MUNDARIJA
KIRISH 4
TEXNOLOGIK XARITASI 6
MAʼRUZA MATN VA O’QUV MATERIALLAR 28
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR 29
ADABIYOT VA MANBALAR RO’YXATI 30
ATAMALAR IZOHLI LUGʼATI 36
I.KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi“ PQ-4312-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1026-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i, Maktabgacha ta’lim vazirining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 255-sonli buyrug‘ini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda malaka oshirish kursining ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu oʼquv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, pedagog kadrlarini malakasini oshirish mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlari pedagog-tarbiyachilarini “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ish hujjatlarini yuritilishini, savodxonlikka o‘rgatish analiz-sintez tovush metodiga asosan olib borilishi, so‘z bo‘g‘inga bo‘linishi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinishi, tahlil qilinishi, so‘zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlarni sanash , mashg‘ulotlarda o‘quv-didaktik vositalardan foydalanish, o‘quv-didaktik vositalar tayyorlash bo‘yicha malakasini oshirish jarayonlari mazmuni takomillashtirilib, muntazam yangilab borishni taqozo etadi.
“Bolalarni savodxonlikka o‘rgatish” modulining oʼquv-uslubiy majmuasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida savodga o‘rgatish ta’limiy faoliyatini tashkil etishning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Modul maqsadi: tinglovchilarda bolalarni savodxonlikka o‘‘rgatishni tashkil etish haqidagi bilimlarni oshirish va va amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari malakasini oshirish kurslari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni savodxonlikka o‘rgatish”ga oid bilimlar berish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
|