• Maktabgacha yoshdagi bola uchun ta’lim sohasi
  • Ta’lim olish
  • Kutilayotgan natija
  • "tasdiqlayman"




    Download 3.86 Mb.
    bet21/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari, nZuzc3ARAKxUoNiUDzOBMiaebHzRMOStKHgADn1q (1)
    Bola kompetensiyasi – bu bolaning shu hayot davriga xos vazifalarni maqsadga muvofiq bajarish uchun yetarli bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari.
    Kuzatish – bola ishlayotgan yoki o‘ynayotgan paytda uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayoni. Bolani kuzatish vaqtida pedagog uning xulq-atvori turini, qiziqishlar doirasini, ko‘nikmalar darajasi va rivojlanishda o‘sishini aniqlashi mumkin.
    Maktabgacha yoshdagi bola uchun ta’lim sohasi – predmet-makonli rivojlantiruvchi ta’lim muhiti; kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish xarakteri; boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatga kirishish xarakteri; bolaning dunyoga, boshqa insonlarga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimi. MTT predmet-rivojlantiruvchi muhitining mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlarga mos kelishi lozim: milliy va hududiy an’analar; tabiat va iqlimga xos xususiyatlar; hududning ishlab chiqarish hayotining o‘ziga xosligi; muhitning mazmuni birlamchi dunyoqarashning asoslarini solishi, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga zamin yaratishi kerak.
    Ta’lim olish – ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish, tajriba orttirish, qobiliyatlarni rivojlantirish, bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash bo‘yicha tajriba orttirish va ta’lim oluvchilarda hayotlari davomida ta’lim olish motivlarini shakllantirish faoliyatini tashkil etishning maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni.
    Kutilayotgan natijabolalarda bilim, ko‘nikma va malakalarning taxmin qilinayotgan ko‘rsatkichi.
    Kognitiv rivojlanish – bolalarning qiziqishlarini, qiziquvchanligini va bilish motivatsiyasini rivojlantirish; bilish harakatlarini shakllantirish, ongni shakllantirish; tasavvur va ijodiy faoliyatni rivojlantirishni nazarda tutadi; o‘zi, boshqa odamlar, atrof-muhit ob’ektlari, atrofdagi olam ob’ektlari xususiyatlari va munosabatlari (shakl, rang, o‘lcham, material, ritm, sur’at, miqdor, son, qism va yaxlit jism, makon va vaqt, harakat va tinim, sabab va oqibatlar va h.k.), xalqimizning ijtimoiy-madaniy qadriyatlari, milliy an’ana va bayramlar, Yer kurrasini umumiy uyimiz deb bilish, uning tabiatining xususiyatlari, mamlakatlar va dunyo xalqlarining xilma-xilligi haqida birlamchi tasavvurlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
    Download 3.86 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 3.86 Mb.