O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi




Download 3.86 Mb.
bet6/21
Sana16.07.2023
Hajmi3.86 Mb.
#76822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3.3.саводходхонлик мажмуа
Davlat kadastri asoslari
O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi
O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentyabrdagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. Hukumatimiz tomonidan 2021-yil 10-fevral kuni qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan bu boradagi muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan qatʼiy choralar belgilandi.
Yaqin muddatlarda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”da jamiyatimizda mavjud boʻlgan eng muhim ijtimoiy muammoning yechimiga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Jumladan, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari” tasdiqlanadi. Oʻzbek tili alifbosi va yangi imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga moʻljallangan axborot dasturiy taʼminotlar uchun yagona talab ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.Turli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning xodimlari, mustaqil oʻrganuvchilar uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida faoliyat koʻrsatayotgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda uning 13 ta hududiy boʻlinmasida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi. Eʼtiborli jihati, oʻqish va oʻrganish istagida boʻlgan aholi vakillarining bepul oʻqitilishi taʼminlanadi.Uzluksiz taʼlim tizimining maktabgacha taʼlim boʻgʻinidan boshlab bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsa, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun oʻquv adabiyotlari, darsliklar toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida nashr etiladi. Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi elektron koʻrinishlari bosqichma-bosqich yaratiladi.Mamlakatimizda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash choralari koʻriladi.
“Yoʻl xaritasi”da kirill yozuvidan lotin yozuviga savodli oʻgiradigan dasturiy taʼminot hamda ularning mobil ilovalari yaratilishini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan boʻlib, bu, oʻz navbatida, yoshlarni izlanishga va yangiliklar yaratishga undashi tabiiy.

Tarbiyachi savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda jarayonida o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olib mashg‘ulotlarni rejalashtirishi lozim. Buning uchun o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, echkemar), undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez).
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) kabi talaffuz qilinadi.
A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 20 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jumal), j (joja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‘g‘n va so‘z taikibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda oxirgi bosqichida o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, birinchi portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilinadi, keyin esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach o‘rgatiladi. Tarbiyalanuvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim. Bu davrda sh (ishoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtalmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (‘) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda jarayonida harflarning bosh va kichik bosma shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.

Download 3.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 3.86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi

Download 3.86 Mb.