• Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda analiz-sintez metodi Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda analiz-sintez tovush metodiga
  • Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir




    Download 3.86 Mb.
    bet8/21
    Sana16.07.2023
    Hajmi3.86 Mb.
    #76822
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Bog'liq
    3.3.саводходхонлик мажмуа
    Davlat kadastri asoslari
    Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda davrida tarbiyalanuvchilar eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar, ta’limiy o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
    Yozuv jarayonida bolalar ruchka (qalam)ni to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri qo‘yishni, harfni yozishda daftar chiziqlari, ular bo‘ylab qo‘lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni mo‘ljallangan katakga bosma harfda yozishi lozim. Bu jarayon bolalarni aqlan va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va elka muskullari toliqadi. Shuning uchun ham mashg‘ulotda jismoniy daqiqalar o‘tkazilishi ahamiyatlidir.
    Yozuv jarayonida bola qalamni qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi. Bunda u tarbiyachiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo‘li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi.
    Yozuv jarayoni tarbiyalanuvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli tarbiyachi yozuv jarayoniga bolaning xatti-harakatlariga sabr-qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim.
    Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda analiz-sintez metodi
    Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda analiz-sintez tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
    Analiz-sintez (tovush-tarkib) tovush metodiga Konstantin Dmitrievich Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analiz-sintez tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat:
    1. Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etishda analiz-sintez tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, nutqiy mashqlar orqali aqliy rivojlanishni hamda o‘qishning ongli bo‘lishini ta’minlaydi.
    2. Analiz-sintez tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
    a) Savodga tayyorlash umumiy faoliyati bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
    b) Savodga tayyorlash umumiy faoliyatiga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
    d) o‘qish birligi sifatida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga e’tibor qaratiladi.
    Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilar:
    1. Savodga tayyorlash umumiy faoliyati jarayonida bolaga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o‘qish va yozishga tayyorligiga bog‘liq).
    2. Grammatika, so‘z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
    3. Tovush va harfni o‘qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini hisobga olish.


    Download 3.86 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 3.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir

    Download 3.86 Mb.