|
Ish daftari bilan ishlash
|
bet | 17/21 | Sana | 16.07.2023 | Hajmi | 3.86 Mb. | | #76822 |
Bog'liq 3.3.саводходхонлик мажмуа Davlat kadastri asoslari, nZuzc3ARAKxUoNiUDzOBMiaebHzRMOStKHgADn1q (1)Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi mevalar haqida topishmoqlar aytadi, uning javobi topilib, bo`g`in-tovush tarkibi tahlil qilinadi. Daftarda anor so`zining bo`g`in va tovush andozasi namuna qilib berilgan. Olma, nok, o`rik so’zlarining andozasi birgalikda tahlil qilinadi.
Masalan: Kichkina dekcha
Ichi to`la mixcha ( anor)
- Anor so`zini bo`g`inga bo`ling.
- Anor so`zi necha bo`ginli so`z ekan?
- 1-bo`g`inda nechta tovush bor?
- 2-bo`g`indagi tovushlar sonini aniqlang.
- Tovushni nima qilamiz?
- Tovushni talaffuz qilamiz,eshitamiz .
Xulosalash: A-nor: 2 ta bo`g`in, 4 ta tovush (a,n,o,r) dan iborat. Tovushlarni talaffuz qilamiz (yoki aytamiz), eshitamiz.
III.Yakuniy qism.
Tarbiyachi bolalar bilan “Qanday tovush” ta`limiy o`yinini tashkil etadi.
Unda tarbiyachi bir necha so`zni aytib uning birinchi tovushini ajratib talaffuz qiladi (Masalan: aaa-yiq, aaa-nor, aaa-ri,…). Bolalar birgalikda jo`r bo`lib qaytaradilar.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
-O`rtoqlaringiz bo`g`inga bo`lgan qaysi so`zni eslab qoldingiz ?
-Tovush haqida nimalarni bilib olganligingizni o`rtoqlashing.
-Laylakvoy bizga nimalarni o`rgatmoqchi?
-Keyingi mashg`ulotlarimizda nimalarni bilishni xohlaysiz ?
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiya standartiga muvofiq savodxonlikka o‘rgatishga qanday talablar qo‘yilgan?
2. Bolalarga tovush, so‘z, gap to‘g‘risidagi tushunchalar qanday usullar orqali o‘rgatiladi?
3. Bolalarga so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish qanday usullar orqali o‘rgatiladi?
4.Bolalarga bo‘g‘in hosil qilish, bo‘g‘in o‘qish qanday usullar orqali o‘rgatiladi?
5. Bolalarga qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizish, katakli qog‘oz sathida bosma harfni chizish qanday usullar orqali o‘rgatiladi?
6. Bolalarga savodxonlikka o‘rgatish mashg‘ulotlarida qanday o‘quv-didaktik vositalar, multimedia dasturlaridan foydalaniladi?
7.Bolalar uchun qanday amaliy topshiriqlar berish mumkin?
|
| |