga borsangiz sizga ularni topishga yordam beraman.
    Tarbiyachi: Bolajonlar, rozi bo`laylik, bo`lmasa qanday qilib o`qishni o`rganamiz. Kitobni o`qish uchun esa bizga harflar juda ham zarur. Ulardan bo`g`in, so`zlar, gaplar va matnlar hosil qilishimiz mumkin.



    Download 3.86 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 3.86 Mb.